Biz korrupsiyaga qarshimiz Annotatsiya
Download 19.46 Kb.
|
Biz korrupsiyaga qarshimiz Annotatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Garri Bekker
- Vyazemskiyning
- Xitoy Xalq Respublikasi
Birinchidan, yirik korrupsiya va pora uchun qonunchilikda nazarda tutilgan jazoni yengillashtirish jamiyatda korrupsiya ko`rsatgichini pasaytirish uchun imkon beradi. Albatta, bu taklif biroz g`alati tuyilishi mumkin. Chunki, bunga ko`pchilik jamiyat a’zolarining jinoyat uchun qo`llaniladigan jazo kuchli bo`lsagina uning oldini olish mumkinligiga ishonishi sabab bo`ladi deb hisoblash mumkin. Yuqoridagi taklifni oydinlashtiradigan bo`lsak, shuni ta’kidlash joizki, antikorrupsion siyosatning asosini fuqarolarni jazolash emas, balki ularni tarbiyalash, oldingi butunlay eskirgan tarbiyalash usullarini o`zgartirish tashkil etadi.
Shu o`rinda iqtisodchi Garri Bekker tomonidan yozilgan “Jinoyat va jazo” nomli maqolasida ifodalangan fikrlarni keltirib o`tish maqsadga muvofiqdir: “Jinoyat uchun qo‘lga tushish ehtimoli kam, lekin jazo katta bo‘lsa, jinoyat sodir etilishi, aksi bo‘lsa, sodir etilmasligi mumkin”. Bundan tashqari knyaz Vyazemskiyning ham quyidagi fikrlarini asosli deb hisoblash mumkin: “Rossiya qonunlarining qat’iyligi ularning amal qilmasligi bilan izohlanadi”. Demak, jazoning qat`iylik va imperativlik darajasi yuqori bo`lishi har doim ham jinoyat ko`rsatgichini pasaytirishga xizmat qilavermaydi. Shu o`rinda xorijiy mamlakatlardan Xitoy Xalq Respublikasi qonunchiligini tahlil qilib o`tish maqsadga muvofiqdir. Ushbu mamlakatda iqtisodiy va siyosiy sohada ro`y beradigan korrupsiya va poraxo`rlik uchun qo`llaniladigan jazo turi bu – o`lim jazosi. So`nggi statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo`lsak, Xitoy korrupsiyachilarni qatl qilish soni bo`yicha dunyoda “yetakchilik” qilib kelmoqda. Qiziqarli jihati shundaki, Xitoyda korrupsiya bilan bog`liq jinoyat sodir etgan shaxslar bu mamlakatda quyidagi uchta turga ajratiladi: yo`lbarslar, pashshalar va tulkilar. Yo`lbarslar bular yirik turdagi korrupsiya ya’ni partiya bilan bog`liq korrupsiyaga aralashuvchilar, pashshalar mayda turdagi korrupsiyaga, ya’ni ishlab chiqarish, sog`liqni saqlash, ta’lim sohasida sodir etilgan korrupsiyaga bog`liq shaxslar, tulkilar esa o`g`irlashni uddasidan chiqqan mahsulotlarni mamlakat hududidan olib chiqib keta oladigan korrupsionerlar tushuniladi. Endi esa ushbu sanoati rivojlangan mamlakatda korrupsiya uchun qo`llaniladigan sanksiya haqida to`xtalib o`tish maqsadga muvofiqdir. Xitoy qonunchiligi bo`yicha korrupsiya miqdori 463ming dollardan yuqori bo`lgan va davlat mansabdor shaxslarining pul evaziga sotilishi uchungina o`lim jazosi qo`llaniladi. Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu qonun 2016-yildan keyin amal qilishni boshlagandan buyon o`lim uchun otishga hukm qilinganlar sonining keskin kamayishiga olib kelgan holda inson huquq va erkinliklarining ma’lum darajada ta’minlanishiga sabab bo`ldi. Xitoy Xalq Respublikasi qonunchiligida o`lim jazosi mavjud bo`lishiga qaramasdan, korrupsiyani yengish bo`yicha yuqori ko`rsatgichga erisha olmagan. Nega ushbu mamlakatda korrupsiya va poraxo`rlik uchun qo`llaniladigan jazo turi keskin bo`lsada, juda past ko`rsatgichni tashkil etmoqda? Buning sababi shundaki, jinoyatchilarni jazolash orqaligina korrupsiyani yo`q qilib bo`lmasligini tushunish ushbu mamlakat uchun qiyin kechmoqda. Download 19.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling