1-boshlovchi:
3-shartni boshlashimizdan oldin hakamlar hay’atidan 2-shart uchun ishtirokchilarning olgan ballarini e’lon qilishingizni so‘raymiz. (Ballarni S.Matkarimovaning o‘zi e’lon qiladi.)
Hakamlar hay’atiga e’tibor uchun minnatdorchilik bildiramiz.
2-boshlovchi:
Nihoyat, tanlovning 3-shartiga ham yetib keldik. 3-shart - Navoiy asarlari lug‘ati ustida ishlashda tashkiliy qo‘mita tomonidan sinov topshiriqlari sifatida lug‘aviy ma’nosini izohlash uchun taqdim qilingan so‘zlar bo‘yicha o‘tkaziladi va bunda qatnashuvchilarga 10 ta so‘z bitta topshiriq qog‘oziga yozilib, tanlab olish taklif qilinadi. Har bir ishtirokchi o‘zi tanlab olgan topshiriq qog‘ozidagi 10 ta so‘zning lug‘aviy ma’nolarini izohlaydi, berilgan 10 so‘zdan to‘liq izohlangan har bir so‘zga 1 balldan jami 10 ball beriladi.
1-boshlovchi:
Marhamat, tanlovning 3-shartni boshlashingiz mumkin. (Shart davomida har bitta ishtirokchining nomi nomma-nom navbat bilan aytib borilishi shart !!!)
1-boshlovchi:
Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Barchamiz kutgan hayajonli daqiqalar yetib keldi. Hakamlarimizdan tanlovimizning 3-sharti hamda yakuniy natijalarni e’lon qilishingizni so‘raymiz, marhamat. (Ballarni S.Matkarimovaning o‘zi e’lon qiladi.)
2-boshlovchi:
Katta rahmat, aziz ustozlar. Endi tadbirimizni yakunlash hamda tanlov g‘oliblarini taqdirlash uchun so‘zni _____________________________________________ga beramiz, marhamat.
(TAQDIRLASH)
Do'stlaringiz bilan baham: |