Bitiruv malakaviy ishi mundаrijа kirish
"Bahs-munozara" metodining kamciliklari
Download 192.63 Kb.
|
Buxgalteriya hisobida hujjatldlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bob. "BUGALTЕRIYA HISOBIDA HUJJATLASHTIRISH VA HUJJATLARDAGI XATOLARNI TO’G’RILASH" MAVZUSINI O’RGANISHDA INTЕRFAOL MЕTODLARNI QO’LLASH VA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH
"Bahs-munozara" metodining kamciliklari:
ta'lim beruvcgidan yuksak bosgqarish mahoratini talab etadi; ta'lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo'lgan mavzu tanlash talab etiladi. Mazkur paragraf mazmunida berilgan ilmiy-uslubiy ma’lumotlar bo’lajak iqtisodchi-pedagog uchun juda muhim. Shu bois uning boshqa interfaol metodlarni ham bilishi talab etiladi. 1 III bob. "BUGALTЕRIYA HISOBIDA HUJJATLASHTIRISH VA HUJJATLARDAGI XATOLARNI TO’G’RILASH" MAVZUSINI O’RGANISHDA INTЕRFAOL MЕTODLARNI QO’LLASH VA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH 3.1-§. Mavzuni seminar mashg’ulotida o’rganishda tarqatmali materiallardan foydalanish yo’llari Ma'lumki, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Ta'lim to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajriba tahlili va ta'lim tizimining jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir. Inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mehanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy hulq-atvor andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Halqning boy intellektual merosi va umumbashariy predmetlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, tehnika va tehnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Yuqoridagi 2-bob mazmunida "Mavzuning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishda ma'ruza va aqliy hujum metodlarining tutgan o’rni va ahamiyati" hamda "Mavzuni o’rganishda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik samarasi" haqidagi ilmiy-uslubiy ma'lumotlar o’z ifodasini topgan. Endi, quyida "Mavzuni seminar mashg’ulotida o’rganishda tarqatmali maternallardan foydalanish yo’llari" haqidagi uslubiy ma'lumotlar beriladi. Ushbu ma'lumotlarni bo’lajak iqtisodchi-pedagoglar uchun juda muhimdir. Chunki, ular mazkur ma'lumotlarni bilishi va ulardan dars jarayonida samarali 1 foydalana olishlari kerak bo’ladi. Quyida seminar mashg’ulotining o’tkazilish tartibi berildi. Ushbu ma’lumotlar bo’lajak o’qituvchi uchun muhimdir. Chunki seminar mashg’ulotining o’tkazilish tartibini bilishi zarur. Ma’lumki, seminar mashg’uloti o’quvchilarni bilim olishlari. uni puhta o’zlashtirishlari va olgan bilimlarini kelgusida real hayotda qo’llashni o’rganishlarida alohida o’rin tutadi. Shuning uchun ham seminar mashg’ulotini qiziqarli, o’quvchilarni faol qatnashishlarini ta'minlaydigan uslublarni qo’llab dars o'tish muhim ahamiyatga ega. Ma'ruzada odatda ko’proq bayon qilish etakchi ro’l o’ynaydi. O’quvchilar darsda passiv rol o’ynashadi. Darsda turli uslublarni qo’llab ularning faolligini ta'minlash imkoniyati keng. Ma'ruza mashg’uloti asosan monolog tarzida bayon qilinsa, seminar mashg’uloti turli-tuman dialog asosida olib boriladi. Odatda seminar mashg’ulotida o’quvchilarning bilimi, o’z ustida ishlash darajasi aniqlanadi, nazorat qilinadi. Seminar (lotincha - seminarium - manba, ko’chma ma'noda - maktab) – o’quv amaliy mashg’ulot shakllaridan biridir. Asosan oliy o’quv yurtlarida, ilmiy to’garak, anjumanlarda qo’llaniladi. Ta'limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bo’lgan. Keyinchalik G’arbiy Еvropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu universitetlarda seminar asosan, o’qуvchining adabiyotlar, manba ustida ishlash vazifasini o’tagan. XX asr boshlarida seminar darslari o’quvchilarning umumiy dunyoqarashini kengaytirishda, ularni muayyan fan tarihidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta ro’l o’ynay boshlagan. Seminarning asosan uch turi mavjud: O’rganilayotgan fan yoki kursni chuqur o’rganishga yordam beradigan seminar darslari. Ayrim muammo, asosiy yoki muhim mavzuni o’rganish uchun o’tkaziladigan seminarlar. Tadqiqot harakteridagi seminarlar. O’quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida o’rin tutadi. 1 Seminar o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlashni ta'minlovchi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi o’quv jarayoni shaklidir. Seminar mashg’ulotlarining maqsadi o’quvchilarning chuqur bilim olishini ta'minlash, olgan bilimlarini real hayotda qo’llash ga o’rgatishdir. Buning uchun o’quvchi olgan ahborotlarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o’tkazish, taqqoslash, hulosa chiqarishni bilishi kerak Bunday mahoratga ega bo’lishga ko’p jihatdan seminar mashg’uloti yordam beradi. Seminar mashg’ulotining oldiga qo’yilgan bosh maqsadni amalga oshirish uchun darsni oldiga qo’yilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar darslari bajaradigan funksiyalarda o’z ifodasini topadi. Seminar mashg’uloti bir qator funksiyalarni bajaradi: O’quvchilarga professional ta'lim berish va tarbiyalash; Mustaqil ishlash malakasini o’stirish; Oquvchilarni mantiqiy fikrlashga o’rgatish; Nutq so’zlash, ilmiy munozaralar olib borishga o’rgatish; Mustaqil fikr yuritish va o’z fikrini o’rtoqlashishga o’rgatish; O’rtoqlari fikrini tanqidiy nuqtai nazardan baholashga o’rgatish: O’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. Insonning esda saqlash hotirasi - bu bizning biokompyuter. Odatda olingan axborotning juda ko’pi qisqa muddatgina yodimizda saqlanadi. Boshqa yangi axborotni qabul qilar ekanmiz, avvalgi axborot, xotiradan ko’tarilib ketadi. Axborotlar nihoyatda hilma-hil bo’lib, inson har kuni o’z hayotida qabul qiladigan ahborotlar miqdori, turlicha qabul qilinishi, hotirada saqlanib qolishi jihatidan birbiridan farq qiladi.Psihologlarning fikricha ahborotning hotirada uzoq saqlanib qolishi uchun. u go’yoki miyamizda filtrdan - boshqacha aytganda elakdan o’tish, saralanishi go’yoki hotira qurilmasiga o’tkazilishi kerak ekan. Axborotlar saralanib, ohir-oqibat alohida u yoki bu tomoni bilan ajralib turadiganlarigina hotiraga o’tar ekan. Uni tahminan mana bu shartli tasvir orqali ifodalash mumkin. Uzoq muddat hotirada qoladigan ahborotlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Nihoyatda qiziqarliligi, jo’shqinligi va boshqa shu kabi hususiyatlari bilan ajralib turuvchi ahborotlar; Tasavvur,his-tuyg’u va shu kabi bir-birini eslatadigan o’zaro bog’lanishdagi ahborotlar; Inson tomonidan tushinib, mohiyatiga etilgan ahborotlar; Faollik bilan qabul qilingan, o’rganilgan , masalan takrorlanib turadigan ahborotlar. Yuqorida aytib o’tganimizdek, olimlarning ilmiy tadqiqoti shuni ko’rsatadiki. oddiy inson odatda ahborotlarni quyidagicha o’zlashtirar ekan: 20% - eshitganini hotirada saqlab qoladi; 30% - ko’rganini o’zlashtiradi; 50% - eshitish va ko’rish orqali bilib oladi; 70% - o’zi tushunib gapirgani, eshitgani va ko’rgani natijasida o’zlashtiradi; 100% - shu ishni bajarishi. gapirishi, eshitishiva ko’rishi orqali o’zlashtiradi. Lekin, bilimni o’zlashtirish bilan bir qatorda uni yodda saqlash, undan foydalanish, takrorlab turish muhim ahamiyatga ega. Olingan bilim undan foydalanilmasa, takrorlab turilmasa hotiradan ko’tariladi. Halqimiz "Takrorlash - bilimning onasidir" deb bejiz aytishmagan. Olingan bilimdan foydalanib takrorlab turish, yodda saqlash yoki undan foydalanmaslik, takrorlamaslik oqibatida olingan bilim aktiv (faol) bilim zahirasi yoki passiv (sust) bilim zahirasiga aylanadi. Agarda uni abstrakt chizma orqali ko’rsatadigan bo’lsak. mana bunday ifodalash mumkin (chizma-1). Olingan ahborot filtrdan o’tgach qisqa muddat yodda saqlanadi. Qiska muddat yodda qolgan bilim ikkinchi filtrdan o’tgach,shu bilimni yodda saqlash, foylanish, takrorlash tufayli aktiv (faol) bilim zahirasiga aylanadi. Agarda bu bilimdan foydalanib, takrorlab turilmasa, passiv (sust) bilim zahirasiga aylanadi va bora-bora hotiradan ko’tariladi, uni quyidagi grafikda ko’rish mumkin. Bilimni takrorlash tufayli yoddan ko’tarilishining oldini olish mumkin. Bulardan shunday hulosa chiqarish mumkin: o’quvchilarning eng avvalo, o’quv materialini o’zlashtirishi, yodda qolishi uchun olinadigan ahborotni iloji boricha eshitish va ko’rish orqaligina emas, balki o’zi gapirishi, o’z faoliyatida sinab ko’rish orqali etkazish katta ahamiyatga ega ekan. Bunga erishishning yo’li seminar darslarini turli-tuman uslublar orqali olib borishdir. Seminar mashgulotini muvaffaqiyatli o’tkazish uchun eng avvalo, asosiy va qo’shimcha adabiyotlarni sinchkovlik bilan o’rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni o’rganish dars jarayonida o’quvchilarning diqqatini qaratish lozim bo’lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi usul asosida o’rganishni rejalashtirish va darsga tayyorlanish imkonini beradi. Ayniqsa, auditoriyada jonlanish, muhokama qilish, munozaraga sabab bo’ladigan savollar qo’yilganda yuz beradi. Natijada mavzuni chuqurroq o’rganishga yordam beradi. Shuning uchun ham bunday savollarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Mavzuning mazmunini o’zlashtirishni chuqurlashtirishning eng oddiy yo’li - bu savollarni murakkablashtirish hamda alohida savollardan savollar tizimiga o’tish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu esa qo’yilgan savollarga javob berish, muammoni, savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan muammoli vaziyatni o’rganib, uni echish imkoniyatini beradi. Masalan, iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? degan savol qo’yilgan. Bu erda o’quvchi kasbiy fanlarning bosh muammosi - resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi - deb javob berishi mumkin. Ana shu savolni boshqacha savollar tizimi asosida qo’yish mumkinki, natijada o’quvchilar qo’yilgan masalani chuqurroq tushunishiga yordam beradi. " Bugalteriya hisobida hujjatlashtirish va hujjatlardagi xatolarni to’g’rilash" mavzusini o’rganishga oid aytaylik, quyidagicha savollarni keltirish mumkin: Mavzuni o’rganish va takrorlash uchun quyida savollar keltirildi. Bugalteriya hisobi to’g’risidagi Qonunda hujjatlarning qanday rekvizitlari ko’rsatilgan? Bugalteriya hisobi hujjatlarining oldiga qo’yilgan talablar. Ho’jalik mablag’larni baholash deganda nimani tushunasiz? Mahsulot tannarxini kal’kulyatsiya qilishning muhim prinsiplari nimalardan iborat? Aktiv schyotlarning qoldiqlari qanday aniqlanadi? Passiv schyotlarning qoldiqlari qanday aniqlanadi? Balans tushunchasini qanday ifodalaysiz? Balansning aktiv va passivlarida qanday bo’limlar mavjud? Ikki yoqlamali yozuvning mohiyati nimada? Bugalteriya hisobida baholash nima uchun zarur? Bugalteriya hisobi axborotlaridan ffoydalanuvchi kishilar va ularni nimalar qiziqtiradi? Bugalteriya hisobida qo’llaniladigan usullarni sanab chiqing? Ana shu savollar tizimiga javob berish jarayonida o’quvchilar chuqurroq o’rganib olishadi: Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi ekanligi, uning bosh muammo bo’lishiga sabab, bu muammo iqtisodiyotdagi barcha muammolarni qamrab olishi ekanligidir. Ularga misol qilib, bir nechta muammolar: tanlash muammosi, har bir uy ho’jaligi, firma, davlatning oldiga qo’ygan maqsadi va unga erishish muammosi va hokazolarni ko’rsatish mumkinki, ularning barchasi resurslarning cheklanganligi bilan bog’liqdir. Mavzuni o’rganishni chuqurlashtirishga savol shaklini o’zgartirib, uni murakkablashtirish orqali erishish mumkin. Aytaylik. iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima va uni nimaga bosh muammo deyiladi? Sababini ko’rsating? degan tarzda qo’yish mumkin. O’quvchilarning, mavzuni u yoki bu kategoriyani qay darajada tushunganlarini sinash va puhtaroq tushunishlari uchun javoblarini o’quvchilar 1 bilan birgalikda muhokama qilish asosida mini testlar o’tkazish usulini qo’llash mumkin. Seminar mashg’ulotining o’quvchilar tomonidan bilim, iqtidor, nutq so’zlash, boshqalar fikricha tanqidiy qarashni talab etadigan uslublaridan munozara bo’lib, u murakkabdir. Bunday usul bilan dars o’tish o’qituvchidan katta tayyorgarlik ko’rish, mahoratni talab etadi. Umuman olganda seminar mashg’uloti turli uslublar asosida olib borilar ekan, u qiziqarli, barcha o’quvchilarni faol qatnashishga, demak darsga qunt bilan tayyorlanib kelishiga undaydi. O’qituvchi seminar mashg’uloti jarayonida tarqatmali materiallardan foydalanib dars o’tadi. Demak u tarqatmali materiallar haqida tushunchaga ega bo’lishi kerak. Shu bois quyida tarqatmali materiallar haqida umumiy ma’lumotlar berildi. Ma'lumki, utilayotgan darsda ukuvchilar ga ahborot etkazish, ularni darsni puhta uzlashtirishlari va faol katnashishlarini ta'minlashda tarkatma materiallarning ahamiyati katta. Darslarda tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo’llanilmoqda. Tarqatiladigan materialning muhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita o’quvchining qo’lida bo’lib, uzoqdan ko’rsatiladigan ko’rgazmali qurollarga hos kamchiliklardan holi. Tarqatma materiallar - ta'lim oluvchilar uchun o’rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma'lumotlarni o’z ichiga olgan, hajmi uncha katta bolmagan (1-2 varaq) yozma o’quv materiali hisoblanadi. Tarqatma materiallarni maqsadi, mazmuni jihatdan: ahborot beruvchi; topshiriq beruvchi; v) bilimni nazorat qiluvchi guruhlarga ajratish mumkin. Ahborot ko’lami katta bo’lgani sababli qisqa vaqt ichida barcha ahborotni o’quvchilarga to’liq etkazib berish qiyin. Bunday paytda ahborotni tarqatma material sifatida yetkazib berish muhim ro’l o’ynaydi. Bunda gaplar qisqacha yozilgan matnlar bo’lib, darsga tayyorgarlik ko’rishda, dars davomida yoki bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga taqdim etiladi.1 Tarqatma materiallardan ko’rgazmali qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o’rganishda turli jadval, grafik, chizmalardan juda ko’p foydalaniladi. Ularni plakat sifatida tayyorlash o’quvchilar uchun anchagina noqulay. Undan tashqari: O’quvchilarga raqamlarda ifodalangan ma'lumotlarni og’zaki etkazish ularni chalkashtirib yuborishi bilan birga, eslab qolishlariga ham imkon bermaydi. Miqdor jihatdan ko’p ma'lumotlarni doskaga yozib, tushuntirish uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Doskaga yozish paytida o’qituvchi bilan ta'lim oluvchilar o’rtasida aloqa uziladi. Bu jihatdan ko’rgazmali quroldan namoyish qilinuvchi hamda tarqatma material sifatida foydalanish qator afzalliklarga ega. O’qituvchi raqamlarda, grafik, formulalarda ifodalangan ahborotni namoyish qilinayotgan materialga qarab tushuntiradi. O’quvchilar esa ham namoyish qilinayotgan materialga ham, qo’llaridagi tarqatma materialga qarashadi. Ma'lumotlar o’quvchilar qo’lida bo’lishi, ularni ko’rib turishi, tushunishi, anglashini osonlashtiradi. Tarqatma materiallar o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda ishlash imkoniyatini ham beradi. Ayniqsa, buning uchun ishchi varaqalar tayyorlanishi va ular asosida dars jarayonida juft bo’lib yoki individual tarzda ishlashni tashkil qilish, shubhasiz o’quvchilarni darsga faol qatnashishlarini ta'minlaydi. Ular masala, mashq, turli jadvallarni to’ldirish va hokazolar tarzidagi turli topshiriqlar bo’lishi mumkin. Tarqatma materiallar ta'lim oluvchilarni bilimini tekshirish nazorat qilishda ham keng qo’llaniladi. Bunda, nazorat varaqalari tarzida tayyorlangan test savollari, masala va mashqlar bo’lishi mumkin. Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo’llash qoidalari: Ta'lim oluvchilarga haddan tashqari ko’p tarqatma materiallar bermang. Sarlavhalarni bosh harflar bilan yozing, bir matn uchun ikki-uchta tarqatma material tayyorlasangiz, ularga nom-kod bering. Bu ularni ajratishni osonlashtiradi. Matn shrifti 12 dan kichik bo’lmasligi kerak. Bir betda 80 tadan ko’p belgi (harf, qavs, undov belgisi va hokazo ) ishlatmang. Matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo’lishi kerak. Varaq dizayni e'tiborni o’ziga tortishi kerak. Tarqatma materiallarda: o’tiladigan mavzuning asosiy mazmunini berish; olingan ahborotni dars davomida va darsdan tashqarida o’qуvchilar bilan mustaqil muhokama qilish; ta'lim oluvchilar diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga qaratish; o’qituvchi-o’quvchilarni darsga faol jalb qilish; o’qituvchi-o’quvchilarning olgan bilimlarini nazorat qilish va sinash; Bularning hammasi dars jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanishning zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu bilan birga dars jarayonida tarqatma materiallardan foydalanishda o’ziga xos kamchiliklar ham mavjud. Tarqatma materiallar tayyorlash o’qituvchidan ko’p kuch va vaqt, yuksak mahorat talab qiladi. Bir kishiga bitta tarqatma materiallar bo’lishi kerak. Bu qo’shimcha katta moddiy harajatni talab qiladi. Tarqatma material asosida o’zaro muhokama cho’zilib, mavzuning boshqa qismlariga, savollariga e'tibor pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayrim kamchiliklariga qaramay, darsda tarqatma materiallardan foydalanishning afzalligi ustun. Tarqatma materiallardan barcha metodlar asosida dars o’tishda keng foydalanish mumkin. Mavzuni o’rganishda tarqatma material sifatida testlardan foydalanish mumkin. Mavzuni o’rganishda tarqatma material sifatida testlardan foydalanish mumkin. Download 192.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling