Bituruv malakaviy ishi


Qorin sohasidagi chuqur jarohatlar


Download 296.24 Kb.
bet29/31
Sana19.06.2023
Hajmi296.24 Kb.
#1620746
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Aziz 100%

32.Qorin sohasidagi chuqur jarohatlar
Har qanday qorin yoki ichak sohasidagi jarohatlar xavflidir. O‘sha zahoti tibbiy yordamga murojaat qiling. Lekin unga qadar jarohat ustini toza doka yoki latta bilan yoping. Agar ichaklar tashqariga chiqib qolgan bo‘lsa, ularning ustini toza, biroz tuzli, qaynatilgan iliq suvda namlangan doka yoki latta bilan yopib turing. Ichaklarni qayta joyiga solishga urinmang. Latta qurib qolmasligi kerak, bundan xabardor bo’lib turing.
Agar kasal shok holatida bo‘lsa, uning oyoqlarini boshidan baland qilib ko‘tarib qo‘ying. Og’iz orqali hech narsa bermang: Ovqat ham, suyuqlik ham, hatto suv ham bermang, faqat tibbiy yordam olinguncha 2 kun o‘tib ketadigan bo‘lsa, suv bering.
Shunda ham faqat kichik ho‘plamlarda bering.
Agar jarohatlangan odam uyg‘oq va chanqagan bo‘lsa, unga suv bilan namlangan lattani so‘rgani bering.
Jarohatlangan odamning qorni shishgan va bir necha kundan beri ichi kelmagan bo‘lsa ham, hech qachon klizma (huqna) qilmang. Agar ichak uzilib ketgan bo‘lsa, klizma yoki ich yurguzuvchi (suruvchi) dori jarohatlangan odamni nobud qilishi mumkin.


Badan kuyishi
Oldini olish: Ko‘pincha kuyishning oldini olish mumkin. Bolalarga alohida e'tibor bering:
♦ Yosh bolalarni o‘t oldida yurishiga yo‘l qo‘ymang.
♦ Pechkadagi qozon tovoqlarning dastalarini bolalar ololmaydigan qilib qo‘ying.
♦ Kimyoviy moddalarni yopiq idishlarda va bolalar ololmaydigan joyda saqlang. ♦ Chiroq va gugurtlarni bolalar ololmaydigan joyga qo‘ying.
Pufaklar hosil qilmaydigan - yengil kuyish (1-daraja)
Yengil kuyishda og‘riq hamda shikastlanishni kamaytirish uchun kuygan joyni darrov sovuq suvga soling. Aloe ham yordam beradi. Boshqa hech qanday davo usullarining keragi yo‘q. Og‘riqqa qarshi aspirin iching.
Pufaklar keltirib chiqaruvchi kuyish, kimyoviy moddalar va elektr tokidan kuyish (2-daraja)
Pufaklar, ya’ni qovarchiqlarni teshmang. Uning ustiga muz qo’ymang. Agar pufak teshilib ketsa, o‘sha joyni qaynatib sovutilgan suvda sovunlab yuving. Suv bilan taxminan 30 daqiqa chaying. Toza dokani yara ustiga qo’ying, lekin uning ustini bosmang. Yarani hech qachon yog’lamang. Kuygan joyga asal yoki aloe etini surtish infeksiyaning oldini olishga va yaraning tezroq tuzalishiga yordam beradi. Avval surtilgan eski asalni yoki aloeni asta yuvib tashlang va o‘rniga kuniga kamida 2 marta yangisini surting.
Kuygan joyni iloji boricha toza saqlang. Uni iflos tegishi, kir, chang va pashshalardan ehtiyot qiling.
Agar infeksiya belgilari: yiring, yomon hid, isitma, yoki limfa tugunining shishishi singari hodisalar paydo bo‘la boshlasa, kuniga 3 mahal tuzli iliq suvda (1 osh qoshiq tuz 1 litr suvga) kompress qiling. (Agar iloji bo‘lsa, 1 oshqoshiq xlorli ohakdan ham qo‘shing) Suv va lattani ishlatishdan avval qaynating. O‘lik etlar juda ehtiyotkorlik bilan olib tashlang. Siz Baneotsin kabi antibiotik yog‘lardan surtishingiz mumkin. Og‘irroq hollarda penitsillin yoki ampitsillin kabi dorilarni iching.

Download 296.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling