Bitiruv malakaviy ishi mundаrijа kirish


Download 192.63 Kb.
bet6/23
Sana03.12.2023
Hajmi192.63 Kb.
#1800666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Buxgalteriya hisobida hujjatldlar

Hujjatlashtirish. Bu korxona ho'jalik faoliyatini kuzatib borish, hisobga olinadigan xo'jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks ettirishning asosiy usulidir. Hujjatlashtirish bugalteriya hisobida muhim ahamiyatga ega bo'lib, har qanday sodir bo'lgan xo'jalik muomalasining hujjatlarda o'z vaqtida hamda to'g’ri 1 aks ettirilishini taqozo etadi. Hujjatsiz bugalteriya hisobida yozuvlar amalga oshirilmaydi. hujjat yuridik asosga ega bo'lib, ular korxona faoliyatiga baho berishda bugalteriya hisobi ma'lumotlarining ishonchliligini ta'minlaydi.
Inventarizatsiya. Bu bugalteriya hisobi ma'lumotlari bilan haqiqat o'rtasidagi tafovutni bartaraf qilish maqsadida korxona mablag’lari natura holatini, ushbu korxonaning boshqa korxonalar bilan hisob- kitob ishlarini tekshirish usulidir. Inventarizatsiya yordamida haqiqatdagi mavjud moddiy qiymatliklar, tugallanmagan ishlab chiqarish, debitor va kreditorlar bugalteriya hisobidagi ma'lumotlar bilan taqqoslanadi. Aniqlangan tafovut, ya'ni mablag’larning ortiqcha yoki kam chiqishi tegishli dalolatnomalarda rasmiylashtiriladi va hisobotda aks ettiriladi.
Baholash. Baholash xo'jalik mablag’lari, ularning tashkil topish manbalari va xo'jalik jarayonini pul o'lchovida ifodalash usulida namoyon bo'ladi. Bu usul bugalteriya hisobida natura o'lchovidagi mulklarni qiymat o'lchoviga keltirish va bir yil o'lchovda aks ettirish hamda umumlashtirish uchun foydalaniladi. Ushbu usul yordamida mulklar umumlashtirilib, umumiy balans chiqarish imkoni mavjud bo'ladi.
Kalkulyatsiya. Bu korxona faoliyatini boshqarish jarayonida sarflangan xarajatlarni va ishlab chiqarilgan mahsulot, ish yoki xizmat birligining tannarxini aniqlash usulidir.
Hisobvaraqlar tizimi. Hisobvaraqlar tizimi hisob ob'ektlarini ularning iqtisodiy belgilariga qarab guruhlashtirishga asoslangan. Hisobot davri mobaynida xo'jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida turli-tuman muomalalar sodir bo'ladi. Ular hisobvaraqlar tizimidan foydalanib, xo'jalik muomalalarining ma'lum iqtisodiy mazmuniga qarab umumlashtiriladi.
Hisobvaraqlar tizimi bugalteriya hisobini ikki tomonli tizimda yuritiladigan aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalar, xususiy firmalar uchun O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan yagona hujjat hisoblanadi.

Download 192.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling