xulosa qilish mumkin: yurtimizda olib borilayotgan antikorrupsion siyosat uchun ishlab chiqilgan tizim samarali ishlashi faqatgina mansabdor shaxslarga bog`liq bo`lmay, keng jamoatchilik vakillariga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Oligarx Mixail Xodorovskiyning korrupsiyani terrorizmdan ham xavfli ekanligini ta’kidlashi bugungi kunda qog`ozlarda qolib ketayotgan islohotlarni hayotda qo`llash vaqti kelganligini ko`rsatadi. Biz allaqachon korrupsiyaning eng yuqori va o`tkir nuqtasiga yetib kelishga ulgurdik. Shu o`rinda inglizlarda mashhur bo`lgan bir maqolni keltirib o`tish lozim: “Rome was not built in a day”. Ya’ni, Rim bir kunda qurilgan emas. Shunday ekan, korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurash asta-sekinlik bilan o`z natijasini beradi. Faqat bir da’vatni esdan chiqarmaslik lozim: korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurashda faqatgina “Biz korrupsiyaga qarshimiz” degan jumlaning o`zi yetarli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |