Biz baxorga oshiq boldik, kuzdan uzur,
Xazonlarda qolib ketgan, qizdan uzur.
Xar ne o’tsa bizdan o’tdi, bizda gunox,
Tug’ulmagan qo’shiqlarim sizdan uzur.
Sog’inchlarga singil bo’ldi suyukli yor,
Men soddada na mehr bor na go’ngil bor.
Ozroq ilhom ko’proq sharob toti bor,
Tug’ulmagan qo’shiqlarim sizdan uzur.
Tilimdan bol tomdi boqib olamga goh,
Bir shirin so’z aytolmadim bolamga goh.
Yillab barmoq bosolmadim qalamga goh,
Tug’ulmagan qo’shiqlarim sizdan uzur.
Yo’lim qarab jayron ko’zi tolib ketgan,
Goh dalada daydi shamol olib ketgan.
Goh andisha ayvonida qolib ketgan,
Tug’ulmagan qo’shiqlarim sizdan uzur.
Dili borga tildan dardim to’kkanim rost,
So’z boshida bosh egib tiz cho’kkanim rost.
Gohi jonni avaylagan qo’rqqanim rost,
Tug’ulmagan qo’shiqlarim sizdan uzur.
Yuragimning tagidasiz yalpizdan past,
Goh o’ylayman shundoq qo’lim uzatsam bas.
Suzingiz bir ko’rmay sira o’lgim kelmas,
Tug’ulmagan qo’shiqlarim sizdan uzur.
Do'stlaringiz bilan baham: |