Bitiruv malakaviy amaliyoti Bajardi : Boboyorov sh tekshirdi: Pulatov. X samarqand 2022 Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha yozma hisobot Reja: Kirish


Pul muomalasini tashkil etish, ular bo’yicha me‟yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o’rganish


Download 485.75 Kb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi485.75 Kb.
#1576395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
000SHAHBOZ BOBOYOROV BH-519amaliyot

4. Pul muomalasini tashkil etish, ular bo’yicha me‟yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o’rganish.
“Xalqbank” ATBda barcha operatsiyalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’rnatilgan shakldagi pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasi hamda "Bank-mijoz" tizimidan foydalanuvchilardan elektron aloqa orqali olingan elektron to’lov hujjatlari, shuningdek plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlar asosida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida qayd etiladi. Pul hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijroga faqat mijozning bankka taqdim qilgan muhr izi va imzo namunasi qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan shaxslar yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxsdan qabul qilinadi.
Pul hisob-kitob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
- mijozning nomi va soliq to’lovchining identifikatsion raqami
- pul oluvchi va pul to’lovchi mijozlar hisobvaraq raqamlari;
- ularga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kodi;
- hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va oy;
- operatsiyaning nomi, maqsadi va summasi;
- mijoz muhri va mas'ul shaxslarining imzolari.
Hujjatlarda operatsiya maqsadi aniq bayon etilishi lozim. Pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaydi. Bank operatsiyalari qonun hujjatlarida belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan elektron hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Elektron hujjatlar pul hisob-kitob hujjatlarning asl nusxasida belgilangan barcha rekvizitlarga ega bo’lishi shart.
Elektron hujjatlar mas'ul shaxslar imzolari o’rnini bosuvchi - elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Elektron hujjatlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonida ularning biror ko’rsatkichlarini o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi. Elektron hujjatlar asosida hisob-kitob operatsiyasi amalga oshirilayotganda pul hisob- kitob hujjatining asl nusxasi bankka taqdim qilinmaydi. Elektron hujjatdagi barcha ma’lumotlarning to’g’riligiga mijoz javobgar hisoblanadi.
Pul hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinadi:
A) yuridik shaxslardan - asl nusxada imzo namunalari varaqchasida ko’rsatilgan imzolar namunasi va asosiy muhrning iziga muvofiq mansabdor shaxslarning imzosi hamda asosiy muhri izi mavjud bo’lganda;
B) yuridik shaxs tashkil qilmasdan turib dehqon xo’jaligi va yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilardan - varaqchada ko’rsatilgan imzolar namunasidan bittasi va asosiy muhrning izi mavjud bo’lganda. Agar bankka taqdim qilingan imzolar namunasi va muhr izi qo’yilgan varaqchada ulaming asosiy muhri bo’lmagan hollarda, dehqon xo’jaligi va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan taqdim qilingan pul hisob-kitob hujjatlari muhr izisiz qabul qilishga ruxsat beriladi.
«Xalqbank» ATBda quyidagicha kassalar tashkil etilgan:
1) aylanma kassa;
2) kirim kassa;
3) chiqim kassa;
4) chakana amaliyot kassasi;
5) kechki kassa;
7) qayta sanash kassasi.
Mijozlardan naqd pullar ularning bank hisobvaraqlariga kirim qilish uchun pul qo’yish e’loni, kirim kassa orderi, kvitansiya orqali amalga oshiriladi.
E’lonnoma 3 ta qismdan iborat bo’lib, ular quyidagilar:
1) naqd pul qo’yish e’lon
2)kvitansiya;
3) order.
«Xalqbank» ATBda naqd pulsiz hisob-kitoblar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yil 13-apreldagi “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida” gi 3229-sonli nizomga muvofiq amalga oshiriladi va «Xalqbank» ATBda bu ko’rinishdagi hisob-kitoblarning barcha shakllari va turlari amalda qo’llaniladi. Xususan, bankda memorial orderdan foydalaniladi va yuqoridagi nizomga ko’ra: “Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz hisob-kitob hujjati bo'lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
- mijozlar bilan bog’liq bank operatsiyalari bo'yicha hisob-kitoblarda;
- bank hizmatlarini ko'rsatish bo'yicha hisob-kitoblarda;
- banklarning o'z ichki operatsiyalarida;
- mijozning qarzdorlik mablag’larini qoplashda, agar banklar bilan mijozlar o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo'yilgan bo'lsa;
- buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;
- jismoniy shahslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq bo'lmagan yozma topshiriqlari bo'yicha mablag’larni naqd pulsiz shaklda o'tkazishni amalga oshirishda.”
Memorial order bo’yicha to’lovlar o’tkazilganda quyidgi buxgalteriya o’tkazmasi bajariladi:
Dt- to’lovchining hisobvarag’i;
Kt- mablag’ oluvchining hisobvarag’i.
Xususan, qolgan barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar hisobi nizomda keltirilgan ularning ta’riflariga asoslangan holda amalga oshiriladi va ularda quyidagicha buxgalteriya provodkalari beriladi:
a) to’lov topshiriqnomasi bo’yicha to’lov o’tkazilganda :
Dt- to’lovchining hisobvarag’i;
Kt- mablag’oluvchining hisobvaraqlari.


Download 485.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling