Umumiy fikr va xulosalar
Muommolarni shakllanishi
|
Yakuniy xulosa
|
Iqtisodiy jihatdan yutuqlari
|
Kriptovalyutalar foydalanuvchilarga tez va himoyalangan tranzaksiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Kriptovalyutalardan foydalanishda to‘liq maxfiy qolish mumkin, blokcheyn-reestr ochiqligiga qaramasdan. Kriptovalyutalar markazsizlashtirilgan bo’lib, aniq boshqaruv organiga ega emas, bu esa tanga egalarini ularning yagona sohibiga aylantiradi. Kriptovalyuta tranzaksiyalari past tranzaksion xarajatlariga ega. Har bir kishi mayning bilan shug’ullanishi va kriptovalyutalarda pul topishi mumkin. Kriptovalyuta bozori shakllanish bosqichida turibdi, bu esa uni yuqori daromad istiqboli bilan investitsiyalash uchun jozibador soha qiladi. Barcha tranzaksiyalar bloklarga qo’shiladi va o’zgarmasdirlar, bu esa ularni soxtalashtirishdan saqlaydi. Kriptovalyutalar kriptografik usul bilan ishonchli himoyalangan. Blokcheyn reestrini o’zgartirib, tangalarni esa soxtalashtirib bo’lmaydi. Bitkoin mavjud bo’lishining butun davri bo’yicha bironta buzib kirish holati qayd etilmagan.
|
Iqtisodiy kamchiliklari
|
Kriptovalyutalarni saqlash bilan shug’ullangan begona servislar har doim ham shunday xavfsizlik darajasiga ega bo’lmaydi, bu esa ularni xakerlar o’g’irliklaridan saqlamaydi. Anonim qolish imkoniyati raqamli tangalarni yashirin iqtisodiyot va noqonuniy bitimlar uchun jozibador hisob-kitob vositalari qilib qo’yadi. Ko’plab mamlakatlarda kriptovalyutalar qonundan tashqari qolmoqda. Qonunchilik bazasi ular uchun qanday bo’lishi hali aniq emas, lekin ishonch aytish mumkinki, ularni soliqqa tortish mushkul. Bugungi kunda raqamli tangalar hali ko’p magazinlarda to’lov sifatida qabul qilinmaydi. Mayning kuchli hisoblash uskunasiga ega bo’lishni talab qiladi, u faqat kriptografik funksiyalarni echish uchun ishlatiladi. Bozor narxlari diapazonining yuksak o’zgaruvchanligi katta xavf-xatarlar bilan bog’liq. Barcha tranzaksiyalar o’zgarmas tabiatga ega va jo’natilgan pullarni qaytarish mumkin emas. Kriptovalyutalar raqamli koddan iborat bo’lib, unda tizimlarni zaif qiluvchi xatolar bo’lishi mumkin. SHuningdek 51% li nazariy hujum xavfi ham mavjud.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |