2.5. Fizika darslarini takrorlash yoki fizikadan o`quvchilar o`rtasida bellashuv o`tkazishda “yulduzli osmon” usulidan foydalanish
Fizika so`zi lug`aviy ma`nosiga ko`ra tabiat haqidagi fandir. Fizikani o`qitishda faqat o`quv dasturi asosidagi dars soatlari(mavzulari) bilan cheklanib qolmasdan qo`shimcha darsdan tashqari mashg`ulotlarni olib borish ham tavsiya etiladi. [39]
O`quvchilarni muayyan mavzular bilan bog`liq bo`lgan o`quv muassasalari, labaratoriya inshootlari, elektr stansiyalari kabi joylarga sayohatga olib chiqish, fizika kechalari uyushtirish, o`quvchilar o`rtasida bellashuvlar tashkil qilish va bu tadbirlarni namunali o`tkaza olish fizika o`qituvchisidan ijodkorlikni, pedagogik mahorat egasi bo`lishni talab etadi.
Fizikadan o`tilgan darslarni takrorlash yoki bellashuv o`tkazishda quyidagi metod qo`llanilsa, o`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishlari ortadi, o`quvchilar estetik zavq oladilar.
Dastlab o`quvchilar 2 guruhlarga bo`linadilar. Auditoriya doskasiga maxsus
2 ta plakat osib qo`yiladi. Bu plakatlarga yulduzli osmon tasviri tushirilgan bo`lib, plakatdagi har bir yulduzchalarga fizika fanidan qiziqarli (dars jarayoni bo`lsa, o`tilgan mavzular bo`yicha )savollar yashiringan bo`ladi.
Masalan, 1-jamoaga quyidagi savollar qo`yiladi:
1.Nima uchun sumalak pishirishda qozonga tosh solib kovlanadi?
2.Qaldirg`ochlar yomg`ir yog`ishidan oldin nima uchun pastlab uchadi?
3.Nima uchun choynakning qopqog`iga kichkina teshik qilinadi?
4.Sovuq suvning elektr o`tkazuvchanligi kattami yoki issiq suvnimi?
5.Nima uchun yoz kunlarida ham tog` cho`qqilarida qor bo`ladi?
6.Nima uchun qishda binolarning deraza oynalari va avtomobil oynalari ichki tomondan muzlaydi?
7.U uzunlikka ham, balandlikka ham, chuqurlikka ham, kenglikka ham ega emas,lekin uni o`lchash mumkin bo`lgan kattalik nima?
8.Stakanlar qog`ozda. Stolda bir-biridan qandaydir masofada (15-20sm ) 2 ta stakan turibdi.(A 4) qog`oz varag`ini, bu ikkita stakanchaga qo`yib, uning ustiga 3- stakanni shunday qo`yish kerak-ki, qog`oz stolchaga buklanmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |