Bitiruv malakaviy
Download 194.7 Kb.
|
Bmi tayyor. G\'offorova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi usul.
Qizil rang tayyorlash
Qadimda turk qabilalarining mato va naqshlarida qizil rang ko‘p qo‘llanilgan. Bu bir tomondan, qizil rang beruvchi vositalarning serobligi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, o‘sha paytda turk xalqlarining hayot tarzi va ruhiyatida qizil rang jo‘shqinlik va quvvatni ifodalovchi asosiy ramzlardan biri hisoblangan. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ro‘yan – (Rubia tinctorum) qizil rang beruvchi o‘simlik sanalib, mamlakatimizda ham u juda keng tarqalgan. Ro‘yan. Markaziy Osiyo hududida tabiiy holda o‘sadigan o‘simlik. U O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ko‘p uchraydi. Ro‘yan hosildor, sersuv va quyosh nuri yaxshi tushadigan yerlarda urug‘idan ko‘payadi. Ro‘yanni ekib ko‘paytirishga erta bahorda kirishgan ma’qul. Ro‘yan ko‘chati qishning so‘nggi kunlarida 4 sm chuqurlikka ekiladi. O‘z-o‘zicha o‘saveradi, ortiqcha e’tibor talab qilmaydi. Har uch yilda kuz yoki baxorda o‘simlik tomirlari qazib olinadi. Pishgan urug‘i keyingi mavsumda ekish uchun saqlanadi. Qazib olingan tomirlar tuproqdan tozalanib, sariq yoki jigarrang ildizchalari kesib tashlanadi. Keyin mayda bo‘lakchalargabo‘linib, yoyilgan holatda bo‘yoqqa ishlatilsa, quyuq rang chiqadi. Quritilgan ro‘yan tomirlari qog‘oz qoplarda salqin quruq joylarda saqlanadi. Ro‘yandan qizilga yaqinroq to‘q sariq tusli – zarg‘aldoq rang olinadi. Asosan ro‘yanning o‘zidan yoki mozi o‘imligi aralashtirib olinadigan qizil rang gilamdo‘zlik va kashtachilikda qo‘llaniladi. Bo‘yash. 1 kg ipak yoki junni ranglashda hovonchada yanchilgan 700 gramm ro‘yan misqozonga 15 litr suvga bir kun avval solib ivitib qo‘yiladi. Ivigan ro‘yandan to‘liq va yorqin rang ajralib chiqadi. Ertasiga qozon asta-sekin qizdiriladi. Harorat +35,+40 S darajaga yetganda, qozonga achchiqtoshda pishirilgan ipak yoki jun o‘ramlar solinadi. Keyin haroratni +60,+70 S darajaga yetkazish kerak. Past olovda ikki soatcha qizdirilgandan keyin, olov o‘chiriladi. Shu holatda ertalabgacha qoldiriladi. So‘ngra ikki kishi maxsus tayoqchalar bilan silkitib qoqadi. Ranglangan ipak yoki jun o‘ramlar 7-10 kungacha soya joyda yoki qorong‘i xonada quritiladi. So‘ngra quritilgan ipak yoki jun o‘ramlar 3-4 marotaba yaxshilab toza suvda shampun yoki sovun bilan yuviladi. Paxta yoki zig‘ir tolasidan tayyorlangan iplar bo‘yalganda, 800 gramm ro‘yan ishlatiladi hamda yuqoridagi tartibda bo‘yaladi. Suvning haroratini +75,+80 S darajaga olib chiqish talab etiladi. Ro‘yanga qo‘shiladigan qo‘shimchalar. Mozi. Chiroyli yorqin qizil rang olish uchun ro‘yanga javzu-mavzu solish kerak. Javzu-mavzu yoki mozi o‘zi nima? Mozi moʻtadil va tropik iqlimli mamlakatlarning tog‘li joylarida tarqalgan, uzoq yashaydigan bo‘yi 60 sm.gacha yetadigan butasimon o‘simlik. Tabiiy sharoitda o‘sganda, mevasi yilning turli vaqtida teriladi. Uning bargidan, novdasidan jigarrang va kulrang tus beruvchi vositalar olish mumkin. Bo‘yoqchilar mozidan rangni kuchaytirish mo‘tkazilgan 250-300 gramm ro‘yan, 100 gramm mozi olinib, alohida-alohida 3 litrli shisha bankalarga bir kun avval ivitib qo‘yiladi. Mis qozon yoki sirli idishga 10 litr suv quyilib, tagiga olov yoqiladi. Keyin shisha idishlardagi ivitilgan ro‘yan va mozi solinadi. Suvning issiqlik darajasi 35-40 darajaga yetganida, achchiqtosh qaynatmasida pishirilgan ipak yoki junli ip o‘ramlari solinadi. O‘ramlar 70-75 daraja haroratda bir soat davomida ranglanadi. Vaqti-vaqti bilan qozon maxsus tayoqchalarda kavlab turiladi. So‘ngra qozon yoki sirli idish tagidagi olov o‘chiriladi.Ipak yoki jun iplar bir kecha qozonda ertalabga qadar qoldiriladi. Keyin siqib olinib, qoqib bir hafta soya joyda quritiladi. Qurigan ipak yoki juniplar 3-4 marta yaxshilab toza suvda shampun yoki sovun bilan chayiladi. Paxta yoki zig‘ir tolali iplarni bo‘yashda 500 gramm ro‘yan va 150 gramm mozi yuqoridagi tartibda bo‘yaladi. Suvning harorati 80-85 darajaga olib chiqiladi. Koshinel. Bo‘yoqlash uchun qo‘shimcha unsurlardan yana biri koshinel onachalaridir. Qadimgi Turkiston hunarmandlari qizil rang olish uchun koshineldan keng foydalanganlar. Koshinel quritilgan mayda hasharot (qo‘ng‘iz) bo‘lib, uning ilmiy nomi – Dactylopious coccus. Hasharotdan bo‘yoq olish usuli miloddan avvalgi I asrdayoq Janubiy va Shimoliy Amerika xalqlariga ma’lum bo‘lgan. XVI asrda Amerika qit’asidan Yevropaga kirib kelgan. Undan to‘q qizil yoki pushti rang olish mumkin. Rang hasharotning urg‘ochisidan olinadi. Hozirda koshinel Janubiy Amerika mamlakatlari, Kanar orollari va Shimoliy-Gʻarbiy Afrikaning sohillarida o‘sadigan noksimon kaktuslar tikonidan terib olinadi. Ularni yetishtirishga moslashtirilgan maxsus fermalar ham mavjud. Hasharotni yetishtirish va yig‘ib olish murakkab jarayondir. Qadimda “Buyuk ipak yo‘li” orqali olib kelingan bo‘lsa,hozirda bo‘yoqchilar Peru, Amerika va Turkiyadan maxsus buyurtma orqali xarid qilishlari mumkin.aqsadida foydalanishadi. Uning o‘zidan rang olinmaydi. Asosan, Pokistondan keltiriladi.Bozorlardan kilolab sotib olish mumkin. Bo‘yash. 1 kg ipak yoki junni ranglash uchun hovonchada yanchilib, elakdano‘tkazilgan 250-300 gramm ro‘yan, 100 gramm mozi olinib, alohida-alohida 3 litrli shisha bankalarga bir kun avval ivitib qo‘yiladi. Mis qozon yoki sirli idishga 10 litr suv quyilib, tagiga olov yoqiladi. Keyin shisha idishlardagi ivitilgan ro‘yan va mozi solinadi. Suvning issiqlik darajasi 35-40 darajaga yetganida, achchiqtosh qaynatmasida pishirilgan ipak yoki junli ip o‘ramlari solinadi. O‘ramlar 70-75 daraja haroratda bir soat davomida ranglanadi. Vaqti-vaqti bilan qozon maxsus tayoqchalarda kavlab turiladi. So‘ngra qozon yoki sirli idish tagidagi olov o‘chiriladi. Ipak yoki jun iplar bir kecha qozonda ertalabga qadar qoldiriladi. Keyin siqib olinib, qoqib bir hafta soya joyda quritiladi. Qurigan ipak yoki jun iplar 3-4 marta yaxshilab toza suvda shampun yoki sovun bilan chayiladi. Paxta yoki zig‘ir tolali iplarni bo‘yashda 500 gramm ro‘yan va 150 gramm mozi yuqoridagi tartibda bo‘yaladi. Suvning harorati 80-85 darajaga olib chiqiladi. Koshinel. Bo‘yoqlash uchun qo‘shimcha unsurlardan yana biri koshinel donachalaridir. Qadimgi Turkiston hunarmandlari qizil rang olish uchun koshineldan keng foydalanganlar. Koshinel quritilgan mayda hasharot (qo‘ng‘iz) bo‘lib, uning ilmiy nomi – Dactylopious coccus. Hasharotdan bo‘yoqolish usuli miloddan avvalgi I asrdayoq Janubiy va Shimoliy Amerika xalqlariga ma’lum bo‘lgan. XVI asrda Amerika qit’asidan Yevropaga kirib kelgan. Undan to‘q qizil yoki pushti rang olish mumkin. Rang hasharotning urg‘ochisidan olinadi. Hozirda koshinel Janubiy Amerika mamlakatlari, Kanar orollari va Shimoliy-Gʻarbiy Afrikaning sohillarida o‘sadigan noksimon kaktuslar tikonidan terib olinadi. Ularni yetishtirishga moslashtirilgan maxsus fermalar ham mavjud. Hasharotni yetishtirish va yig‘ib olish murakkab jarayondir. Qadimda “Buyuk ipak yo‘li” orqali olib kelingan bo‘lsa, hozirda bo‘yoqchilar Peru, Amerika va Turkiyadan maxsus buyurtma orqali xarid qilishlari mumkin. Juda ham qimmat xomashyo bo‘lgani uchun koshinelda bo‘yash xarajati qimmat turadi. Bo‘yash. Birinchi usul. 1 kg ipak uchun 50 gramm koshinel donachalari tarozida tortib olinib, kukun holiga kelguncha maydalanadi. Kichikroq idishga 3 litr suv solib yaxshilab qaynatiladi. Qaynatish jarayoni suyuqlik 1 litrga kamaygunga qadar davom ettiriladi. So‘ngra olov o‘chirilib kattaroq idishga suzib olinadi. Suzishda to‘planib qolgan quyuq eritma yanakichikroq idishda 3 litr suvda qaynatiladi. Yana bir litri parlanib ketgach suziladi. Jarayon qayta-qayta takrorlanadi. Beshinchi qaynatishda quyuq eritmadan rang chiqishi kamayadi yoki oltinchi qaynatishda qolgan quyqa tashlab yuboriladi. So‘ngra katta idishga to‘plangan koshinel eritmasi olovga qo‘yilib, qaynagunga qadar kutiladi. Yuqorida qayd etilgan uslublarda qaynatish usuli kam tavsiya qilingan bo‘lsa, koshinelda bo‘yashda, albatta qaynatish zarur. Koshinel qaynab bo‘lgandan keyin, albatta achchiqtoshda pishirilgan ipak yoki jun solinadi. Uzoq qaynatish zarar qilmaydi. Vaqti-vaqti bilan maxsus tayoqchalarda kavlab turiladi. Ikki soatcha qaynaganidan so‘ng suvda rang qolmaydi. Olov o‘chirilib, ertasiga mahsulot idishdan olinib chayiladi. Ikkinchi usul. Hovonchada yanchilib, elakdan o‘tkazilgan 250 gramm ro‘yan va 50gramm koshinel donachalari alohida, 100 gramm mozi alohida uch litrli shisha bankaga solinib, bir kun avval ivitib qo‘yiladi. Ertasiga mis qozon yoki sirli idishga 10 litr suv quyib, tagiga olov yoqiladi. Suvning issiqlik darajasi 30-35 ga yetganda, achchiqtosh qaynatmasida ivitilgan ipak yokijun iplar qozonga solinadi. 40 daqiqa davomida 70-75 daraja issiqlikda ushlab turiladi. Keyin olov o‘chirilib, ertalabgacha qozondasaqlanadi. Ertalab yuqoridagi uslublar kabi bir hafta soya joyda yoki qorong‘ida quritilib, shampun yoki sovunda 3-4 marta chayqaladi. Paxta ipi yoki zig‘ir tolasi uchun 450 gramm ro‘yan, 50 gramm koshinel donachalari va 150 gramm mozidan foydalanilgan holda, yuqoridagi tartibda, 75-80 daraja issiq haroratda bo‘yaladi. Uchinchi usul. 50 gramm koshinel donachalari kofe maydalagichda maydalanadi, mozi ham shu miqdorda (50 gramm) maydalanib, ikkalasi aralashtirilib 50 litrli idishga 20 litr suv quyib, bir kun avval ivitib qo‘yiladi. Ertasiga idishning tagiga olov yoqilib, 1,5 soat davomida 80 S daraja issiqlikda ushlab turamiz. So‘ng 1 kg miqdordagi ipakni qozonga 1 soatga solib qo‘yamiz. So‘ngra olov o‘chirilib ertagacha qoldiriladi. Ertasiga ipaklar siqib olinib chayqaladi. Lak. Lak, qo‘ng‘izchalardan farqli o‘laroq, kanasimon hasharotdir. Uning Kerria lacca turi keng tarqalgan. Koshinel kaktus tanasida ko‘paysa, lak Kusum va boshqa daraxt tanasiga tuxum qo‘yish orqali ko‘payadi va daraxt tanasidan oziqlanadi. Bu hasharotni yetishtirish Hindiston, Bangladesh, Vyetnam, Tailand, Xitoy va Meksikada keng tarqalgan. Agar koshinel yetishtirish bo‘yicha jahonda Peru yetakchilik qilsa, lakni butun dunyoga, asosan Hindiston yetkazib beradi. Qadimda Sharqiy Osiyo xalqlari tabobatida lak jigar kasalliklari va semirishga qarshi vosita sifatida qo‘llanilgan. Hindistonda buyoqchilik va kosmetika sohasida, Xitoyda esa teri sanoatida beqiyos ahamiyat kasb etgan. To‘qimachilikda uning o‘rnini sintetik ranglar egallagan bo‘lishiga qaramay, oziq-ovqat, medisina va kosmetika sanoatida undan foydalanish bugungi kunda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mebel va boshqa yog‘och buyumlarni pardozlashda ishlatiladigan lak ham shundan olingan. Shu kunga qadar undan pardozlashda samarali qo‘llanilmoqda. U to‘qimachilikda tabiiy qirmizi, pushti va boshqa qizil rang palitralarini olishda koshinel o‘rnini bemalol bosa oluvchi buyoqdir. Narx jihatidan koshineldan 2-3 barobar arzonligi bo‘yash jarayoni va mahsulot tannarxining arzon bo‘lishligini ta’minlaydi. Uning tuyilgan tayyor holdagi kukunini ishlatish juda ham oson va qulay. Bo‘yash. Koshinel yordamida bo‘yashning yuqorida qayd etilgan uchala usulini lak uchun ham bemalol qo‘llash mumkin. Faqat koshinel o‘rniga xuddi shu miqdorda lak ishlatilsa bas, qolgan me’yor va jarayonlar hech o‘zgarmaydi. Download 194.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling