O‘zbekiston sharoitida Bitcoinning o’zgaradigan narxning yuqori diapazoni va kriptovalyutalarning ommalashmagan xususiyatlaridan biri bo’lib, ularningboshqa mintaqalar kabi globallashuviga to’sqinlik qiladi. Hozirgi vaqtda kriptovalyutalar kursi juda o’zgaruvchan va qisqa vaqt oralig’i mobaynida keng diapazonda o’zgarib turishi mumkin. Kriptovalyutalar raqamli ko’rinishda bo’lgani sababli, ular kiberjinoyatchilar o’ljasi bo’lishi mumkin. Kriptovalyuta bilan ishlaydigan servislar o’g’irliklarning oldini olishlari uchun yuqori xavfsizlik darajasiga ega bo’lishlari lozim. Kriptovalyuta tarmoqlari, shuningdek, 51% hujumiga duchor bo’lish mumkin, bunda tarmoq quvvatining ko’p qismi bir kishining qo’lida bo’ladi, va u tranzaksiyalar to’g’risida mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega.
|
Taqsimlangan buxgalterlik kitoblari belgilangan shartlarga rioya qilish bilan
bajariladigan oddiy kontraktlarni kodlashga imkon beradi.
Texnologiyaning hozirgi rivojlanish darajasida aqlli kontraktlar oddiy
funksiyalarni bajarishga dasturlashtirilgan bo’lishi mumkin. Masalan, kontrakt,
agar moliyaviy vosita ma‘lum bir andozaga mos bo’lsa, blokcheyn va Bitkoin
texnologiyalaridan foydalangan holda to’lanishi mumkin, bu esa to’lovni avtomatlashtirishga imkon beradi.
|
O’zining tabiatiga ko’ra, blokcheyn texnologiyasi kriptovalyuta operatsiyalarini o’zgarmas qiladi. Ularni bekor qilish, kechiktirish, takrorlash, yashirish yoki o’zgartirish mumkin emas. Bunday tizimda odatiy tarzda aldash mumkin emas va u inson xatosidan himoyalangan, bu kriptovalyutani bankdagi oddiy elektron pullarga qaraganda to’laligicha shaffofligini ta’minlaydi. Kriptovalyutalar markazlashtirilmagan. Kriptovalyutalar uchun tizim tomonidan yangi coinlar tizimli va shaffof tarzda yaratiladi.
|