Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi
Yong’in xavfsizligi choralari
Download 1.72 Mb.
|
di3-2
Yong’in xavfsizligi choralari.
Yong’in nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish jarayoni bo‘lib, yonuvchan moddalar va issiqlik energiyasi manbalari saqlanayotgan joylarda yuz berishi mumkin. Qattiq yonuvchi moddalar (ko‘mir, yog‘och, qog‘oz), suyuqliklar (neft, kerosin, benzin, benzol) va gazlar (vodorod, metan, propan va hokazo) yonuvchan bo‘lishi mumkin. Elektr mashina va apparatlarda uchqun chiqishi yoki elektr yoy paydo bo‘lishi, o‘ta yuklanish toklari ta’sirida simlarning izolyatsiyasi alangalanish temperaturasigacha qizishi, simlarning ulangan joylarining kontaktdagi katta o‘tish qarshiligi hisobiga qizishi, gaz alangasida payvandlash va boshqa ishlarda o‘tdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, ba’zi materiallarning o‘z-o‘zidan yonib ketishi va boshqa sabablar tufayli yong‘in chiqishi mumkin. Muassasalardagi xonalar, omborlar va ochiq ustanovkalarda yong‘inni o‘chiradigan vositalar ko‘zda tutiladi. Yong‘inni o‘chirish uchun suv, suv bug‘i va maxsus kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Suv – eng arzon va keng tarqalgan vosita, ammo u benzin, benzol, kerosin va boshqa oson alangalanadigan, zichligi kichik suyuqliklarni, shuningdek suv bilan qo‘shilganda o‘zidan yonuvchan modda ajratadigan kalsiy karbid yoki selitra kabi moddalarni o‘chirishga yaramaydi. Kuchlanish ta’sirida bo‘lgan ustanovkalarni ham suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Suv bug‘i yopiq xonalarda chiqqan yong‘inni o‘chirishda ishlatiladi. U bo‘shlikni to‘ldirib bu yerdagi kislorod miqdorini kamaytiradi va yonayotgan moddaning temperaturasini pasaytiradi. Undan elektr mashinalarning chulg‘amlari hamda har xil qattiq va suyuq moddalarni o‘chirish uchun foydalaniladi. Yonayotgan elektr ustanovkalarni o‘chirayotganda, uni tarmoqdan uzib qo‘yish yuzasidan shoshilinch choralar ko‘riladi. Yong‘in o‘chirilgach, ishga tushirishdan oldin ustanovkani tozalash va ahvolini tekshirish zarur. Samarali o‘chirish vositalaridan foydalanilganda ham yong‘in katta zarar yetkazadi. Yong‘inning oldini olish xalq boyligini saqlab qolishga yordam beradi. Bu ish asosan muassasada yong‘inga qarshi rejimga qat’iy amal qilinishidan iborat. Muassasa xonalarida tozalik va tartibga rioya qilinishi, ularda keraksiz narsalar saqlanmasligi kerak. Materiallar chiqindilari, latta-puttalar, qirindi, qipiq muntazam ravishda maxsus ajratilgan joyga chiqarib tashlanishi lozim. Artish uchun ishlatilgan materiallar (lattalar) qopqoqli metall yashiklarda saqlanishi lozim, chunki ular o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin. Ularni tashqariga chiqarib, yoqib tashlash yoki tuproq bilan ko‘mib yuborish zarur. Yong’in jihatidan xavfli oson alangalanuvchan va yonuvchan suyuqliklarni ish o‘rnida bir marta ishlatishga yetadiganidan ortiq miqdorda saqlash qat’iy man etiladi. Kimyoviy o‘t o‘chirish vositalaridan eng ko‘p qo‘llaniladigani uglerod dioksid (CO2) dir. Bu modda tez bug‘lanib, qorsimon modda hosil qiladi va yonayotgan moddani sovutadi hamda kislorod miqdorini kamaytiradi. Elektr o‘tkazuvchanligi kichikligi tufayli CO2 dan kuchlanish ta’sirida bo‘lgan, yonayotgan elektr ustanovkalarni o‘chirishda foydalanish mumkin. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling