Bitiruv malakaviy ishi mundаrijа kirish


Download 192.63 Kb.
bet2/23
Sana03.12.2023
Hajmi192.63 Kb.
#1800666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Buxgalteriya hisobida hujjatldlar

Хulоsа vа tаvsiyalаr . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 62
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yхаti . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 65
Ilоvаlаr . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 68

Kirish


Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda “Ta'lim to'g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirishda asosiy e'tibor mustaqil O'zbekiston davlatining jahon hamjamiyatida o'ziga munosib o'rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashadigan, mustaqil fikrlovchi erkin shahsni etishtirishga qaratilgan. Chunki, kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatida insonni intellektual va ma'naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shahs-fuqaroni shakllantirish asosiy muammo qilib qo'yilgan.
Bu esa, yangicha fikrlaydigan, o'qitishning zamonaviy metodlari, shakllari va usullaridan samarali foydalana oladigan, yuqori malakali pedagog kadrlarni talab etadi. “Tabiiyki, - deb ko'rsatadi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-fevralida bo'lib o'tgan yig’ilishida, - bu borada bugun farzandlarimizga kimlar ta'lim-tarbiya berayotgani, pedagogik kadrlarni tayyorlash tizimi qanday tashkil etilgani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu masala umumiy o'rta va o'rta mahsus ta'limini isloh qilish tizimining eng dolzarb vazifasi bo'lmog’i lozim”. Bizningcha, mana shunday muhim vazifalardan biri zamonaviy o'quv dasturlari, o'qitishning hozirgi zamon usullari asosida Davlat ta'lim standartlarida belgilab berilgan ixtisoslik va mahsus fanlarni o'qitish hamda kasbiy mutaxassislikka ega bo'lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir.
Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston halqi tanlab olgan yo'l ochiq, erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan odil jamiyat, kuchli demokratik huquqiy davlat tuzish yo'lidan bosqichma-bosqich olg’a bormoqda. Biz barpo etayotgan davlat avvalo, umumjahon sivilizatsiyasiga davlat qurilishi sohasida, taraqqiy etgan boshqa halqlar erishgan tajribalarga va o'zimizga mos milliy an'analarga asoslanmoqda.
O'zbekistonda keyingi yillarda ro'y berayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlarning nazariy asoslari hamda amaliy dasturlari hayotga 1 tatbiq etilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida mustaqillik yillarida ta'lim sohasida erishgan natijalarga tanqidiy yondoshib, kadrlar tayyorlash tizimida tub islohotlar zarurligini asoslab berdi.
Ushbu sessiyada ta'kidlanadiki, “Ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, milliy dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag’ va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, iqbolimiz ko'zi bilan qaraganda ham iqtisodiy, ham ma'naviy nuqtai nazardan bu sarf harajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday harajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”
Hozirgi zamon dars o'tish jarayonida ko'rgazmali va tarqatmali materiallardan keng va samarali foydalanib dars o'tish talab etilmoqda. Bugungi kunda bizning ta'lim tizimimizda ta'lim oluvchilarga dars o'tishda masala-mashqlar tuzish va ularni qo'llash zaruriyati tug’ilmoqda. Ayniqsa, hozirgi kunda “Bugalteriya hisobi” o'quv fanidan dars jarayonida pedagogik tehnologiyalarni qo'llash hamda amaliyot darsini o'tishda masala-mashqlar tuzish va ularni qo'llash orqali ta'lim oluvchilarning faol qatnashishini ta'minlashga erishish dolzarb hisoblanadi.
Shuningdek, “bugalteriya” mavzusiga oid masala-mashqlar tuzish va ularni qo'llash orqali ta'lim oluvchilarning bilim darajasi yuqori darajadagi ko'rsatkichlarga erishiladi.

Download 192.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling