Bitiruv malakaviy ishi muqovasining ustki jildi namunasi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
siyosiy madaniyat sotsial madaniy hodisa sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3 O’ZBEKNSTONDA SIYOSIY MADANIYAT VA UNING HOZIRGI RIVOJLANISHI
SHARQ - hokimiyatning insondagi hyech qaysi fazilat bilan bog’liq bo’lmay, balki kelib chiqishi ilohiy yekanligiga ishonch;
- siyosatga fidoiylik, hammaning ham qo’lidan kelmaydigan va qahramonlar hamda ilohiy boshqaruv qoidalariga bo’ysunuvchi faoliyat sifatida munosabatda bo’lish; siyosiy hodisalar tasoddifiyligini inkor yeti shva siyosatni konsensus, uyg’unlik va tinchlikni qaror toptirish vositasi sifatida tushunish;
1 Теоричевкое знание.М.2000.-С.38 35
- shaxsning g’okimlik vakolatlarini amalga oshirish uchun tayyorligini inkor yetish, individ va hokimiyat o’rtasidagi munosabatlarda vositachisi yehtiyoj; adolat ideallarining ustunligi; shaxsning siyosiy indifferenligi;
- siyosatda yelital va davlatning ustunligini ye’tirof yetish; davlatning shaxsga homiyligi, rahbarligini afzal bilish; jamoa, guruh rahbarlarining shaxsdan ustunligini tan olish; korporativizm qadriyatlarning ustunligi;
- siyosiy hayotda ijro funksiyalari va siyosiy ishtirokining kollektiv shakllariga ularda shaxsiy masuliyat yo’qligi tufayli moyillik; boshqaruvining avtoritar shakllariga intilish; hokimiyat tuzilishini soddalashtirish; harizmatik yetakchini izlash.
- jamiyatni boshqarish bo’yicha hukumdorlar va ularning faoliyatini ilohiylashtirish, ularni nazorat qilish zarurligi haqida komil ye’tiqodning yo’qligi;
- mahaliy qoida va an’analarining (mahaliy huquq) davlat ko’rsatmalaridan ustunligi, jamoa ma’naviy an’analari va qonunchilik holatlari o’rtasidagi ziddiyatlarni siyosiy xulq – atvor motivlari sifatida yumshatishga intilish;
- mafkuraviylik kamroq namoyon bo’lish, turli ye’tiqodlarga toqatlilik (islomiy oqimlardan tashqari); 1
Mumtoz ko’rinishda inson va hokimiyatning aytib o’tilgan qadriyatlari va an’analari tubdan qarama – qarshi siyosiy madaniyatlarni shakllantiradi (masalan, AQSH va Yeronda, Fransiya va Kampuchiyada). va, hatto, siyosiy institutlarni qaysidir bir madaniyat turi namunalari asosida qayta qurish avvalgi madaniyatning ayrim qadriyatlarning ahamiyatini pasaytira olmaydi. Masalan, Hindistonda Buyuk Britaniya mustamlakachilik hukumronligi davrida shakllangan ancha yetuk partiyaviy tizim, parlament va h.k.lar mavjudligiga qaramay, sharq mentaliteti arxetiplari avvalgidek ustunligicha qolmoqda. Shuning uchun saylovlarda bosh rolni partiya dasturlari yemas, qishloq oqsoqollari, qabila oqsuyaklari, diniy jamoa rahbarlari va h.k.larning fikrlari o’ynaydi. Ayrim vaqtda, ayrim G’arbiy Yevropa
1 Касавин И.Т., Знание и его социальное содержание// Вопросы философии. 1988- № 3 С.130 36
mamlakatlarida Sharqdagi dinlar va turmush tarziga bo’lgan katta qiziqish siyosiy madaniyat o’zgarishiga hyech qanday ta’sir qilmaydi 1 .
Rost, ba’zi mamlakatlarda G’arb va Sharq qadriyatlarining qandaydir uyg’unligiga yerishildi. Masalan, Yaponiyaning yetakchi sanoatlashgan davlatlar klubiga texnologiya «sakratishi», shuningdek, mamlakatning urushdan so’nggi okkapasiyasi oqibatlari – uning siyosiy madaniyatda liberal – demokratik qadriyatlarning anchasi mustahkamlanib qolishiga imkon beradi. Geosiyosiy jihatdan o’rtada joylashgan mamlakatlarda (Rossiya, Qozog’iston va h.k.) ham Sharq va G’arb o’rtasidagi o’zaro ta’sir juda tez sur’atlarda boradi – u yerda qadriyatli intilishlar va fuqarolar siyosiy ishtiroki usullarining muayyan aralashmasi shakllanadi.
Shunga qaramay, yuqorida nomlangan Dune sivilizisiyalarining sifat jixatdan farqlari, odat, siyosiy madaniyatlaridagi o’zaro o’zgarmas asoslarini belgilaydi. Ularning yaqinlashuvi – uzoq kelajak masalasi
1 Пугачев В.П. Соловев А.И. Политологияка кириш. Т.: «Янги аср авлоди», 2004, 401.б 37
2.3 O’ZBEKNSTONDA SIYOSIY MADANIYAT VA UNING HOZIRGI RIVOJLANISHI O’zbeknston tabiiy resurslarga nihoyat darajada boy, nisbatan yuqori iqtisodiy va ishlab chiqarish texnika qudratiga yega mamlakatdir. Respublikamiz bag’rida foydali qazilmalar mo’l. U tabiiy iqlim sharoitlariga ko’ra, qishloq xo’jalik madaniyatini yuksaltirish imkoniyati baland, mahsulotlar yetpshtirish uchun yeng qulay mintaqalardan biridir. O’lkamiz azaldan ilm-fan va madaniyatning qadimiy markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka olimlari, yetuk mutafakkirlari jaxon ilm-fani va madapnyatnni o’z kashfiyotlari va o’lmas ilmiy asarlari bilan boyitadilar, insoniyat tafzkkuri tarakdiyotiga juda katta hissa ko’shdilar 1 .
siyosatining maqsadi bo’lib, bu siyosat rus impsratori Pyotr Birinchi tomonidan asoslab berilgan yedi. Ana shu niyatni amalga oishrish ilinjida Pyotr Birinchi O’rta Osiyoga Aleksandr Bekovich Cherkasskiy, Florio Beneveni kabi josuslarni shu o’lkani har taraflama o’rganish uchun yuborgan yedi. Rossiyaning keyingi xukmdorlari ham mazkur siyosatny amalga oshirish uchun ko’plab josuslar yubordilar, bir qancha yekspedisiya uyushtirdilar va boshqa sa’y-harakatlar kildilar. 1839—1840 yillarda Rusiya Xivani bosib olish uchun Perovskiy boshchiligida katta harbiy yekspedisiya uyushtirdi. Ammo bosqinchilarning bu harakati zoye ketdi. Yekspedisiya ulkan talofatlar bilan ortga qaytishga majbur bo’ldi. 1864—1875 yillarda chorizm Turkistonni zabt yetgach, o’lkani o’zining mustamlakasiga, metropoliyaning xom ashyo qo’rg’oniga aylantirdi. Bu yesa Turkiston jamiyatining butun turmushini ag’dar-to’ntar qilib yubordi, undagi xalqlarning milliy qadriyatlari, urf-odat, an’analari zo’ravonlik bilan barbod yetildi, jamiyatning tabaqalashuvi kuchaydi.
1 Каримов И.А.Янги хаётни ескича кара шва ёндашувлар Билан куриб бўлмайди. Т.: «Маърифат» газетаси, 2005 йил 19 феврал 38
Chorizm tomonidan Turkistonda o’tkazilgan mana shu siyosat, afsuski, O’zbsknstonda oktyabr inqilobidan keyingi davrda ham o’ziga xos usulda davom yetdi. Sobik. SSSR markaziy organlari og’izda milliy jumhuriyatlarni har tomonlama rivojlantirish haqida gapirib, amalda yesa ularning xaqiqiy yehtiyojlarini va manfaatlarini oyoh osti hildilar. Zo’ravonlikka asoslaigan ma’muriy buyruqbozlik tizimi, totalitar markaz o’z qo’lidagi cheksiz xokimiyatni ishga solnb, respublikalarning mustaqilligini, fuqarolarning yeng oddiy haq – huquqlarini ham kamsitib qo’ydi. Respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yetkazib berishga o’naltirildi. Paxta yakka hokimligi uzoq yillar davom yetaverdi. Sug’oriladigan yerlarga muttasil paxta yekib kelindi. Necha – necha o’n yillar davomida zaxri qotil butifosni paxtachilikda qo’llandi, paykallarga sepildi. Oqibat-natijada yerimiz zaharlandi, suv va havo bulg’andi, necha minglab kishilar oshqozon-ichak, sariq kasalliklarga mubtalo bo’lishdi, bolalar, xotin-qizlar va kattalar o’rtasida o’lim ko’paydi 1 . Paxta yakkahokimligi oqibatida suvdan foydalanish izdan chiqqanligi tufayli Orol dengizining sathi nihoyatda pasaypb ketdi. «Suvnnng tobora kamayib ketayotgani va uning sifati yomonlashishi tuproq va o’simlik qatlamining tanazzuliga, o’simlik va hayvonot dunyosiga o’zgarishlariga, baliqni qayta ishlash sohasining yo’qolib ketishiga, shuningdek sug’oriladigan yerlar samaradorligining pasiyishiga olib keladi. Yekoligik saqlash, «Yekosan» va boshqa jamg’armalarning ta’sis yetilishi tabiatan unumli foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish muammo lariga oid mintaqaviy va jaxon ilmiy-amaliy anjumanlarining o’tkazilishi tabiatnn muxofaza qilish ishlariga jamoatchilikning keng jalb yetilishi bunga misol bo’la oladi. Mintaqamizda tabiatni muhofaza qilish ishlari quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilmog’i lozim: — qishloq xo’jalik yekinzorlarini saqlash, tuproq yerroziyasiga qarshi kurashni kuchaytirish, yerlarni seldan, ko’chkilardan, o’pirilishlardan, sho’r
1 Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. «Ўзбекистон» - 2001. 81.б 39
bosishdan, zaharlanishdan, suv bosishdan va qaqrab qolishdan himoya qilishni ta’minlash; — foydali qazilma konlarini yanada kompleks ravishda o’zlashtirish, ularni g’azib olish va qayta ishlash chog’ida nobudgarchilikka yo’l qo’ymaslik; — Orol dengizi, Sirdaryo, Amudaryo va boshqa daryolar suvlari sathini kamaytirishning oldini olish, ularni ifloslanishdan saqlashni kuchaytirish choralarini amalga oshirish, Suv manbalari, shu jumladan kichik daryolar va ko’llarni qurib qolnshdan va ifloslanishdan muhofaza qilishni yaxshilash, Markaziy Osiyodagi yeng muhim daryo havzalaridagi suv xujalik komplekslarini avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarini yaratish, irrigasiya tarmoqlarini hozirgi dav talabiga muvofiqlashtirib qayta qurish; — zararli moddalarning atrof muhitga chiqarib tashlanishini kamaytirish va chiqarilayotgan gazlarni zararli aralashmalardan tozalashni yaxshilash, gaz va changlarni yutuvchi g’oyat samarali apparatlar, suv tozalaydigan uskunalar, shuningdek, tabiiy mu?itning xolatini nazorat qiluvchi moslamalar hamda avtomat stansiyalar ishlab chiqarishni ta’minlash; — issiqlik yelektr stansiyalarida mazutdan, torfdan yoqilg’i sifatida foydalanishni kamaytirish; — o’rmonlarni yong’indan saqlash hamda ularni zararli hasharotlardan va kasalliklardan muhofaza qilish. Ihota daraxtlarini kengaytirish, posyolkalar va ularning atroflarida yangi ko’kalamzorlarni yaratish, mavjud shunday zonalarni obodonlashtirish; — ilmiy asoslangan qo’riqxona xududlari va milliy bog’larni vujudga keltirishni davom yettirish. Yovvoyi hayvonlarni mutanosib ravishda ko’paytirish hamda tabiiy ko’l, xovuzlar va suv omborlarida qimmatli baliq turlarini urchitib ko’paytirish tadbirlarini amalga oshirish; 1
ish tutishlari maqsadga muvofiqdir. Bu hamkorlik to’la teng huquqli, har bir mamlakatning suverenitetini hurmat qilish, olgan majburiyatlarni, xalqaro huquq
1 Odilqoriyev X., G’oyibnazarov Sh. Siyosiy madaniyat. – T., 2004.97.b 40
normalarini vijdonan bajarish asosida b o’lishi lozim. Biz yashab turgan zaminning qat’iy talabi mana shulardan iborat 1 .
O’zbekiston demakratiyasining qaysi yo’nalishlaridan bormoqda? Huquqiy demokratik davlatni barpo yetish, fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish oliy maqsad yekan, unga yerishishning yagona yo’li demokratiyani chuqurlashtirishdir. Ayni paytda O’zbekistonda davlatchilikning xuddi anashu jixatiga qanday qaralmoqda? Yeng avvalo shuni takidlash kerakki, demokratik jamiyatni barpo yetishning xalqaro tamoyillari, dunyo tan olgan, yetirof yetgan, barcha uchun umumiy bo’lgan yo’riqlari mavjud. Bu bevosita fuqarolarning o’z xohish irodasini yerkin ifodalash huquqiga yegaligi, ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi, barcha fuqarolarning millati, yelati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy ye’tiqodidan qatiy nazar tengqurligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi, saylash-saylanish huquqi va boshqalardir. Bular qayrib barcha mamlakatlarda konsitusiyalarida qatiy belgilab qo’yilgan tartib – qoidalar hisoblanadi. Anashundan kelib chiqib demokratiyaning turli shakllari vujudga kelishi muqarrar. Ayrimlar O’zbekistondagi demokratik jarayonlar, uni hayotga tadbiq yetishning sharqona tamoillari haqida gapirar yekan, demokratiya demkoratiya – da, uning sharqonayu g’arbonaligi bormi? – degan fikrlarni bildirishmoqda. To’g’ri yuzaki qaraganda demokratiya – demokratiya – da. U hamma uchun birday ijtimoiy xodisa! Biroq, uning mag’zini chaqsangiz, mazmunini chuqurror anglasangiz, masala ancha – muncha murakkab yekanligini sezish qiyin yesam. Yerkin fikr, yeng avvalo, fikrlash tarzidan, ma’naviy ruhiy ko’nikmadan yerkin xatti – harakat yesa, turmush tarzidan axloqo’iy mezonlardan kelib chiqadi. Anashuning o’zi G’arbda g’arbonalikni, Sharqda sharqonalikni taqozo yetadi.
1 Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. «Ўзбекистон» - 2001. 87.б 41
Demak demokratiyani hayotga tadbiq qilishda xalqning milliy yehtiyojlaridan kelib chiqib yondoshish kerak buladi. Aks holda demokratiya tadbirbozlik va kampaniyabozlikki aylanib qolishi mumkin, xolos 1 . Ma’lum bir mamlakatda demokratiyani joriy yetishda faqat uning o’zi aholining barcha yehtiyojlarini qondira oladimi, ma’naviy – ruhiy olamini qamraydimi? Yo’q! Chunki, har bir xalqning o’z turmush tarzi, tarixiy an’analari, hayotga munosabatlari va boshqa jixatlardan kelib chiqib, demokratiyaga yondoshish usuli bor. Anashu nuqtai nazardan qaraganda prezident islom Karimov «Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakillangan o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo’lmaydi. Ya’ni Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta – sekin taraqqiy topadi. Bu soxada inqilobiy o’zgarishlar yasashga urinishlar g’oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni g’arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning iptidoiy va yovvoyi shakli» deb ataganlar tabiiyki bunday yo’l bizga aslo to’g’ri kelmaydi» 2 , deganida demokratiyani joriy yetishning bosqichma bosqich, asta – sekinlik Bilan, odamlarning ongi va qalbi orqali amalga oshirish kabi o’zbekistona tamoyillari mavjudligini ko’rsatadi. Demak, boshqaruvda bo’lgani kabi hurriyat munosabatda ham boshqalardan andoza olish, mamlakat tub aholisi ruhiyatini hisobga olmaslik rahbarni ham, aholini ham, butun mamlakatni ham boshi berk kuchaga kiritib qo’yadi. Masalan, G’arb demokratiyasini Sharq mamlakatlarida joriy yetish mumkin yemas. Unga taqlid qilish kutilmagan fojealarga olib kelishi mumkin. Buning achchiq natijalarini Tojikiston misolida ko’rdik. Yerkinlikka otiqcha yo’l berish, davlat va boshqaruv apparatining behad bo’shashib ketishi, hokimiyat jiolvining o’z holiga tashlab qo’yilishi ming –minglab xonadonlar boshiga kulfat keltirish bilan yakunlanishini ko’rdik, ko’plab salbiy xodisalarga guvoh bo’ldik. Qolaversa, Rossiya Federasiyasidagi ahvol hammamizga saboq bo’lishi kerak. U yerda bundan qariyb ikki yuz yil burun bashorat qilib ketgan Krilovning mashhur
1 Odilqoriyev X., G’oyibnazarov Sh. Siyosiy madaniyat. – T., 2004. 99.b 2 Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3 –jild, Т., «O’zbekiston» 1996, 8 – 9 betlar. 42
«Oqqush, qisqichbaqa va cho’rtan baliq» masalidagi voqyea sodir bo’ldi. Mamlakatni har kim o’z tomoniga tortgani, davlat, hukumat va parlament o’rtasidagi, kelishmovchiliklar chuqurlashib ketganligi sababli xalq hayoti tahlikali tus oldi
1 . Mamlakatimizda vujudga kelayotgan ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, ishlab chiqishdagi uzluksiz jarayon umumxalq va umumdavlat manfaati yo’lidagi qattiqqo’llik, talabchanlik va qat’iy intizom natijasidir. Odatda yakka –yakka shaharlarning ruhiy kechinmalari, hatti – harakatlari va fe’l – atvoridan umumjamiyat kayfiyati, uning ma’naviy qiyofasi shakllanadi. Mustaqillik hayotimizga tobora chuqurroq kirib borayotgan, yangicha manaviy – siyosiy muhit shakillanayotgan bir paytda bu muhim ahamiyat kasb yetadi. Yendi har galgidan ham xushyorroq bo’lishimiz, qo’lga kiritgan buyuk nematni asray olishimiz kerak 2 .
narsa bilan chegaralanmagan so’z va fikr yerkinligi, noo’rin va beo’xshov, xalq boshiga kulfatlar keltirishi mumkin bo’lgan xatti – harakatimizni chegaralab turish zarurligini tushunmaydi. Atoqli faylasuf Andre Jid ham «yerkin fikrlash imkoniyatiga yega bo’lish uchun yeng avvalo xatti – harakatimiz og’ir oqibatlarga olib kelmasligi kafolatiga yega bo’lmog’imiz lozim», degan yedi 3 . Hurriyat – bu faqatgina yaxshi turmush kechirishga va ko’ngil tusagancha yashashga davo qilish imkoniyati yemas! Aksincha, u yerkin mehnat qilish, yaratish, bunyod yetish imkoniyati! Barcha yehtiroslaru junbushlardan holi bo’lgan aql –idrok tantanasi! Biz demokratiyani anashunday tushunishimiz, anglashimiz lozim. Anashunda u aholining iroda kuchi, iroda va tafakkuri bilan turmush tarziga, yaxshi yashash vositasiga, jamiyatni ham, inson hayotini ham yezgulik sari yo’naltiradigan qudratli kuchga, buyuk qadriyatga aylanadi. Demokratik jarayonlar va bevosita shaxsning unga tayyorlanish hodisasi birmuncha murakkab. U qatiy iroda va o’z–o’zini boshqarishni, ma’lum qonun– qoidalar doirasida yerkin faoliyat
1 Odilqoriyev X., G’oyibnazarov Sh. Siyosiy madaniyat. – T., 2004. 103.b 2 Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3 –jild, Т., «O’zbekiston» 1996, 11.b 3 Odilqoriyev X., G’oyibnazarov Sh. Siyosiy madaniyat. – T., 2004. 105.b 43
ko’rsatish va yerkin fikrlash tamoyillarini o’zlashtirishni, «demokratiya zanjiri» oatida yashashga ko’nikma hosil qilishni talab yetadi. Demokratiyaning takominlashish jarayoni, uning
umuminsoniy qadriyatlarga aylana borish xodisasi bevosita shaxs yetukligi, komillik darajasi va ma’naviy qiyofasi Bilan chambarchas bog’liq bo’lgan o’ta murakkab voqyelikdir. Ayni paytda u butun jamiyat taraqqiyotining asosiy mezonidir. Darhaqiqat, jamiyatning ma’naviy qiyofasi bevosita demokratik jarayonlarning nechog’lik chuqurlashishi va fuqarolar onglilik darajasining miqyosi bilan belgilanadi. Yoki Diana Revich ta’biri Bilan aytganda, «demokratiya bir jarayon. Mushtarak hayot va ish usuli bo’lib, qotib qolgan yemas, rivojlanayotgan xodisadir. Demokratiya barcha fuqarolar orasida hamkorlik, kelishuv va o’zaro munosabatlarda chidamli bo’lishni taqazzo yetadi. Bunga rioya yetish oson yemas. Yerkinlik burchdan ozod yetilish yemas, aynan burch degani» 1 . Demokratiyani anglash – shaxsning hamma uchun birday zarur bo’lgan qonunlarga to’la rioya yetish, aniq tartib – intizomga tayanib yashash salohiyati. Demokratiya bizga inson haq – huquqlarini himoya qiladigan umumxalq va umumdavlat manfaatlarini asraydigan barcha qonunlarga bo’ysunib yashashni o’rgatadi 2 . Qolaversa, har bir halqning fikrlash darajasi vaqyea va hodisalarga munosabati, uni baholash tarzi, o’zining tarixiy kelib chiqishi, qadimiy an’analar asosida shakllangan turmush tarzi va tabiati bilan belgilanadi. Sharq demokratiyasi yesa aksincha – andishachilik, G’arbda ota – onasini sensirash, Sharqda yesa o’zidan kattalarga, oqsoqolga hurmat bilan qarash, aql bilan ish tutish an’analari mavjud. Umuman, hayot tarzi, an’analari hamma vaqt har bir mamlakat xalqlarning xul – atvorini shakllantiradi, xatti – harakatini, voqyealarga munosabatini odatga, fe’l – atvorga aylantiradi. Demak zarurat tug’ilganida, yuqorida aytganimizdek, Mag’ribdagi voqyeani Mashriqqa ko’chirish, Mashriqdagi holatni Mag’ribda zo’rlab amlga oshirish mumkin yemas.
1 Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 1-tom. – T. 1998. 88.b 2 Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 1-tom. – T. 1998. 90.b 44
Anashundan kelib chiqib mamlakatimizda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatib, aytish mumkinki, o’z milliy davlatchilik tajribalarimiz va an’analarimizga tayanib har qanday sharoitda ham og’ir vazminlik va aqil - idrok bilan ish tutish demokratiyani joriy dtishning «o’zbek modeli»dir 1 .
va ma’naviy – ruhiy dunyosi orqali tabiiy ravishda chuqurlashayotgani uning tom ma’nodagi siyosiy madaniyatini, sog’lom va go’zal ma’naviy qiyofasini balgilaydi. Bu asta – sekinlik Bilan turmush tarzimizga aylanib borayotgan noyob qadriyat, shuurimizga o’rnashib qolayotgandek oliy haqiqatdir. Jamiyatning siyosiy tizimi, undagi demokratik jarayonlar fuqarolarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati darajasi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Sobiq totalitar tuzum inqirozidan so’ng ko’pgina mamlakatlarda o’tish davri bilan bog’liq bo’lgan, siyosiy sohadagi bir qator ziddiyatlar vujudga keldi. Siyosat va huquq bilan bog’liq bo’lgan qarorlariing qabul qilinishi bilan ularning bajarilishi o’rtasida katta uzilish mavjudligi yaqqol ko’rinib qoldi. Qabul qiliigan qarorlar bajarilmasligining sababi oxir-oqibat huquqiy mexanizmning ishlab chiqilmaganligida yemas, balki
siyosiy-huquqiy ijro
madaniyatining yetishmasligida hamdir 2 .
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim vositalaridan biri jamiyatda, yonatrofda kechayotgan voqyea va hodisalarga fuqarolarning munosabati qay darajada yekanligi bilan ham belgilanadi. Fuqaro - jamiyat, yeng avvalo o’z hayotiga daxldor bo’lgan nimaiki bo’lsa, unga ongli munosabatda bo’lmog’i lozim. Ongli munosabat - avvalo, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtiroki demakdir. Ma’lumki, keyingi paytda qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan tayyorlanayotgan qonunlarning aksariyati xalqimiz fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda
qabul qilinmoqda. Demokratik saylov
tizimini yanada
1 I.A.Karimov Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3 –jild, Т., «O’zbekiston» 1996, 21 b 2 Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 1-tom. – T. 1998. 92.b 45
takomillashtirish, uning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyatiga nisbatan munosabat fukarolarimizning xukuqiy bilimi, madaniyati oshgani sayin yanada teran mohiyat kasb yeta boshlaydi. O’zbekiston jamiyatida hali fuqarolarning siyosiy madaniyati va siyosiy faolligi demokratik tamoyillar darajasida yemasligi ko’rinadi. Bu hakda Islom Karimov «Aholimizning siyosiy faolligi hali zamon talablari darajasida yemasligini, hamon sust yekanini kayta-qayta aytishga to’g’ri kelmoqda... Barcha muhim qarorlar yuqoridan qabul qilinib, bizlarni bor-yo’g’i itoatgo’y ijrochilarga, ba’zan o’ylanmay qabul qilingan qarorlar qurboniga aylantirgan ma’muriy- buyruqbozlik, mustabid tuzum illatlaridan judo bo’lishimiz qiyin kechayapti», — deb ko’rsatadi. Bunday ahvolga barham berishning muhim yo’li va vositalari sifatida kuyidagi vazifalar ko’rsatib o’tildi. Avvalo, «Siyosiy madaniyatni yuksaltirish kerak. Odamlar hokimiyat qarorlari qanday qabul qilinishini, ularning ijrosi qanday nazorat qilinayotganini bilishlari, bu qarorlarni tayyorlash va amalga oshirishda faol ishtirok yetishlari zarur. Boshqacha aytganda, hokimiyat markazda va joylarda saylangan hokimiyat o’z taqdirini qay tarzda hal yetayotgani, ularning istiqbolini qay tarzda belgilayotganidan xabardor bo’lib turishi kerak 1 ». Albatta, oddiy odamlar va ijtimoiy guruhlar siyosiy jarayonga bir xilda kirisha olmaydilar. Ularning ba’zilari siyosatga befarq qaraydilar, boshqalari faqat ba’zi paytlarda siyosiy jarayonda ishtirok yetadilar, uchinchilari yesa siyosiy kurashga ortiqcha intiladilar. Umuman, siyosiy hayotda ishtirok yetish faolligi darajalarini quyidagi guruhlarga bo’lib, taqqoslash mumkin; siyosatda ishtirok yetmaydigan fuqarolar, saylovlarda ovoz beruvchilar, siyosiy partiyalar va boshqa siyosiy tashkilotlar faoliyatida ishtirok yetuvchilar, mansab izlovchilar va siyosiy yetakchilar. Ushbu muammolar hozirda demokratikjamiyat yaratish yo’lida jiddiy g’ov bo’lmoqda. Prezident I.A.Karimov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining 2003 yil 4 mayda Toshkentda o’tkazilgan XII yillik majlisidagi nutqida «...olg’a harakatlanishimizdagi asosiy to’siq-bu islohotlarni
1
Karimov I.A. Vatan ozodligi-oliy saodat. T.8. T. O’zbеkiston, 2000y. 46
amalga oshirishdagi yarim-yortilik, ya’ni boshlangan o’zgarishlarni mantiqiy nihoyasiga yetkazmasligimizdir. Bu- konservatizm, ongimizga o’rnashib qolgan yeskicha fikrlash asoratlari, to’rachilik, kadrlarning tayyor yemasligi, ularda tajriba va bilim yetishmasligidir» 1 —deb ta’kidladi. Biz yaqin o’tmishda siyosiy madaniyatning totalitar turini boshimizdan o’tkazdik. Turli ijtimoiy guruhlarning o’ziga xos maqsad va manfaatlarini ochiq namoyon qilishga yo’l qo’ymaslik, ularning siyosiy hayotdagi tanlash imkoniyatlarini chegaralash, har qanday muqobillikni inkor qilish, bitta mulkchilik turi, bitta partiya, bir o’ringa bitta nomzod kabi cheklashlar haligacha xotiramizda. Shuning uchun siyosiy madaniyatni shakllantirish oson kechayotgani yo’q. Siyosiy madaniyatni yanada yuksaltirish uchun kuyidagi muhim shart- sharoitlarni yaratish talab yetiladi: - iqtisodiy va ijtimoiy hayot sohasida: mulkchilikning turli shakllari, yeng alvvalo xususiy mulkchilik paydo bo’lishi, xo’jalik yuritish turli usullarining amal qilishi, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning mustaqil subyektlari kabi boshqa omillar bilan bir qatorda siyosiy faollik, turli-tumanlik uchun shart-sharoit hozirlash; - jamiyat o’z ijtimoiy tuzilmasi va turli manfaatlari bo’yicha qanchalik rang- barang bo’lsa, demokratik siyosiy madaniyat tizimi shakllanishi uchun ham shunchalik keng zamin paydo bo’ladi; - fuqarolik jamiyati rivojlanishining ustuvorligini ta’minlash sohasida: fuqarolik jamiyati siyosiy institutlarni shakllantiradi, davlatga o’zi zarur deb hisoblagan me’yorlardagi vakolatlarni beradi. Davlat hokimiyatini taqsimlash asosan saylovlar vositasida amalga oshadi. Hyech kimga va hyech bir guruhga bu hokimiyatni na amalda, na huquqiy jihatdan o’z monopoliyasiga aylantirishga yo’l qo’yilmaydi; - asosiy guruh va ularning vakillari bo’lgan siyosiy partiyalar hamda harakatlar o’rtasida ijtimoiy rivojlanishning asosiy qadriyatlari ideallari va maqsadlariga nisbatan aniq kelishuvchanlikning mavjud bo’lishi ;
1 Karimov I.A. Boshqaruvchilar kеngashining XII yillik majlisidagi nutq //Xalq so’zi, 2003y. 5may. 47
- ham huquqii jihatdan, ham amalda shaxs yerkinligining ta’minlanganligi ; 1 Bunday siyosiy madaniyat sharoitida partiyalar va hokimiyatdagi mansabdor shaxslarning doimiy almashib turishi odatdagi va zaruriy hol bo’lib qoladi. Bundan tashqari siyosiy madaniyat demokratik tamoyillar va barqaror, mustahkam ko’rsatmalarning mavjudligini, shakllangan amaliy demokratik qoidalar va an’analarning hayotda amal qilishini, qarashlar plyuralizmining zaruriyligi va muqarrarligini, turlicha fikrlash va turlicha fikrlovchilarga nisbatan chidamlilikni tan oladi. Mamlakatimizda siyosiy islohotlarning muhim ahamiyati shundaki, hozirda xalq ommasining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular siyosiy madaniyatini yuksaltirish, demokratiyaning yeng muhim tamoyillarini hayotga tatbiq yetish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Davlatimiz rahbari fuqarolarning siyosiy qaror qabul qilishdagi ishtirokiga alohida ahamiyat bermoqda. Yendilikda fuqarolar o’zlarining siyosiy iroda va manfaatlarini ifodalaydigan jamoat tashkilotlari faoliyati vositasida yoki bevosita siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok yetishlari zarur. Ushbu yo’nalishda ommaviy axborot vositalarining umumxalq fikrini ifodalashi, siyosiy madaniyat va siyosiy faollikni kuchaytirishdagi roliga ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasidagi ma’ruzasida Islom Karimov alohida ye’tibor qaratdi. «Axborot sohasini jadal rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari - matbuot, radio, televideniye faoliyatini yerkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo yetish jarayonining uzviy tarkibiy qismiga aylanishi zarur» — deyildi. Islom Karimovning ushbu ma’ruzasida fuqarolik institutlarini shakllantirish masalalari ham diqqat markazida bo’ldi. «Bu masalani yechishda birinchi galda mamlakatimizdagi mavjud siyosiy partiya va harakatlar hozirgi zaif va mo’rt holatdan chiqib, o’z faoliyatini jonlantirishi, taraqqiy topgan demokratik davlatlar tajribasi asosida yurtimizda haqiqiy ko’ppartiyaviylik, demokratik parlameitarizm tizimi, ijobiy siyosiy raqobat muhitini qaror toptirishga va jamiyatimiz siyosiy
1 Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 1-tom. – T. 1998. 93.b 48
maydonida tan olingan siyosiy oppozisiya bo’lishiga hissa qo’shishi lozim» 1 , deb ko’rsatildi. I.Karimovning XIV sessiyadagi ma’ruzasida 44 davlat boshqaruv tizimida hozirgacha uchrab turgan to’rachilik, o’z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarash, poraga sotilish kabi salbiy holatlar mavjudligi, ushbu muammolarni yechish va davlat boshqaruvtizimini takomillashtirib borish uchun quyidagi masalalarga ye’tibor berish lozimligi ko’rsatiladi. - birinchidan, davlat boshqaruv tizimining o’zini rivojlangan va demokratik mamlakatlar namunasi asosida takomillashtirish; - ikkinchidan, kadrlar masalasini hal yetish. Boshqlruvtizimining asosiy, hal qiluvchi joylarida zamonaviy fikr yuritadigan, o’z xalqi, o’z Vatani manfaatlariga g’oyat sadoqatli, yuqori malakali kadrlar ishlashi lozim ;
- uchinchidan, ijroiya hokimiyati ustidan jamoatchilik, avvalo saylab qo’yiladigan hamda vakolatli organlar nazoratini, boshqacha aytganda, zarur vakolat berilgan xalq deputatlari amalga oshiradigan nazoratni butun choralar bilan kuchaytirish lozim ;
hisobot berishlari zarur ; 2 Ma’ruzada davlat tasarrufida qolishi kerak bo’lgan asosiy vazifalar sifatida: konstitusiyaviy tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquqlarini, iqtisodiy faoliyat yerkinligini himoya qilish, samarali tashqi siyosat o’tkazish, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo’jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo’yicha qarorlar qabul qilish, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, yekologiya masalalari, umum Respublika transport va muhandislik kommunikasiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo yetish kabilar ko’rsatildi.
1
shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. Xalq so’zi, 30-avgust 2002y. 2 Karimov I.A O’zbеkiston XXI asarga intilmoqda. T 7., Toshkеnt O’zbеkiston, 1999y bеtlar. 3 Odilqoriyev X., G’oyibnazarov Sh. Siyosiy madaniyat. – T., 2004. 93.b 49
Iqtisodiy sohada yerkinlashtirish qator sohalarda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish orqali amalga oshirildi. Chunki ijtimoiy sohada yerkinlashtirish jarayonlarini keng qamrovli olib borish uchun iqtisodiy asos yaratish lozim yedi. O’rta va kichik mulkdorlar sinfini shakllantirish ana shunday tayani vazifasini bajardi. Bu ijtimoiy hayotni yerkinlashtirishni mamlakat rahbariyati, xususan Prezident I.Karimov tomonidan juda puxta o’ylab tuzilgan reja asosida amalga oshirish natijasi yedi. MDHga a’zo ba’zi mamlakatlarda sho’ro tuzumi qulagandan keyingi dast-labki yillardayoq ham iqtisodiy, ham siyosiy sohada yerkinlashtirishni bir vaqtning o’zida va qisqa muddatda amalga oshirish to’g’risida jar solindi. Bunday jar solishning maqsadi soxta obro’ orttirish yedi. Mohiyat jihatdan yesa bunday urinishni aravani otning oldiga o’tkazib qo’yish bilan qiyoslash mumkin. Chunki jamiyatda iqtisodiy tayanch va huquqiy asos yaratilmas yekan, yerkinlashtirishni amalga oshirish mumkin yemas. Bizning mamlakatimizda yerkinlashtirish uchun iqtisodiy poydevorni yara-tish bilan birga huquqiy asos ham yaratib borildi. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida qator qonunlarning qabul qilinishi xuddi shu maqsadni ko’zlab amalga oshirilgan yedi. 1
Yerkinlashtirish uchun iqtisodiy va huquqiy baza yaratilgandan keyin mamlakatimizda ijtimoiy hayotni yerkinlashtirish respublika siyosiy hayotidagi asosyy yo’nalish qilib belgilandi. Yendi bu yo’nalishda keng qamrovli ishlar amalga oshirila boshladi. Bu borada Oliy Majlisning XIV sessiyasi va unda Prezident I.Karimovning «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli ma’ruzasi yangi davr ochdi. Bu ma’ruzada yerkinlashtirish mamlakatning bundan keyingi taraqqiyotida asosiy yo’nalish yekani ta’kidlanishi bilan birga u qaysi yo’l bilan amalga oshirilishi ham ko’rsatib berildi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida siyosiy islohotlar to’g’risida gapirar yekan, Prezident yerkinlashtirishni birinchi galdagi vazifa sifatida belgiladi. Bu boradagi muhim masalalar ichida mamlakatimiz siyosiy
1 Odilqoriyev X., G’oyibnazarov Sh. Siyosiy madaniyat. – T., 2004. 95.b 50
hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini, davlat boshqaruvini yerkinlashtirish masalalariga alohida ye’tibor berish zarurligini ta’kidladi. Davlat boshqaruvini yerkinlashtirish choralari sifatida I.Karimov tomonidan davlat
organlarining funksiyalarini fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga va hukumatga qarashli bo’lmagan jamoat tashkilotlariga berish masalasi ko’rsatildi. Bu masalaning naqadar muhimligini shundan ham bilsa bo’ladiki, inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish, demokratiya kabi umuminsoniy qadriyatlarni ijtimoiy hayotni yerkinlashtirishsiz tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Shuning o’zi ham yerkinlashtirish mamlakatning bundan keyingi taraqqiyoti uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb yetishini ko’rsatadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling