Bitiruv malakaviy amaliyoti Bajardi : Boboyorov sh tekshirdi: Pulatov. X samarqand 2022 Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha yozma hisobot Reja: Kirish


Xalq Bank ATBning 2019-2020 yillar mobaynida passivlarining o‘zgarishi


Download 485.75 Kb.
bet4/12
Sana18.06.2023
Hajmi485.75 Kb.
#1576395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
000SHAHBOZ BOBOYOROV BH-519amaliyot

Xalq Bank ATBning 2019-2020 yillar mobaynida passivlarining o‘zgarishi
1-jadval

Ko'rsarkichlar, ming. so'm

2019-yil

ulushi, %

2020

ulushi, %

O'zgarishi

mutloq, ming so'm

nisbiy, %

Majmuriyatlar







Boshqa banklarga beriladigan qarzdorliklar

41,820,188

0.47%

57,800,212

0.56%

15,980,024

138.21%

Mizjozlar mablag'lari

3,290,730,421

37.30%

3,582,662,746

34.83%

291,932,325

108.87%

Chiqarilgan debitorlik qog'ozlari

22,400,000

0.25%

10,500,000

0.10%

(11,900,000)

46.88%

Boshqa qarzdorliklar

3,938,013,868

44.63%

4,693,240,128

45.62%

755,226,260

119.18%

Subordinirallashgan qarzdorliklar

222,837,738

2.53%

253,933,485

2.47%

31,095,747

113.95%

Lizing majburiyatlari

27,868,362

0.32%

24,511,466

0.24%

(3,356,896)

87.95%

Boshqa moliyaviy majburiyatlar

42,913,188

0.49%

16,430,793

0.16%

(26,482,395)

38.29%

Joriy foyda solig'i majburiyati

608,413

0.01%

3,975,865

0.04%

3,367,452

653.48%

Kechiktirilgan foyda solig'i

13,860,260

0.16%

22,449,360

0.22%

8,589,100

161.97%

Boshqa majburiyatlar

25,714,301

0.29%

43,103,182

0.42%

17,388,881

167.62%

Jami majburiyatlar

7,626,586,739

86.44%

8,708,607,237

84.66%

1,082,020,498

114.19%

Kapital







Aksiyadorlik kapitali

109,928,801

1.25%

109,928,801

1.07%

-

100.00%

Emission daromad

77,751,387

0.88%

77,751,387

0.76%

-

100.00%

Taqsimlanmagan foyda

1,008,809,292

11.43%

1,390,802,070

13.52%

381,992,778

137.87%

Jami kapital

1,196,489,480

13.56%

1,578,482,258

15.34%

381,992,778

131.93%

Jami majburiyatlar va kapital

8,823,076,219

100.00%

10,287,089,495

100.00%

1,464,013,276

116.59%

Yuqoridagi jadvalda "Xalqbank" ATBning 2019-2020 yillar mobaynida passivlarining o‘garishi ifodlanagan. 2019-yilda jami majburiyatlar va kapitalning miqdori 8,823,076,219 ming. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, jumladan jami majburiyatlar 7,626,586,739 ming. so‘m, ya’ni 86,44%ni egallagan, jami kapital qiymati esa 1,196,489,480 ming so‘mni, ya’ni 13.56%ni egallagan. Xuddi shuningdek, 2020-yilda jami majburiyatlar va kapitalning miqdori 10,287,089,495 ming. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, oldingi yilga nisbatan 1,464,013,276 ming. so‘m, ya’ni 116.59%ga oshgan. Jumladan, jami majburiyatlar 8,708,607,237 ming. so‘m, ya’ni 84,66%ni egallagan bo‘lib, oldingi yilga nisbatan 1,082,020,498 ming. so‘m, ya’ni 114.19%ga oshgan, jami kapital qiymati esa 1,578,482,258 ming so‘mni, ya’ni 15,34%ni egallagan bo‘lib, oldingi yilga nisbatan 381,992,778 ming. so‘m, ya’ni 131.93%ga oshgan.


Yangi resurslarni jalbqilishda yirik va mayda banklar foydasiga, nomutanosibliklar ko‘paydi. Jalb qilingan mablag‘larning yana bir turi bank balansida turgan va ularni qayta sotib olish to‘g‘risidagi kelishuv asosida sotiladigan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yoʼnalishlaridan kelib chiqib, “Xalqbank” ATB oldiga qoʼyilgan vazifalarni bajarish, kapitallashuv darajasini oshirish, barqaror resurs bazasini shakllantirish, agrosanoat tarmogʼi korxonalarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash, samarali investitsion loyihalarni moliyalashtirish, kichik biznes va aholi tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlash, mijozlarga zamonaviy bank xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Quyida bir nechta moliyaviy ko’rsatkichlar bilan tanishib chiqamiz.
2017-2019 yillar oralig‘ida “Xalqbank” ATBning depozitlari dinamikasi

1-rasm

Yuqoridagi rasmda "Xalqbank" ATBning 2017-2019 yillar mobaynida depozitlari dinamikasi keltirilgan bo'lib, keltirilgan davr boshida bu ko'rsatkich 0.96%ni tashkil etgan. Keyingi yilda, ya'ni 2018-yilda esa bu ko'rsatkich 1.03%ni tashkil qildi. Ko'rsatilgan davrning ohirida bank depozitlari dinamikasi 1.14%ni tashkil etdi.


2 017-2019 yillar oralig‘ida “Xalqbank” ATBning depozitlari dinamikasi1

2-rasm
Yuqoridagi rasmda "Xalqbank" ATBning 2017-2019 yillar mobaynida kapitali dinamikasi keltirilgan bo'lib, keltirilgan davr boshida bu ko'rsatkich 1.32%ni tashkil etgan. Keyingi yilda, ya'ni 2018-yilda esa bu ko'rsatkich 1.48%ni tashkil qildi. Ko'rsatilgan davrning ohirida bank kapitali dinamikasi 1.49%ni tashkil etdi.
  1. Tijorat banklari aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili.


Bank aktivlari deyilganda-bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayoni-da mablag‘ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi.
Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo‘ladi.Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biror bir boshqa resurs bilan birgalakda bevosita yoki bilvosita pul oqimini ta’minlashi zarur.

Tijorat banklari aktivlarining o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlanishi:
Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi.

  • Aktivlarning sifat darajasi bankning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasi, riskli aktivlarning hajmi, riskli va to‘lasholmagan aktivlarning salmog‘i va ularning o‘zgaruvchanligi kabi xususiyatlari bilan baholanadi.

  • Tijorat banklarining aktivlari ularning balansida likvidlilik darajasiga ko‘ra aks ettiriladi.

Aktivlar sifati quyidagi omillar bilan aniqlanadi:

  • Banklarning aktiv operatsiyalar hajmini, jumladan, kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini oshishiga zamin yaratdi.

  • Tijorat banklarining kredit potensiali - bu jalb qilingan mablag‘larning kredit va bankning boshqa aktiv operatsiyalarini amalga oshirishning iqtisodiy chegarasi hisoblanadi.

Tijorat banklarining umumiy kreditlash qudratiga quyidagi omillar yig‘indisi ob’ektiv ta’sir ko‘rsatadi:

  • -Bankda yig‘ilgan jami mablag‘larning umumiy hajmi;

  • -Kreditlash qudrati manbalarining tuzilishi va barqarorligi;

  • -Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxiralar darajasi;

  • -Tijorat banklari joriy likvidligini ushlab turish uchun zaxiradan foydalanishga yo‘l qo‘yilgan hollarda undan foydalanish tartibi;

  • -Bank majburiyatlarini tuzilishi va umumiy summasi va boshqalarga bog‘liqdir.

Daromad keltirishiga qarab bank aktivlari

  1. Daromad keltiruvchi aktivlar.

    • Qisqa va uzoq muddatli ssudalar (aholiga,mijozlarga, boshqa banklarga);

    • Faktoring,lizing,forfeyting,trast operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;

    • Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalaridan olinadigan daromadlar

  2. Daromad keltirmaydigan aktivlar.

    • Pul mablag‘lari;

    • Boshqa banklardagi korschyotlardagi mablag‘;

    • Bino va inshootlar;

    • Nomolliy aktivlar;

    • Debitorlar;

    • Hisob-kitobdagi mablag‘lar;

    • Muddati utgan ssudalar .

Aktivlarning likvidli ta’minotiga quyidagilar kiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi xukumatining so‘zsiz kafolati;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining so‘zsiz kafolati;
- banklarda ochilgan hisobvarag‘larda erkin ayirboshlanadigan valyuta shaklidagi garov;
- O‘zbekiston Respublikasi xukumati qimmatli qog‘ozlari shaklidagi garov;
- andozaviy qimmatbaho metallar shaklidagi, ya’ni oltin va kumush quymalari shaklidagi garov.
Quyidagi aktivlar nolikvid ta’minotga ega, deb hisoblanadi:
- ko‘chmas mulk, o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilmagan erga bo‘lgan xuquqni hisobga olgan holda;
- ko‘chma mulk;
- xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlari;
- yuridik va xususiy shaxslarning kafolatlari.
1- riskdan holi bo‘lgan aktivlar. risklilik darajasi 0%

  • naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari,

  • Markaziy bankdagi «Nostro», «Vostro» schetidagi mablag‘lar,

  • majburiy rezerv schetidagi mablag‘lar,

  • xazina veksellari,

  • davlat obligatsiyalari,

  • Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlari va obligatsiyalari kiradi.

2 - kichik (minimal) riskli aktivlar. Bu aktivlar bo‘yicha risk darajasi 20% ga teng.
boshqa banklarning «Nostro» va «Vostro» korschetlaridagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar,
evroobligatsiyalar,
qisqa muddatli birinchi sinf ta’minlanganlikga ega bo‘lgan kreditlar va boshqa hujjatlar
3 - yuqori riskli aktivlar:Bu aktivlar bo‘yicha risk 50 % ga teng.

4 - eng yuqori darajadagi (maksimal) riskli aktivlar 100%ga teng.

  • qimmatli qog‘ozlar sotish va sotib olish scheti,

  • sotib olingan veksellar,

  • trast hujjatlar va akkreditivlar trattalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari,

  • bankning to‘lanmagan aksiyalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari, sud jarayonida bo‘lgan kreditlar,

  • akkreditivlar,

  • forvardlar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-iyulda 2696-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qarzdorlar quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha baholanadi2:

  1. tarmoq (iqtisodiyot sektori) tendensiyasi va istiqboli;

  2. muayyan loyihaning texnik amalga oshiriluvi va iqtisodiy raqobatbardoshligi;

  3. moliyaviy holati va kredit olishga qodirligi;

  4. kredit tarixi, kredit ta’minotining yomonlashuvi yoki likvidliligining pasayishi;

  5. muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi;

  6. rahbarining boshqarish qobiliyati (agar qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa).




Download 485.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling