Bitiruvchisi Jamilova Mohigul Madiyorovnaning
Download 115.13 Kb.
|
Bitiruvchisi Jamilova Mohigul Madiyorovnaning «fizika o`qitishda-fayllar.org
Xulosalar
Fizika ta`limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash bo`yicha olib borilgan tadqiqot ishlaridan quyidagi natijalar va xulosalar kelib chiqadi: 1. Fizika fani yuqori sinf (kurs) larga o`tgan sari hodisalar, qonuniyatlar murakkablashib, dars materialining hajmi esa ortib boradi. Shu va shu kabi boshqa parametrlar dars sifati, o`quvchilarning o`zlashtirish ko`rsatkichiga salbiy ta`sir etishi mumkin. Bu maqsadda fizika ta`limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash samarali ekanligi aniqlandi. 2. Fizika ta`limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llashdan maqsad ta`lim oluvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o`quvchilarni o`quv materiallarini shunchaki yodlab olishlaridan, ixtiyoriy takrorlashlaridan uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga aylantirishdir. 3. Yangi pedagogik texnologiyalarni fizika ta`limida to`laqonli tarzdagi texnologik jarayon sifatida tadbiq etish, ta`lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish — ta`lim muassasasining kuchli moddiy-texnik bazasini, ko`p vaqt va mehnat talab etadigan murakkab jarayondir. Fizika ta`limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash uchun o`qituvchi yuksak pedagogik mahoratga ega bo`lib, dars mavzusi, o`quvchilar soni, ularning qiziqishi, qobiliyatlarini har tomonlama hisobga olishi kerakligi ma`lum bo`ldi. 4. Fizika bo`limlarining muayyan mavzulari uchun yangi pedagogik texnologiyalar qo`llanilgan dars loyihalari ishlab chiqildi va bu loyihalarni dars jarayonida sinab ko`rish uchun BuxDU qoshidagi II son akademik litseyida tadqiqot ishlari o`tkazildi. Har bir yangi pedagogik texnologiya, interfaol metodlarni qo`llashda ikkita guruh namuna sifatida tanlab olindi. Bu guruhlarning birinchisiga dars oddiy, an`anaviy usulda, ikkinchisida esa yangi loyiha asosida o`tkazildi.Yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llab o`tkazilgan dars jarayonida o`zlashtirish ko`rsatkichi yuqoriligi, sifat samaradorligi yaxshilanganligi aniqlandi. 5. Tajriba fizikadan ma`ruza darslarini o`tishda “aqliy hujum”, BxBxB”, “muammoli vaziyat” kabi interfaol metodlar, masala yechish darslarida esa, “6x5”, “davra suhbati”, “kichik guruhlarda ishlash” kabi metodlarni qo`llash yaxshi natija berishini ko`rsatdi. Fizikadan muayyan bo`lim yoki mavzularni yakunlash, darsni mustahkamlashda “Venn diagrammasi” strategiyasi va shu kabi usullardan foydalanilganda, o`quvchilarning fizika fanini o`rganishdagi qiyinchiliklari bartaraf etilishi kuzatildi. 6. Ikki yillik tadqiqot natijalari asosida “yulduzli osmon”, “sirli baho”, “Kim, qayerda xato qildi?” kabi yangi metodlar ishlab chiqildi va bu metodlarni fizika ta`limida qo`llaganda quyidagi: -o`quvchilar o`rtasida sog`lom raqobat muhitining yuzaga kelishi; -o`zaro hamkorlik; -bir-birini tinglash; -o`z xatosini tushunish; -fanga bo`lgan qiziqishning ortishi; -ijodiy izlanish va boshqa shu kabi ijobiy natijalar kuzatildi. 7. Yuqoridagi yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llab o`tkazilgan fizika dars jarayonlari o`quvchilar tomonidan ham ma`qullandi. Oddiy, an`anaviy usulda tashkil qilingan dars jarayonidan farqli ravishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`tkazilgan dars jarayoni o`zining sezilarli samarasini ko`rsatdi. Download 115.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling