Bitiruvchisi Jamilova Mohigul Madiyorovnaning «fizika o`qitishda zamonaviy va interfaol pedagogik texnologiyalardan foydalanish»


Download 0.84 Mb.
bet17/22
Sana09.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1466452
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
JamilovaM Interfaol BMI

Javoblar:
1. Qozonlar asosan cho`yandan quyiladi. Cho`yanning solishtirma issiqlik sig`imi 540 J/kg . Cho`yanli qozonlarda taomlar ko`pincha tagiga oladi. Qozonda tayyorlanayotgan sumalakka tosh solinganda tagiga olmaydi.Tagiga olmaslik sababi toshning issiqlik sig`imi 830 J/kg bo`lib, issiqlikni o`ziga oladi.Natijada qozon tagiga olmaydi.
2.Yomg`ir yog`ishidan oldin havo namligi ortishi sababli chivin, kapalaklar va boshqa hasharotlarning qanotchalari mayda tomchilar bilan qoplanib og`irlashadi. Shuning uchun hasharotlar pastga tushadi, ular bilan oziqlanuvchi qushlar, masalan, qaldirg`ochlar ularning ketidan pastlab uchadi.
3.Choynak qopqog`ining kichkina teshigidan havo kirib choy sirtiga havo bosimi beradi va choyning jo`mrakdan tushishiga yordam beradi. Agar qopqoqning teshigi bo`lmasa, choynak qopqog`idan choy oqib tushmaydi.
4.Tajriba shuni ko`rsatadiki, stakandagi 200C li sovuq suvga alyuminiy va mis elektrodlarni mikroampermetrga ulab tushirilganda 20 mkA tok kuchini ko`rsatadi.800 li issiq suvga tushirilganda esa mikroampermetr 45 mkA tok kuchini ko`rsatadi. Demak, issiq suv elektronlarning harakatini tezlashtirar ekan.


5 .Quruq havo 100 m balandlikka ko`tarilganda, 10 ga sovuydi.Demak, yer yuzida havo temperaturasi 200C bo`lsa, 1000 m balandlikda 100C bo`lib qoladi. 2000 m balandlikda 00C bo`ladi. 3000 m balandlikda esa havo minus 100C gacha soviydi. Havoning yuqori qatlamlari quyi qatlamlariga nisbatan sovuq bo`lgani uchun tog` cho`qqilarida qor va muzliklar bo`ladi.
6. Bino ichi va avtomobilning ichidagi temperatura oynaning temperaturasidan past. Shuningdek, muayyan havo namligi uchun oyna sirtida, muayyan havo namligi uchun oyna sirtida bug` kondensatsiyalanadi, da esa muz hosil bo`ladi.
7.Vaqt, temperatura.
8.Qog`oz varag`ini garmoshka tarzida buklash lozim, shunda 3- stakan
qog`oz ustida turadi.
1-jamoadan bitta vakil chiqib yulduzlarga yashiringan savollardan birini oladi va savolga javob beradi. O`quvchi o`z jamoasidan yordam olishi ham mumkin. Agar bu jamoa savolning javobini to`g`ri topa olsalar, vakil o`quvchi qaysi yulduzcha o`rnidan savol olgan bo`lsa, o`sha yulduzcha tugmachasini bosadi. Bu vaqtda yulduzcha charaqlab yonadi. ( Plakatdagi har bir yulduzchaga maxsus chiroqchalar o`rnatilgan bo`lib, tugma bosilganda go`yo yulduz porlab yongandek bo`ladi.)
Shundan keyin 2-jamoadan vakil chiqib, o`z tomonidagi yulduzchalardan
bitta savol tanlaydi va savolga javob beradi.
O`yin shu tariqa davom etadi. Har bir jamoa vakili o`z to`g`ri javobi bilan
“osmon”idagi yulduzlar sonini ko`paytirib boradi.
O`yin (yoki dars) oxirida qaysi jamoa “osmon”ida yulduzlar
ko`proq porlasa, shu jamoa g`olib deb topiladi.
Bu metod qo`llanilganda
1) O`quvchilarning fizika faniga bo`lgan qiziqishlari ortadi, raqobat muhiti yuzaga keladi.
2) Har bir jamoa “yulduzli osmon”ni to`ldirishga harakat qilib, muammoni tez va to`g`ri yechimini topishni o`rganadilar, o`quvchilarning estetik dunyoqarashi ortadi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling