2-bosqich. Muammolarni tegishli ma’lumotlar va hayotiy faktlar yig’ib, tahlil qilish. Bunda jamoadagi, tashkilotdagi yoki hududdagi muammolarni yuzaga keltirgan barcha mumkin bo’lgan sabab va oqibatlarni bilish maqsadida mavjud muammo yo’nalishida ishlash uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni jamlash kerak bo’ladi. Ushbu muammolar qanday sabablarga ko’ra vujudga keldi? – degan savolga javob topish ushbu qadamning mohiyatini tashkil qiladi. Bunda sabablarni topib, ularni atroflicha muhokama qilish va mutaxassislar fikrini o’rganish katta ahamiyatga egadir. Ba’zi sabablar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularni birlashtirishga olib kelishi mumkin, ba’zilari esa muammoni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar bo’lganligi uchun ularni birinchi navbatda inobatga olish lozim bo’ladi. Agar muammo bir qancha sabablar orqali yuzaga kelgan bo’lsa, ularni qanday qilib loyiha tuzish jarayonida hisobga olish kerakligini hal qilib olish ham katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zi bir sabablar unchalik aniq bo’lmasa, ularni faktlar vositasida atroflicha o’rganish zaruriyati tug’ilishi mumkin. Bunda ilmiy adabiyotlar, tadqiqotlar natijalari va yetakchi mutaxassis-ekspertlarning fikrlari ham juda qo’l kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |