Navoiyxon talaba


Download 24.44 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi24.44 Kb.
#1334659
  1   2   3   4   5
Bog'liq
senariy yangi


Navoiyxon talaba” ko‘rik-tanlovi ssenariysi


1-boshlovchi:
Assalom azizlar, qalbi quyoshlar,
Mehringiz nuridan bahramand yoshlar.
Yurakdan sizga aylaymiz salom,
Ta’zim aylab deymiz salom assalom.


2-boshlovchi:_Assalomu_alaykum,_qalbi_nurli,_sahovatga_to‘la_mehridaryo_ustozlar.___1-boshlovchi'>2-boshlovchi:
Assalomu alaykum, qalbi nurli, sahovatga to‘la mehridaryo ustozlar.


1-boshlovchi:
Assalomu alaykum, hurmat va ehtirom ila bugungi “Navoiyxon talaba” ko‘rik-tanlovining final bosqichiga tashrif buyurgan qadrli mehmonlar.


2-boshlovchi:
Bugun she’riyat mulkining sultoni Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi butun Respublikamiz miqyosida chin ma’noda adabiyot bayrami sifatida nishonlanmoqda. Mazkur sana munosabati bilan tashkil etilgan “Buyuk ajdodlar yodi doim barhayot” nomli bayram kechamizga xush kelibsiz.
Endi tadbirimizni ochib berish uchun so‘zni _________________________ _________________________________________________ga beramiz, marhamat!
1-boshlovchi:
Jahonki muqaddas neni ko‘ribdi,
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Besh yuz yil naridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.


2-boshlovchi:
Endi e’tiboringizga Filologiya fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan videorolikni havola qilamiz, marhamat tomosha qiling.


2-boshlovchi:
Tarix, degani bu — jang-jadal emas,
So‘zdir u, so‘zlarda aks etgan ma’no.
Balki turkiyni ham birov til demas,
Navoiy nazmidan tuymasa navo.


1-boshlovchi:
Endi navbatni O‘zbekiston xalq artisti Gulora Rahimova ijrosidagi qo‘shiqqa beramiz, marhamat! (Qo‘shiq ijro etiladi)


2-boshlovchi:
Navbatni xonanada Nabijon Xudoyberganov ijrosidagi “O‘ynar” ashulasiga navbatni beramiz, marhamat! (Alisher Navoiy g‘azali, Komiljon Otaniyazov musiqasi).



Download 24.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling