Bitiruv malakaviy ishi mundаrijа kirish


-savol: Tozalash usuliga ko’ra balans nechta turga bo’linadi? 7-savolga javob


Download 192.63 Kb.
bet12/23
Sana03.12.2023
Hajmi192.63 Kb.
#1800666
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Buxgalteriya hisobida hujjatldlar

7-savol: Tozalash usuliga ko’ra balans nechta turga bo’linadi?

7-savolga javob:
-brutto balans
-netto balans

Mazkur paragraf mazmunida mavzuning o’ziga xos xususiyatlarini maruza va aqliy hujum tutgan o’rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi haqiqatda mavzuni o’rganishda maruza va aqliy hujum metodlarining o’rni va ahamiyati juda yuqori ekanligi ko’rib chiqildi.
2.2-§. Mavzuni o'rganisda interfaol metodlardan foydalanisning pedagogik samarasi
Ma'lumki, hozirgi davrda o'quv jarayonini tashkil etish o'qituvchidan faqat chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bo'lishlarini, dars berishning turli metodlarini bilishni hamda o'z ustida tinmay ishlashni talab qiladi.
Har bir insonning hayoti asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, tabiiyki har bir odamdan iqtisodiy fikrlashni o'rganish talab etiladi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish bilan bu talab yanada kuchaydi. Bugungi kunda o'quvchi-o’qуvchilarning yoshligidan iqtisodiy fikrlay bilishi uchun mamlakatimizda o'rta maktabdan boshlab iqtisodiy bilim asoslarini o'rganishga kirishildi. Kаsb-hуnаr kоllеjlаrining, ayniqsa, iqtisodiy yo'nalishdagi o'quv yurtining o’qуvchilari esa iqtisodiy fikrlashnigina emas, keng doiradagi iqtisodiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish, 1 iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga baho berish, bu o'zgarishlar kelajakda
qanday natijaga olib kelishi mumkinligini his qila bilishi, o'z o'ngiga keltira bilishni o'rganishi zarur. Buning uchun esa iqtisodiy fanlarni chuqur bilish talab qilinadi. Murakkab xo'jalik dunyosini aks ettiruvchi bu fanlarni o'rganish uchun to'g’ri metod tanlash muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi.
Interfaol metodlar - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan, metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.
Ta'lim oluvchi markazda bo’lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • ta'lim samarasi yuqoriroq bo'lgan o'qish-o'rganish;

  • ta'lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;

  • ilgari orttirilgan bilimning ham e'tiborga olinishi;

  • o'qish shiddatini ta'lim oluvchining ehtiyojiga muvofilashtirilishi;

  • ta'lim oluvchining tashabbuskorligi va mas'uliyatining qo'llab-quvvatlanishi;  amalda bajarish orqali o'rganilishi;

  • ikki taraflama fikr - mulohazalarga sharoit yaratilishiTa'lim jarayoni elementlaridan biri bo'lgan ta'lim metodlariga alohida to'xtalib o'tmoqchimiz.

Avvalambor, "metod" so'ziga ta'rif beramiz.
Metod - (grekcha «Metodos» so'zidan olingan bo'lib, izlanish yoki bilish yo'li, nazariya, ta'limot ma'nosini anglatadi) aniq vazifani echishga bo'ysundirilgan, borliqni amaliy yoki nazariy o'zlashtirish operasiyalarining yoki yo'llarining yig’indisi. Shuningdek, metod bu ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchining muayyan maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan yo'llar yig’indisi.
Axborotlarning uzviyligi va davomiyligini ta'minlashga xizmat qiluvchi bu jarayon ularni xotirada saqlash va zarur holatlarda qayta esga tushirishdan iborat bo'ladi. Ma'lumotlarni qabul qilishda qanchalik ko'p sezgi organlari qatnashsa, uni idrok etish, o'zlashtirish va xotirada saqlash shunchalik oson kechadi. Ikkinci tomondan, har bir kishida qaysidir sezgi organlari ko'proq, qaysilaridir kamroq rivojlangan bo'ladi.
Shu bois, ta'lim jarayonida nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni shakllantirish, o'quv materiallarini turli ko'rinishlarda, turli sezgi organlari orqali qabul qilinishi va idrok etilishini ta'minlash – ta'lim samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
Butun dunyoda ta'lim jarayonida qo'llaniladigan pedagogik
texnologiyalarning 100 dan ortiq metodlari mavjuddir. Shunga ko'ra, ta'lim, an'anaviy, interfaol shakllarda olib borilmasin, dars davomida ta'limning sinalgan 11 ta metodlari; ma'ruza, to'rt pog’onali, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, rolli o’yin, ishbop o’yin, davra suhbati, muammoli vaziyat, bahs-munozara, loyiha, yo'naltiruvchi matn kabi metodlaridan foydalanish, ularni o'rnida qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, ma'ruzada ma'lumotlar faqat eshitish orqali qabul qilinadi. Tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, ma'ruza paytida tinglovchining diqqatini 20 daqiqa davomida ushlab turish mumkin ekan. Shunda ham, bu davr oxirida diqqatning juda pasayib ketishini kuzatish mumkin.
Quyida “Klaster” va “Bahs-munozara” metodlari yordamida mavzuni o'rganish masalalari ko'rib chiqiladi. Shu haqidagi ma'lumotlar bo'lg’usi iqtisodchi -pedagog uchun juda muhimdir.
Klastеr «Tarmoqlar» interfaol metodi - o’qуvchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishga o'rgatishga ajratilgan.
Fikrlashning tarmoqlanishi - bu pedagogik strategiya bo'lib, u o’qуvchilarning bir mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushunchaga yoki aniq fikrni erkin va aniq ravishda ma'lum ketma-ketlik bilan uzviy bog’langan holda tarmoqlanishlariga o'rgatadi.
Mazkur interfaol metod bilan bir mavzuni chuqur o'rganishdan avval o'quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilish mumkin. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’qуvchilarni ushbu mavzu bo'yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
«Klaster» metodi yordamida o'zlashtirilgan bilimlarni mustakamlash quyidagicha amalga oshiriladi: O’qуvchilar guruhlarga bo'linadilar va ularga belgilangan vaqt ichida mavzu bo'yicha qanday tushunchalarni o'zlashtirgan bo'lsalar, ularni qog’ozga yozish vazifasi topshiriladi.
Vazifani bajarish jarayonida fikrlarning to'g’ri yoki noto'g’riligiga
ahamiyat bermaslik, nimani o'ylagan bo'lsa, shuni yozib borish talab etiladi.
Yozuvning texnik (orfografik, mantiqiy va h.k.) jihatlariga e'tibor bermaslik aytib o'tiladi. Fikrlar tugagandan keyin guruh a'zolari tushunchalarni mantihiy jihatdan bir-biriga bog’lab chiqadilar.
Ma'lumki “ Bahs-munozara” metodi - biror mavzu bo'yicha ta'lim oluvchilar bilan o'zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o'tkaziladigan o'qitish metodidir. Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo'llaniladi.
Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini ta'lim oluvchilarning biriga topshirishi yoki ta'lim beruvchining o'zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir ta'lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilis lozim.
Keyingi betda “Bugalteriya balansi” mavzusi bo'yicha “Klaster” metodidan foydalanilanish yo'llari berild8.

Endi quyida interfaol metodlardan hisoblangan “ Bahs-munozara” metodi haqida ilmiy-uslubiy ma'lumotlar berildi.
Quyida “Bahs – munozara” metodini o’tkazish tuzilmasi berilgan


Download 192.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling