O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek turizm sohasi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorlarida faol targ‘ibot qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda bir oy muddatda mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturni qo‘llab yuritishni ko‘zda tutuvchi turistik (mehmonxona) yig‘im tushumini nazorat qilish mexanizmini joriy qilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 10-oktabrdagi 288-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil 10-son, 73-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-mart,
137-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Do'stlaringiz bilan baham: |