Bitiruv ishining dolzarbligi


Download 1,92 Mb.
bet15/26
Sana16.12.2021
Hajmi1,92 Mb.
#181335
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
Jumayev Zarina

4-bosqich. Muammoni hal qilishning eng yaxshi yechimini tanlash.

Bu bosqich Axborot tizimi yordamida muammoni hal qilish uchun mavjud bo’lgan (va oldingi bosqichda aniqlanilgan) barcha muqobil yechimlar orasidan bitta eng yaxshi yechimni tanlab olish jarayonidan iboratdir. Chunki har bir muqobil yechim o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Ba’zilarini esa umuman amalga oshirib bo’lmaydi, chunki buning uchun mablag’, inson yoki moddiy zaxiralar yetarli bo’lmasligi mumkin. O’z navbatida, ideal muqobil yechim ham eng yaxshi muqobil yechim bo’lmasligi mumkin. Chunki eng yaxshi muqobil yechim nafaqat eng samarali, balki tez hal qilinadigan yechim ham bo’lishi kerak. Undan tashqari, bunday yechim mavjud byudjet, vaqt, iqtisodiy shart-sharoit va boshqa muhim omillarni ham qamrab olgan bo’lishi kerak. Agar muqobil yechim muammoni juda uzoq muddatda hal qilib bera olishi mumkin bo’lsa yoki bu yechim natijasida biror-bir moliyaviy yoki keskin siyosiy muammolar kelib chiqsa, bunday yechimdan voz kechgan ma’qul.



5-bosqich. Muammoni hal qilish uchun lozim bo’lgan harakat rejasini tuzish.

Muammoning eng yaxshi muqobil yechimini topib bo’lgandan so’ng, uni amalga oshirish uchun lozim bo’lgan harakat dasturini tuzish masalasi kelib chiqadi. Bu bosqich o’z tarkibiga masalani yechish uchun lozim bo’lgan maqsadni aniqlash, uning bilan bog’liq maxsus vazifalar va aniq masalalar majmuasini aniqlash, muammoni hal qilish bilan uzviy bog’liq bo’lgan huquqiy vazifalarni hal qilish, muammo hal qilinishi bilan bog’liq barcha masalalarning bajarilish muddatlarini aniqlash va yozish, bularni amalga oshirish uchin zarur bo’lgan mablag’ miqdorini (byudjetni) aniqlash, muammo yechilishi davomidagi mas’ul shaxslarning mas’uliyatlarini aniqlash va hokazolarni qamrab oladi.



6-bosqich. Muammo yechimini hayotga tatbiq qilishni amalga oshirish (monitoring). Ushbu bosqichda muammoni hal qilishning topilgan va hozirgi vaqt nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq yechimini hayotga tatbiq qilish masalasi kun tartibiga qo’yiladi va uning bajarilish jarayoni ustidan loyiha rejasi asosida qat’iy nazorat olib boriladi. Bu bosqich ko’pincha monitoring deb ataladi. Agar shu bosqich mavjud bo’lmasa, loyihaning amalga oshirilishi o’z holiga tashlab qo’yilishi mumkin va bu uning muvaffaqiyatsizligiga asosiy sabab bo’ladi. Demak, monitoring loyiha amalga oshirilishi jarayonining doimiy kuzatuv ketma-ketligi bo’lib, unda loyihaning amalga oshishi iloji boricha oldindan tuzilgan reja bo’yicha bo’lishiga harakat qilinadi (ya’ni, loyiha rivojlanishi kerakli va maqsadga muvofiq trayektoriyada davom etsin hamda yuzaga kelgan og’ishlar va chetlashuvlar o’z vaqtida bartaraf qilinsin).

7-bosqich. Loyihaning amalga oshirilish jarayonini baholash. Bu bosqich ko’pincha loyiha amalga oshganidan so’ng yoki uning ma’lum bir muhim bosqichlari tugallangan vaqtda amalga oshirilib, loyihada ko’zda tutilgan, rejalashtirilgan va qo’yilgan vazifalarga qanday qilib erishilganligini, yechimning samaralari, ijobiy va salbiy tomonlari hamda oqibatlarini, hayotga tatbiq qilish jarayoni har bir bosqichining tub mohiyatini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Bu bosqich loyihada ko’zda tutilgan ko’rsatkichlarning qandayligini, loyihaning o’z maqsadiga qay darajada erishganligini, uning qanday kamchiliklari va afzalliklari mavjudligini, loyihada amalga oshirilgan konsepsiyalarining qay darajada hayotga mos kelishini va boshqa bir qancha holatlarni atroflicha baholashni qamrab oladi. Bu natijalar nafaqat ushbu loyihani yaxshilashda, balki bunga o’xshash boshqa loyihalarni hozir va keyinchalik amalga oshirishda ham juda qo’l kelishi mumkin.

Tuzilayotgan loyiha hal qiladigan muammoni yechishning ushbu yetti asosiy bosqichini sxematik ravishda va yetti pog’onali ko’rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:




Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling