Biz korrupsiyaga qarshimiz Annotatsiya
Download 19.46 Kb.
|
Biz korrupsiyaga qarshimiz Annotatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Singapur
- "Korrupsiyani yo‘q qilish uchun shafqatsiz bo‘lish kerak, agar qarindoshlar va tanishlaringiz ham pora olsalar, ularni panjara ortiga yuborishga tayyor bo‘lishingiz kerak"
To`rtinchidan, davlat va xususiy sektorda o`z mehnat faoliyatini yurituvchi shaxslarda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish lozim. Xitoyning antikorrupsion siyosatiga yuzlanadigan bo`lsak, xitoyliklar poraga qarshi kurashish maqsadida alohida tashkil etilgan kurslarga qatnashadi, shuningdek ushbu mamlakatda korrupsionerlarni yo`q qilish bilan bog`liq o`yin ixtiro qilingan bo`lib, bunday turdagi o`yin turida ular korrupsioner qarindoshlari va do`stlarini ayovsiz “o`ldirish”lari lozim.
Bundan tashqari, 1965-yilda o`z mustaqilligini qo`lga kiritib qisqa davr mobaynida dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o`rin olishga ulgurgan Singapur davlati qanday qilib antikorrupsion siyosatda yetakchilikka erisha oldi? Singapur davlat rahbari Li Kuan Yu boshchiligida 1960 -yilda korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi korrupsiyaning oldini olish va korrupsiya tergovi boʻyicha Byuroni alohida vakolatlar bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunda mustahkamlab qoʻyish orqali antikorrupsion siyosatda bir qator muvaffaqiyatlarga erisha boshladi. Chunki, davlat rahbari va mansabdor shaxslarda korrupsiya va poraxo`rlikka qarshi immunitet shakllangan edi. Jumladan, Li Kuan Yuning quyidagi fikrlari fikrimizning dalilidir: “Jazoning muqarrarligi –korrupsiyani to`xtatishning birinchi omili”. E’tiborli jihati shundaki, antikorrupsion siyosatda ulkan muvaffaqiyatga erishgan bu mamlakat davlat rahbari xattoki o`z qarindoshlariga ham ayovsiz jazo choralarini qo`llagan, unda korrupsiya va poraxo`rlikka nisbatan immun tizimi yetarli darajada shakllangan. Poraxo‘rlik va qarindoshlik ko‘plab byurokratik tizimlarning ofati deb hisoblagan Li Kuan Yu. "Korrupsiyani yo‘q qilish uchun shafqatsiz bo‘lish kerak, agar qarindoshlar va tanishlaringiz ham pora olsalar, ularni panjara ortiga yuborishga tayyor bo‘lishingiz kerak", deb yozadi o‘z kitobida. Bundan tashqari Li Kuan Yu tomonidan bildirilgan o`ta radikal fikr har qanday korrupsiyaga qarshi kurashish uchun bel bog`lagan insonni o`ziga ohangraboday tortmasdan qo`ymaydi. “Korrupsiyaga qarshi kurashmoqchimisiz? Uchta do‘stingizni qamoqqa tiqishdan boshlang. Buning sababini siz aniq bilasiz va ular ham buning sababini bilishadi" kabi so‘zlar Singapur xalqining otasiga tegishlidir. Taklif: mansabdor shaxslar va davlatning muassasalarida, tashkilotlarida, xususiy sektorlarda faoliyat ko`rsatuvchi shaxslarni korrupsiya yomon illat ekanligi, korrupsiya uchun jazo muqarrar ekanligi va bu jinoyat uchun hattoki o`z qarindoshlari va yaqinlarini ham ayab o`tirmaslik borasidagi fikrlar bilan “tarbiya qilish” lozim. Bu esa o`z navbatida oliy ta’lim muassasalarining “yo`l xaritasi”dan joy olishiga, shuningdek, pedagoglar tomonidan o`quv dastur va rejalarning o`zgartirilishiga olib keladi. Natija: mansabdor shaxsga pora taklif qilingan holatda unda mavjud bo`lgan “halollik vaksinasi” orqali u o`z-o`zidan muayyan ishni yoki harakatni amalga oshirish evaziga taklif qilingan porani rad eta olishdek darajaga erisha oladi. Yuqoridagi keltirilgan taklif va tahlillar asosida shunday Download 19.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling