Biznes – reja ( Uch yil uchun ) Loyiha rahbari
-bob. Investorlarga subsidiya ajratish tartibi
Download 375.5 Kb.
|
SAFAROVA GULRUXSORA
2-bob. Investorlarga subsidiya ajratish tartibi
7. Investorlarga subsidiya 1 marotaba ajratilib, uning miqdori kelgusi yil uchun Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili indeksatsiya qilgan holda: 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million so‘mni; 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million so‘mni tashkil etadi. 8. Investorlar subsidiya ajratilishi uchun Qo‘mitaga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda subsidiya olish to‘g‘risida ariza (keyingi o‘rinlarda ariza deb ataladi) bilan murojaat qiladi. 9. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ariza beruvchining — yuridik shaxs bo‘lgan investorning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va tijorat bankidagi hisobraqami rekvizitlari; Oldingi tahrirga qarang. mehmonxona shartnoma asosida boshqa yuridik shaxsga ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda — investor va ishonchli boshqaruvchi o‘rtasida belgilangan tartibda tuzilgan mol-mulkni ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi; Qo‘mita huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan arizachiga, mehmonxona ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda — ishonchli boshqaruvchiga taqdim etilgan 3 yoki 4 yulduzli mehmonxona toifasi ko‘rsatilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi; (9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son) Oldingi tahrirga qarang. ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma. (9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son) Oldingi tahrirga qarang. 10. Ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq taqdim etilishi belgilangan muvofiqlik sertifikatini investor yoki ishonchli boshqaruvchi tomonidan olinishida ushbu jarayonga xizmatlar sohasidagi xorijiy “Katta to‘rtlik” kompaniyalarini jalb etish (keyingi o‘rinlarda xorijiy kompaniya deb ataladi) sertifikatlashtirishning majburiy sharti hisoblanadi. (10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son) Xorijiy kompaniya yoki uning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar sertifikatlashtirish shartnomasiga kiritiladi. Xorijiy kompaniya yoki uning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tashkilotning tanloviga asosan Qo‘mita tomonidan jalb etiladi. 11. Qo‘mita ariza kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kunida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini o‘rganib chiqadi. 12. Arizani o‘rganib chiqishda qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkazish talab etilsa, Qo‘mita ariza beruvchini yozma shaklda yoki elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi hamda arizani o‘rganib chiqishni qo‘shimcha 10 ish kuniga uzaytirishi mumkin. 13. Qo‘mita arizani o‘rganib chiqib, bir ish kunida subsidiya berish yoki subsidiya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va ushbu qaror nusxasini ariza beruvchiga qaror qabul qilingan kuni yuboradi. Ariza beruvchiga subsidiya berish to‘g‘risidagi qarorda subsidiya miqdori, davri, mehmonxona nomi, yulduz toifasi va xonalar fondi, joylashgan joyi (pochta manzili) va uning kadastr raqami, subsidiya olayotgan investor -yuridik shaxs nomi va STIR raqami, tijorat bankidagi hisobraqami ko‘rsatiladi. Mazkur qaror nusxasi qaror qabul qilingan kundan boshlab, bir ish kunida Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Moliya vazirligi deb ataladi) yuboriladi. 14. Ariza beruvchiga subsidiya berish rad etilgan taqdirda, subsidiya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar aniq ko‘rsatib o‘tilgan subsidiya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror arizachiga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida yuboriladi. Ariza beruvchi qarorni olgan kundan boshlab, ko‘pi bilan ikki oy davomida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Qo‘mitaga takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin. 15. Subsidiya berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin: ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar va ma’lumotlar to‘liq hajmda taqdim qilinmaganligi; ariza beruvchi ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasligi. Subsidiya berishni ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilmagan asoslar bo‘yicha rad etish mumkin emas. 16. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Qo‘mita tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda yangi asoslar bo‘yicha subsidiya berishni rad etish mumkin emas. 17. Ushbu Nizomning 14-bandi 2-xatboshisida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi. Download 375.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling