Bitiruv malakaviy amaliyoti Bajardi : Boboyorov sh tekshirdi: Pulatov. X samarqand 2022 Bitiruv oldi malakaviy amaliyot bo’yicha yozma hisobot Reja: Kirish


Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining maqsadi


Download 485.75 Kb.
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi485.75 Kb.
#1576395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
000SHAHBOZ BOBOYOROV BH-519amaliyot

Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining maqsadi - bugungi kunda milliy va xalqaro bank tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar va taraqqiyot sur’atlarini hisobga olib, banklar, bank tizimi hamda bank faoliyati oid barcha normativ-huquqiy qonunchilik hujjatlarini chuqur o‘rgangan holda talabalarda mamlakatimiz bank tizimining a’zolari, tijorat banklari va bank buxgalteriyasi faoliyati haqida olingan to‘liq tushuncha, ko‘nikma va malakalarni taqdim etish hisoblanadi.
Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining vazifalari uning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagilardan iborat:

  • tijorat banklari passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarining dinamikasi va tahlili;

  • tijorat banklari aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili;

  • bank tomonidan xo‘jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili;

  • pul muomilasi tashkil etish, ular bo‘yicha ma’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o‘rganish;

  • tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalrini amalga oshirish tartibi va tahlili;

  • bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularining tahlili, mavjud muammolar va ularni hal etish maqasadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va mazmunini o‘rganish;

  • zijorat banklarining yangi xizmat turlari va uning qo‘llanishi amaliyoti hamda xorijiy davlatlarining ayni shu tizimdagi ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish.

Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining predmeti - mamlakatimiz bank tizimining a’zolari ya’ni tijorat banklari, ularning bo‘limlari, filiallarining ish faoliyati va buxgalteriya hisobini yuritish amaliyoti hamda hisobotlari va ularda amalga oshirilgan operatsiyalar hamda ularning natijalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilishdan maqsad – banklarimiz faoliyatini xalqaro bank amaliyoti andozalarida olib borish, banklarning kapitalini ko‘paytirgan holda, ularni xususiylashtirish, banklar faoliyati va uning buxgalteriya hisobini olib borishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, umuman banklar faoliyati orqali iqtisodiyotning samaradorligi va barqarorligiga erishishdan iboratdir.
Bugungi kunda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, uni texnologik jihatdan yangilanish jarayonida muhim loyihalarni moliyalashtirishda tijorat banklari muhim o‘rin tutadi va bunda faoliyat turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobini tashkil etish, olib borish va ularni yanada takomillashtirishning ahamiyati yaqqol namoyon bo‘ladi, chunki buxgalteriya hisobini yuritish qanchalik puxta va tez yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, bank tizimida olib borilayotgan operatsiyalar sifati yanada oshibgina qolmay, bu jarayon mijozlar uchun yangi xizmat va operatsiya turlarining yaratilish va yo‘lga qo‘yilishiga zamin bo‘ladi.
Banklar faoliyatida buxgalteriya hisobi, uni yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish muhim va dolzarb masala bo‘lib, bu bugungi kunning rad etib bo‘lmas talablaridan hisoblanadi. Shu sababli bu sohani o‘rganish, uni rivojlantirish banklar va bank tizimiga bir qancha qulayliklar va imkoniyatlar yaratadi. O‘z-o‘zidan bu imkoniyatlar aholi daromadlari oshishi, tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilishi hamda bank tizimining asosiy a’zolari sanalagan banklarning milliy va xalqaro arenalarda o‘rini va nufuzining ortishiga hamda ularning moliyaviy holatining yaxshilanishiga keng zamin yaratadi.

Download 485.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling