Navoiyxon talaba
Download 24.44 Kb.
|
senariy yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- 2-boshlovchi
1-boshlovchi:
Endigi navbatni xonanada Samandar Xudoyberganov ijrosidagi “Ochilmadi ko‘nglim” ashulasiga beramiz, marhamat! (Alisher Navoiy g‘azali, Ortiq Otajonov musiqasi). 2-boshlovchi: Xonanada Ochilbek Matchanov ijrosidagi “Xorazm segohi” ashulasiga navbatni beramiz, marhamat! (Alisher Navoiy g‘azali, Komiljon Otaniyazov musiqasi) 1-boshlovchi: Yoshligim kel, qalbim aytar sozi bo‘l, Men qo‘shiq aytay jo‘shib, bir lahza jo‘r ovozi bo‘l. Aziz tosmoshabin mehmonlar, sizning e’tiboringizga yana bir go‘zal ijroni havola etmoqchimiz, marhamat, xonanda Zilola Nurillayeva ijrosidagi “Aylagach” qo‘shig‘ini tinglab dam oling. 2-boshlovchi: O‘tmishni unutib qo‘ysak, tushov shu Kelajakka yelgan xayol – G‘irotga. Hech mahobat qilmay, ko‘tarmay shov-shuv, Bir borib kelamiz qadim Hirotga. 1-boshlovchi: Universitetimiz talabalari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Navoiyxon talaba” ko‘rik-tanlovi bugun ko‘pgina talaba-yoshlarni o‘z doirasiga jamlab ulgurdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Marhamat, tanlov nizomi bilan qisqacha tanishib o‘tamiz. 2-boshlovchi: Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqich – Saralash bosqichi. Saralash bosqichida ko‘rik-tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar yodlash topshirilgan 40 baytni belgilangan vaqt mobaynida qog‘ozga yoddan yozadilar. Eng ko‘p baytni yoddan yozgan 6 ta talaba 2-bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. 1-boshlovchi: Tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirokchilarning shartlarni bajarishda to‘plagan ballariga ko‘ra 1-, 2-, 3-o‘rinlar aniqlanadi. 1-o‘rinni olgan talaba yakuniy bosqich – FINAL da ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi. 2-boshlovchi: 3-bosqich – yakuniy bosqich tanlovning oldingi barcha sonlarida yod olingan baytlar bo‘yicha yuqoridagi 3 shart asosida o‘tkaziladi. Finalda 1-o‘rinni olgan ishtirokchi tanlovning mutloq g‘olibi bo‘ladi va PLANSHET bilan taqdirlanadi. Download 24.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling