Ko‘makchi fe`llar. Yozma yodgorliklar tilida ayrim fe`llar ko‘makchi fe`l vazifasida ham qo‘llanadi. Ko‘makchi fe`llarning mehim xususiyati, ular qo‘shma fe`l yasash uchun ham xizmat qiladi. Qo‘shma fe`llar ot yoki sifat bilan ko‘makchi fe`llar birikuvidan tuzilgan fe`llar ikki xil:
1) ot yoki sifat+ bol-qolipida tuzilgan fe’llar: qağan bol-xoqon bo‘l, yağї bol-yov bo‘l; 2) ot yoki sifat+qil-qolipida yasalgan fe’llar: qul qil- qul qil, urus qil- urush qil;
Ravishdosh bilan ko‘makchi fe`l birikuvidan tuzilgan fe`llar. Bunday fe`llar bar-, ber-, їd, elt-, qal-, kel ko‘makchi fe`llari ko‘magida tuziladi: adrїlu bar-ayrilib ket, uča bar-vafot et, tezip bar-qochib ket.
Hozirgi o‘zbek tilida e- to‘liqsiz fe`l bo‘lib, u edi, ekan, emis, emas, esa singari shakllarda amal qiladi. To‘liqsiz fe`lning edi, ekan, emis shakllari alohida qo‘llanilmaydi, fe`llar bilan qo‘llanilganda harakat-holatning davomiyligini bildiradi. Otlar bilan qo‘llanilganda esa uni kesimga aylantiradi.
Yordamchi so‘zlar taraqqiyoti
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida uyushiq bo‘laklar hamda juft so‘zlarda ishlatiladigan va yoki –u bog‘lovchilarning o‘rnida qadimgi turkiy tilda …li …li bog‘lovchisi qo‘llanilgan. Misol : Saqintїm, turuq buqalї samiz buqalї arqda bilsar, samiz buqa, turuq buqa tayin bilmaz armis. –(So‘ng) o‘ylab qoldim:“(Birov) turuq buqa deya bilmas emish [ya`ni semiz bilan turuq buqani ajratolmas ekan]” (Tonyuquq 5-6).
Hozirgi “goho” bog‘lovchisining o‘rnida ara bog‘lovchisi qo‘llanilgan. Hozirgi o‘zbek tilida –ki bog‘lovchisi ergash gapni bosh gapga bog‘lashga xizmat qiladi. O‘zbek tilshunosligida –ki bog‘lovchisi fors tilidan o‘zlashgan, sodda gaplari –ki bog‘lovchisi bilan birikkan qo‘shma gaplarni forsiy qolipda yuzaga kelgan, deb qarovchilar ham bor.
Ko‘makchilar. Ko‘makchilar vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon va shu kabi munosabatlarni bildirish uchun qo‘llanadigan so‘zlardir. Yodgorliklar tilida birla~ bila, učün, uza~uzra, ičra, ičinda, ara, basa, qat, burun, tegin ko‘makchilari qo‘llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |