Biz vatanga qoyamiz, mustahkam himoyamiz
Download 0.49 Mb.
|
2 5453895196406187096
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston qurolli kuchlarning 22 yilligiga bag‘ishlangan “BIZ VATANGA QOYAMIZ, MUSTAHKAM HIMOYAMIZ” mavzusida tayyorlangan adabiy
- Ro’ziqulov Faxriddin Rasulovichga
- 1- boshlovchi
Aim.uz
O‘zbekiston qurolli kuchlarning 22 yilligiga bag‘ishlangan “biz vatanga qoyamiz, mustahkam himoyamiz” BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIRLAR SENARIYSI O‘zbekiston qurolli kuchlarning 22 yilligiga bag‘ishlangan “BIZ VATANGA QOYAMIZ, MUSTAHKAM HIMOYAMIZ” mavzusida tayyorlangan adabiy-badiiy kecha dasturi. Davlat madhiyasi. 2:30 minut Sahna ortidan: 1- boshlovchi: So’z Institut rektori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent ustozimiz Ro’ziqulov Faxriddin Rasulovichga (tabrik) 10 minut Qancha diyorlarda sayr etib yurdim Qancha manzillarda tuzdim men oshyon Va buyuk hikmatga axir yuz berdim Siylangan joyida azizdir inson Yurtim, senda ekan nasibam tugal Sen o‘zing maskanim, sen o‘zing shonim Sen onam, sen singlim, yorimsan azal Ey jonim jahonim O‘zbekiston.
2. Bugun 14-yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari” kuni. Bayram munosabati bilan sizlarni “Biz vatanga qoyamiz, mustahkam himoyamiz” bayram tadbirida ko‘rib turganimizdan g‘oyatda xursandmiz. 3. Tinch hayotimiz musaffo osmonimiz jajji bolalarimizning quvnoq kulgusi, ota-onalarimizning osuda umr kechirishi, olloh taolo bergan mana shunday hayotning, uni sarab-avaylash, ko‘z qorachig‘iday saqlash barchamizning avvalombor mard o‘g‘lonlarning qo‘lidadur. 4. Harbiy xizmatni o‘zining kasbi, vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi deb biladigan, butun hayotini Qurolli kuchlarimiz safida xizmat qilishga bag‘ishlagan o‘g‘lonlarimizning og‘ir xizmatini qadrlash, ularning tunu kun tinim bilmasdan o‘z harbiy mahoratini oshirish yo‘lida qilayotgan mashaqqatli mehnatini e’zozlash barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir. 5. Bugun yurtimizning barcha go‘shalarida ta’lim maskanlari, korxona va tashkilotlar, harbiy maktab va o‘quv yurtlarida, oilalar davrasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni katta bayram sifatida nishonlanmoqda. Ushbu kun munosabati bilan tabriklash uchun so‘z navbati Navoiy viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha” prorektor texnika fanlari nomzodi O.O.Suvonovga. 6. Sen ey Alpomishdan saboqlar olgan Shiroqdan qosh olgan qaboqlar olgan Sohibqiromindan sadoqlar olgan Sen kabi qo‘rg‘ondan o‘q o‘tmagaydir. Boshlang‘ich ta’lim kursi tinglovchisi Jumayeva Shaxzoda sizlarni bayram bilan qutlaydi. 7. Deydilar qahrli bahodirlar ham Janglarda jon berar chog‘i mardona Behad azoblarga chidab so‘nggi dam Bitta so‘z demishlar shivirlab ona Bisyor bo‘lsa agar bol ham boqadr Takror aytilganda rangsizdir kalom Bu yorug‘ olamda vatan bittadir Bittadir dunyoda ona degan nom. Sahna ko‘rinishi. Ijro etadi. Milliy g‘oya kursi tinglovchilari. 8. Partalar oralab o‘tadi umr O‘chirib qoralab o‘tadi umr Bag‘rini poralab o‘tadi umr Ajib hayoti bor o‘qituvchining Yuragi daryodan dengizlardan keng Mehnati tarixga asrlarga teng Zaxmatkash qalbiga tasannolar deng Ajib hayoti bor o‘qituvchining.
Qashshoqlik martaba quvonch qayg‘ular Unutilib borar muhabbat dardi Unutilib yillar yo‘llar tuyg‘ular. Qirq yillik adovat unitilib sekin Unitilar hatto yurakdagi darz Yaxshilarning mahri unitilmas lekin Unitilmas ular oldidagi qarz. Bayram bilan sizlarni matematika kursi tinglovchisi ustoz Egamova Guliston tabriklaydi. 10. Shuning bilan bugungi tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat. O, ota makonim onajon o‘lkam O‘zbekiston jonim tushay soyangga Senday mehribon yo‘q, seningdek ko‘rkam Rimni alishmasman badapoyangga. Assalomu alaykum bugungi bayram tadbiriga tashrif buyurgan hurmatli mehmonlar. Avvalambor barchangizni qutlug‘ ayyom Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etishga ruxsat bergaysizlar. Xalqimiz armiya saflarida xizmat qilayotgan o‘z farzandlariga hamisha g‘urur va iftixor bilan qaraydi. Bugun O‘zbekiston zamonaviy qurol yarog‘ va texnika bilan ta’minlangan ixcham va harakatchan, bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan o‘z armiyasiga ega. Yurtni qo‘rg‘on bo‘lib asragan o‘g‘lon Vatanni orim deb saqlagan o‘g‘lon Sen o‘zing yov yengmas qo‘rg‘onsan qo‘rg‘on Vatan qo‘rg‘oniga darz etmagaydir. Sizlarni bayram bilan geografiya kursi tinglovchilari tabriklaydi. Istiqloling buyuk ne’mat yurtdoshim Asli u jondan ham qimmat yurtdoshim Uning bayrog‘ini qarog‘ingdek bil Muhammadga bo‘lsang ummat yurtdoshim O‘g‘lon bo‘lsang agar yurting uchun bo‘l Qurbon bo‘lsang agar yurting uchun bo‘l. Raqs ijro etadi, ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Usmonova Dilnozaxon. Keksalar dardiga darmon yigitlar Barnolar tilida doston yigitlar Chaqindek charaqlab ko‘rkni qoq yorib Parvozi bulutdek osmon yigitlar. Matematika kursi tinglovchisi Qurbonova Nozima ijrosida “Xalqim” qo‘shig‘i. Yurtim senga she’r bitdim bu kun Qiyosingni topmadim also Shoirlar bor o‘z yurtin butun Olam aro atagan tanho Ular sheri uchdi ko‘p yiroq Qanotida oltin diyori Bir o‘lka bor dunyoda biroq Bitilmagan dosdondir bari: Faqat ojiz qalamim manim O‘zbekiston Vatanim manim. Bayram bilan sizlarni Milliy g‘oya kursi tinglovchilari o‘z qo‘shiq va raqslari bilan qutlaydi. 1- boshlovchi: Mehnatsevar xalqimizning jonajon Vatanimiz ravnaqi yo’lidagi erishayotgan yutuqlari tobora ko‘payib, yurtimiz kundan-kun chiroy ochaversin. 2- boshlovchi: Har bir xonadonga tinchlik va omonlik, baxt-saodat, dasturxoniga qut-baraka, amalga oshirayotgan xayrli ishlariga omad tilaymiz. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling