Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi


I.Bino va inshoatlarning yonginga mustaxkamligi


Download 1.72 Mb.
bet17/18
Sana09.05.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1449668
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
di3-2

I.Bino va inshoatlarning yonginga mustaxkamligi.
Yong‘inga mustahkamlik deb – binolarning konstruktiv qismlarining yonish sharoitida o‘zining mustahkamligini saqlab qolish xususiyatiga aytiladi. Yong‘inga mustahkamlik materiallarga bog‘liq. Yonish xavfiga qarab materiallar 3 guruhga bo‘linadi:
1 - guruh yonmaydigan;
2 - guruh qiyin yonadigan;
3 - guruh yonuvchi materiallar.
II. Yong’inga qarshi devor va oraliqlar.
Elektr stansiyalarning binolari portlash yong‘in paytida olovning tarqalishini cheklash hamda ularning talofatini kamaytirish yo‘llarini o‘ylagan holda quriladi. Shuning uchun yonmaydigan materiallardan devorlar urnatiladi(branmauerlar). Brandmauerlar yonuvchi tom ustida 60 sm dan kam yonmaydigan tom ustida 30 sm dan kam bo‘lmagan balandlikda quriladi.
To‘siqlar deraza elementlari va sexdagi boshqa konstruksiyalar yengil olib tashlanadigan qilib tayyorlanadi. Bundan maqsad portlashdagi kuchli to‘lqin tashqariga chiqib ketishi kerak. Oynavandli joylar boshka binolarga qaraganda ko’prok bo’ladi. Issiq sexlardagi yer (pol) tekis sirpanmaydigan, qattiq, mustahkam, yonmaydigan materialdan qilinadi. Ular hamisha quruq, toza bo’lishi kerak. Agarda moy tomsa yoki to’kilsa, tezda quruq holatga kelgunga qadar artiladi.
Yong’inga qarshi oraliqlar - sexlar orasi, sex va omborxona orasi, har xil omborxona oralig’i qanchalik keng bo’lsa, shunchalik yong’inning tarqalishi kam bo’ladi. Elektr stansiya sexlari bilan taqsimlash qurilmalari oraligi 16 metrdan 30 metrgacha bo’ladi. Transformatorlarni ochiq o’rnatish mumkin emas. Agarda sexlarda yong’in chiqsa, odamlarni tezda chiqarish uchun eshiklar, derazalar va yo’laklar mo’ljallab quriladi. Sexdan chiqish joyigacha bo’lgan masofa 30 metrdan ko’p bo’lmasligi kerak. Chiqish joyi esa 2 tadan kam bo’lmasligi kerak. Xona eshiklari tashqariga ochiladigan bo’ladi.


III. Ochiq taqsimlash punktlarida yong‘inga qarshi tadbirlar.
Moy to‘ldirilgan elektr qurilmalarda (transformatorlar, vklyuchatellar va reaktorlarda) ko‘p miqdorda moy bo‘ladi. Agarda yong‘in bo‘lsa, uni tezda to‘g‘ridan-to‘g‘ri to’kiladi.
Buning uchun har bir moy to’ldirilgan apparat ostida 0,25 m qalinlikda shag’al bilan ko’mib qo’yilgan berk joy bo’ladi. Transformatorlar va reaktorlardagi yong’inni o’chirish uchun suv bilan o’chiruvchi avtomatika qurilmalar jihozlangan. Ular transformator o’chirilganda va himoyalanish ishlaganda ishga tushadilar.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling