Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar


I BOB. ABDUQAYUM VAHMIY VA UNING QO'QON ADABIY


Download 345.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi345.97 Kb.
#1498767
1   2   3   4
Bog'liq
abdullayeva oysuluv abduqayum vahmiy qo\'lyozma devonini dastlabki o\'rganish natijalari

 
I BOB. ABDUQAYUM VAHMIY VA UNING QO'QON ADABIY 
MUHITIDAGI O'RNI 
1.1 XIX asr Qo'qon adabiy muhiti 
Mumtoz adabiyotimizning XVII-XIX asrlar davri adabiy muhitlar tegrasida 
rivoj topgan va ularni izchil o`rganish adabiyot tarixi tadqiqotchilari zimmasida 
turgan ko`plab savollarga javob bo`ladi. Qo'qon adabiy muhiti XIX asrda shakllangan 
bo'lib, uning rivojlanishiga Qo'qon xoni Amir Umarxon va uning o'g'li Muhammad 
Alixonlar o'zlarining munosib hissalarini qo'shganlar. Bu davrning dastlabki 
namoyondalari sifatida Akmal(Maxmurning otasi), Amiriy(Amir Umarxon), 
Boqixonto'ra, Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur, Muntazir, Nizomiy 
Xo'qandiy(nizomiddin Mahammadaminxo'ja o'g'li), Nodir, Nozil Muhammad Avaz
Avazmuhammad Yormuhammad o'g'li Pisandiy, Fazliy Namangoniy, G'oziy kabi 
ijodkorlarni keltirish mumkin. Ularning asarlari xalq ichida juda mashhur bo'lgan. 
Bundan tashqari, bu davrda kamolga yetgan shoir va adiblar nomlari ham hurmatli 
o'rinlarga sazovordir. Nodira, Uvaysiy, Mushrif, Yoriy, Ma'dan, Uzlat, Muhyi, 
Zoriy, Muxayyir kabi o'nlab shoirlar o'z ijodi bilan mumtoz adabiyotimiz, xususan, 
qo'qon adabiy muhitining taraqqiyotiga munosib hissa qo'shganlar, ularning asarlari 
Qo'qondagi adabiy merosning salmoqli qismini tashkil etgan. 
Qo'qon adabiy muhitining xarakterli xususiyatishundaki, bu davrda o'zbek va 
fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va mashhur o'zbek 
shoiralari iste'dodi keng rivoj topdi. Masalan, Dilshodi Barno, Zebuniso, Zinnat, 
Mahzuna, Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, Uvaysiy, mohzoda Begimlarning ijodi 
ayricha ahamiyatga egadir. Bundan tashqari muhit ijodkorlari tomonidan yaratilgan 
asarlar da tarixiy ma‘lumotlarning nechog`lik aks etgani va ularning badiiy qimmati 
hamda ahamiyati ham ushbu muhitning mohiyatini belgilab beradi. Tarixni aks 
ettiruvchi badiiy asarlar mavzu ko`lami va janr xususiyatiga ko`ra quyidagi turlarga 
bo`lingan: 


1. Tarixiy badiiy dostonlar; 
2. Adabiy nasr namunalari; 
3. Mumtoz lirik turdagi she‘rlar. 
XIX asr davomida Qo`qon xonligidagi ayrim ijtimoiy-siyosiy voqealar 
tarixini badiiy tarzda ifodalagan bir necha dostonlar yaratilgani ma‘lum. 
Misol sifatida Abdulkarim Fazliyning ―Umarnoma‖, Uvaysiyning ―Voqeoti 
Muhammadalixon‖, Mutribning ―Shohnomai devona Mutrib‖, Andalibning 
―Shohnomai devona Andalib‖, Abdulg`afur Ismatiyning ―Zafarnomai 
Xudoyorxon‖, Umidiy Marg`iloniyning ―Maktubchai Xon‖ singari 
dostonlarini keltirish mumkin. Mazkur dostonlar masnaviy janrida yozilgan 
bo`lib, ularning hajmi ham turlichadir. Shunisi ahamiyatliki, ulardan Fazliy 
qalamiga mansub dostongina fors tilida bo`lib, qolganlari o`zbekcha 
yozilgan. Shubhasiz mazkur dostonlar o`z davri voqea-hodisalarini yoritishda 
qimmatli ma‘lumotlarni beruvchi manbalar hisoblanadi. Masalan, 
Uvaysiyning asarida Muhammadalixonning Qoshg`ar yurishiga chiqishi 
tasvirlangan. Yoki, Umidiy Marg`iloniyning ―Maktubchai Xon‖ dostonida 
Xudoyorxon hukmronligining so`nggi yillari badiiy asnoda hikoya qilingan. 
Asar muallifi mazkur voqealarning ko`piga o`zi shohid bo`lgan va ularni real 
tasvirlashga harakat qilgan. 
Adabiy nasr namunalari. Aynan xonlik tarixi bilan bog`liq bo`lgan nasr 
yo`ida yozilgan tarixiy asarar ko`p ekanligi ma‘lum. Ammo kam bo`lsada, 
shunday prozaik asarlar ham borki, ularni shu muhitda yaratilgan badiiy 
nasrning o`ziga xos namunalari desak yanglishmagan bo`lamiz. Ular 
jumlasiga: ―Tazkirat ul-avliyo‖, ―Ma‘lumoti soqibiy‖, ―Tazkirai Qayumiy‖, 
―qo`qon tarixi va uning adabiyoti‖, Furqatning ayrim asarlari va Muqimiy 
maktublarini kiritish mumkin. Abdulaziz Majzubning ―Tazkirat ul-avliyo‖ 
yodnomasi manqabaviy asardir. Unda XVII-XIX asrning birinchi yarmida
asosan turkistonda yashagan avliyo, olim va ijodkorlar haqida turli rivoyat va 
hikoyatlar berilgan, shuningdek, tasavvufning ba‘zi masalalariga ham to`xtab 


o`tilgan. Shu bilan birga, asar muallifi o`zi ko`rgan va bilgan tasavvuf bilan 
bog`liq voqealardan tashqari, ayrim muhim tarixiy faktlarni ham hikoyalar 
vositasida keltirib o`tadi. Misol uchun, Qo`qon tarixiga bag`ishlangan aksar 
asarlarda xonlikning aynan XVIII asrdagi tarixiga oid ma‘lumotlar nisbatan 
kam uchraydi. Xususan, bu davrdagi hukmdorlarning ijtimoiy-madaniy 
faoliyati haqida manbalar deyarli ma‘lumot bermaydi. Ushbu tazkirada esa 
xonlardan –Abdulkarimbek, Abdulrahimbek, Erdonabiy va Norbo`tabiy bilan 
bog`liq ayrim voqealar ham so`zlanadi. Ma‘rifatparvar va adbiyotshunos 
Po‗latjon Qayumovning ―Tazkirai Qayumiy‖ asari garchand o‗zbek 
adabiyotining qadimgi davrlaridan to XX asr boshigacha bo‗lgan jarayonni, 
alohida shaxslarni saralash asnosida yoritilgan, antalogiya tarzidagi asar 
bo‗lsa-da, adabiy hodisalar va shoirlar ijodiyotini baholash davomida, ayrim 
tarixiy voqealarga ham munosabat bildirib o‗tilgan. Domlaning yana bir 
asari ―Qo‗qon tarixi va uning adabiyoti‖ning qimmati esa unda Qo‗qon 
tarixiga oid ba‘zi bir nodir ma‘lumotlarning berilishidir. Asar uch qo‗lyozma 
daftardan iborat bo‗lib, tarixiy ma‘lumotlar birinchisi(―Tarixiy ma‘lumotlar‖ 
qismi)dan o‗rin olgan. Masalan: ―Ho‗qand shahrining darbozalari‖, 
―Ho‗qand shahrida bo‗lgan tarixiy binolaridan madrasalar to‗g‗risida‖, 
―Qo‗qon xonlarining avlodi‖, ―Sayyid Sultonning xon ko‗tarilishi‖, 
―Qo‗qonning taniqli kishilari‖, ―O‗zbek urug‗lari‖, ―O‗zbek elidan yetishgan
mashhur shayxlar‖ sarlavhalari ostida qiziqarli ma‘lumotlar keltirilgan. 
Ushbu maqolalar u qadar katta emas. Lekin, qisqa, ammo aniq va puxta bu 
ma‘lumotlar muhim fakt bo‗lib, tasvirlangan voqealarning bir qismiga 
muallifning o‗zi guvoh bo‗lgani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, bu davrda 
Qo'qon adabiy muhitida ham boshqa muhitlardagi kabi an'anaga ko'ra 
she'riyat ko'proq rivoj topdi. Ayni paytda, undagi mazmun va shaklni 
yangilash harakatlari ilk bor shu yerda ko'zga tashlandi. Shoirlardan 
Muqimiy, bir tomondan, mumtoz adabiyotimizdagi eng yaxshi an'analarni 
davom ettirdi. Ikkinchi yoqdan, rus istilosi tufayli ijtimoiy hayotda 


kechayotgan o'zgarishlarni adabiyotga olib kirdi. Masalan, zavod-fabrikalar 
ishga tushib, ishchilar sinfining maydonga chiqishi, tili, dini, urf-udumlari, 
hatto hayot tarzi keskin farq qiluvchi Yevropaning Turkistonga kirib kelishi 
va buning mahalliy xalqqa, uning turmushiga yetkazgan ta'siri, 
yevropalashuv tomon qo'yilgan dastlabki qadamlarning yaxshi-yomon 
jihatlari tahlili ilk daf'a Muqimiy ijodida aks etdi. Muqimiy yangilana 
boshlagan adabiyotning g'oya va mazmunigagina emas, shaklu ifodalariga 
ham ma'lum yangiliklar kiritdi. Hajvga alohida e'tibor berdi. Ijtimoiy fikrga, 
jamiyat tanqidiga maxsus diqqatni qaratdi. Furqat lirikasi o'zbek mumtoz 
adabiyotining go'zal namunalari edi. U ehtiros to'la g'azallari, erkka tashna 
musaddaslari, hijron iztiroblari barq urib turgan she'riy maktublari bilan 
o'zbek adabiyotiga toza va tiniq ohanglar olib kirdi. Biroq uning hayoti g'oyat 
murakkab kechdi. Zamon uning taqdirini alg'ov-dalg'ov qilib yubordi. 
Peshonasiga g'ariblikni, musofirlikni bitdi. U bir umr Vataniga qaytish 
armoni bilan yashadi. Lekin bu uning asarlarigagina nasib etdi. U ko'ngli 
tubidagi pinhon dardlarini she'rga to'kdi. Bu she'rlar Vatan sog'inchini 
ifodalagan eng sara she'rlar bo'lib qoldi. U dastlab rus ilm-faniga, Yevropaga 
mo'jizaday boqdi. Rus ziyolilarining Turkistondagi vakillariga xaloskordek 
qaradi. Bularning orqasida o'z ustunliklarini namoyish qilish va u orqali zabt 
etilgan yurtni iqtisodiy va ma'naviy asoratda saqlash maqsadi yotganligini 
birdaniga anglab yetmadi. Bu mumkin ham emas edi. Biroq yurt fojialari
taqdirning beayov zarbalari asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, Rusiyaning 
Turkistondagi siyosatining asl mohiyatini anglatdi. Uning she'rlariga 
taqdirdan shikoyat bilan birga erkparvarlik, ozodlik ruhi kirib keldi. 
Jumladan, «Sayding qo'yaber, sayyod» musaddasi o'ziga xos ozodlik 
madhiyasi bo'lsa, «Munojoti musaddas»i, «Begim» radifli g'azali, «Bo'ldi» 
radifli muxammasi rus istibdodiga ochiqdan-ochiq isyon namunalari edi. 
Epik janrlar, xususan, dostonchilik rivojlandi. Qo'qon adabiy maktabi 
vakillaridan Umidiy-Havoiy (1835—1905) «Maktubchai xon», «Jangnoma», 


«Badavlatnoma yoki tarixi Xo'qand» kabi tarixiy dostonlar yozdi. Bu asarlar 
bevosita rus bosqini va uning oqibatlari bilan bog'liq voqealarni Vatan va 
Millat sha'ni, el-yurt manfaati nuqtai nazaridan aks ettirdi. Shu jihatdan, 
Umidiy-Havoiy bilan xorazmlik Bayoniy qarashlari bir-biriga yaqin. Buni 
«Shajarayi Xorazmshohiy»dagi Xorazm bosqini manzaralari bilan Qo'qon 
fojialari 
tasvirini 
qiyoslaganda 
ko'rish 
mumkin. 
Qo'qon 
adabiy 
harakatchiligining muhim xususiyatlaridan biri XIX asrning birinchi 
yarmida shakllangan shoiralar silsilasining davom etganligidir. Jahon Otin 
Uvaysiy, Mohlaroyim Nodira an'analari bu davrda Dilshod Barno va Anbar 
Otindek iste'dodli shoiralarni yetkazib berdi.
Qo'qon adabiy muhitida Vahmiy ijodiga o'xshash shoirlar, masalan, diniy-
ma'rifiy mavzuda ijod qilgan, dostonlar yozgan shoirlar va ularning asarlari haqida 
ma'lumot berilgan darsliklari mavjud. 

Download 345.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling