Biz buyuk yurt farzandimiz


Download 8.09 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi8.09 Kb.
#1568055
Bog'liq
Biz buyuk yurt farzandimiz (1)


BIZ BUYUK YURT FARZANDIMIZ
Bu so’zlar biz yoshlar uchun bugungi farovon hayotimiz, keng imkoniyatlarimiz, jahonga yo’l olgan istiqbolimiz ramzi sifatida yangraydi, lekin ota-bobolarimiz uchun bu so’zlar naqadar chuqur ma’no kasb etadi. O’zbek degan nom, uzbekona g’urur, iftihor ular yuzidagi yillar solgan ajinlarni, kuz tubidagi g’am alamlarni bir zumda yo’qotadi.
Ha, biz mustaqil yurt,O’zbekiston degan ulug’ Vatan,uning prezidenti farzandlarimiz, ajdodlarimiz ko’rmagan cheksiz imkoniyatlar davri bizlarga to’gri keladi. Qisqa yil vaqt mobaynida jahonda iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy mavqeyimizni tanlab oldikki, butun jahon O’zbekiston qanday yurt ekanligini bilib oldi. Barcha sohalarda, ayniqsa, fan va ta’lim, sport, salomatlik sohasidagi islohotlar bu
O’zbek xalqi - bolajon xalq. Mustaqillik maydonida istiqlol bayrami nishonlanmoqda
yurt farzandlarining barkamol o’sishi uchun xizmat qilmoqda. Birgina ta ‘lim tizimi shunday tartibda qayta ko’rib chiqildiki, bu sohada ko’plab ijobiy uzgarishlar ro’y berdi va amalga oshirilmoqda. Ma’ lumki, har qanday davlat, har qanday jamiyat ham o’z boyliklari bilan qudratli hisoblanadi.Har bir xalq mamlakatning tabiiy zamini , er osti va er usti zahiralari,tog’lari va o’rmonlari,daryoyu dengizlari, ulkan shaharlari, go’zal inshoatlari bilan o’z kuch qudratini namoyon etishga harakat qiladi. Lekin, ko’p asrlik tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, jamiyatning haqiqiy boyligi, bu- inson, inson avlodidir. Kishilik jamiyati el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon-e’tiqodi butun, mard va jasur, malakasi etuk, ma naviyati yuksak insonlar bilan faxrlanadi. Ana shunday noyob fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab voyaga etkazayotgan xalq kelajakka ochiq yuz, katta ishonch bilan qarashi mumkin.
O’zbek xalqi hayotning, umrning mazmunini farzandlarsiz tasavvur etolmaydigan xalq. Ajdodlarimiz o’z avlodlarini umumbashariy tuyg’ular, o’lmas sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz va Vatanga sadoqat ruhida tarbiya qilib kelganlar. Ana shunday ruhda farzandlarini kamolga etkazish hozirgi kunda har bir o’zbek fuqorosining burchidir.
Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta lim-tarbiya berish bugungi kunning jiddiy vazifalardan hisoblanadi.
Iqtidorli farzandlarimiz bu ta’ lim dargohlarida xususan, ingliz tilini ham puxta urgana boshladilar.. Bu borada Tinchlik Korpusi ko’ngillilari kupgina ishlarni amalga oshirmoqdalar. Ular litsey va maktablarda ingliz tilidan ta’ lim berib, o’quvchilarga ingliz tilini mukammal urganishiga yaqindan yordam bermoqdalar. Tinchlik Korpusi ko’ngillilari Respublikamizning ko’pgina viloyatlarida ingliz tilini chuqur o’rgatishga ixtisoslashgan yozgi oromgohlar tashkil etishib, u erda o’quvchilar ingliz tilini o’rganish bilan birga Amerika madaniyati, tarixi va hozirgi kundagi mavqeyi haqida chuqurroq bilib, ko’ngilli dustlariga Uzbekistonning tarixi, dunyoni lol qoldirgan ota-bobolarimiz, ular qoldirgan meros va Uzbekistonda yuz berayotgan uzgarishlar haqida fikr almashishadi.
Kelajakda Uzbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma ‘naviy jihatdan etuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim.
Farzandlarimizni dunyoning rivojlangan davlatlarida uqitishni asr boshida yashagan jadidlar kabi, 90-yillarda mustaqillikka erishishga intilgan yurt ziyolilari ham hohlashardi.
Yurtimizda biz yoshlarning ham aqlan, ham jismonan baquvvat bulishimiz uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Sport sohasiga nazar tashlasak, Uzbekiston sportchilari unlab Jahon chempionatlari, Olimpiya va Osiyo uyinlarida, boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirok etdilar va bir necha sportchilarimiz Jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bulishdi.
350 dan ortiq sport inshoatlari-futbol, basketbol, voleybol maydonlari, tennis kortlari, suzish havzalari va bir qancha kup turli sport majmualari qurildi va ishga tushirildi. Uzbekiston yirik musobaqalar utkaziladigan mamlakatga aylandi.
Bu qadim yurt tuprogini g’animlar toptashiga, ma’ naviy meros yuqolishiga, g’urur sinishiga yo’l qo’ymaymiz va bunga haqqimiz yo’q. Chunki bizga o’tmish ajdodlarimiz: Amir Temur, Ibn Sino, Margiloniy,Ulugbek,Fargoniydek bobokalonlarimizning ruhlari qarab turibdi va bizni hamisha qullab quvvatlaydilar.
Ozod yurt O’zbekiston farzandlari uning mustaqilligini mustahkamlashga ma ‘suldirlar!
Download 8.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling