Biznes – reja ( Uch yil uchun ) Loyiha rahbari
-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
Download 375.5 Kb.
|
SAFAROVA GULRUXSORA
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
6. Jamg‘arma mablag‘laridan har yili Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq ravishda foydalaniladi. Oldingi tahrirga qarang. 7. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: a) turizm sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish; b) turizm infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash; v) turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish, shu jumladan sohaviy xorijiy o‘quv markazlarida va ta’lim muassasalarida stajirovkalardan o‘tish; g) hududlardagi salohiyatli turizm obyekti va maskanlarini birlamchi choralarni ko‘rgan holda turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targ‘ib qilish; e) xorijiy turizm yarmarkalarida, ko‘rgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish; j) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turistik Tashkiloti (YNVTO)ga a’zolik badallari to‘lash; z) Qo‘mita, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari va “Ipak yo‘li ofisi” UK faoliyatini moliyalashtirish, vakillik xarajatlari va sovg‘alar xarid qilish; i) Qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; k) Qo‘mita tomonidan davlat unitar korxonalarining ustav jamg‘armalarini shakllantirish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun to‘lov; l) O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun jalb etilgan kreditlarni va ular bo‘yicha foizlarni qaytarish; m) Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining davlat unitar korxonalariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, a’zolik badallarini to‘lash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq to‘lash uchun xorijiy valyutada mablag‘lar ajratish; n) Turizmni rivojlantirish instituti hamda Kongress va ko‘rgazmalar markazi faoliyati moliyalashtirish; o) “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomalarini tayyorlash hamda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash; p) nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini rag‘batlantirish, turizm sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, faoliyati turizm sohasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jamoat tashkilotlarining xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini Qo‘mita raisining qarori bilan to‘lab berish; r) Hukumat topshiriqlari asosida turizm sohasidagi tadbirlar bilan bog‘li bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish (qoplash); s) turizm sohasida tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan yosh tadbirkorlarni rag‘batlantirish. Mazkur rag‘batlantirish shartlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi; t) O‘zbekistonning turistik salohiyatini tashqi bozorlarga va respublika hududida har chorakda quyidagi hisob raqamlarga mablag‘lar o‘tkazish orqali ilgari surish: Jamg‘armaga o‘tgan chorak yakunlari bo‘yicha tushgan umumiy mablag‘larning — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUKga — 20 foizi miqdorida; Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga o‘tgan chorak mobaynida tegishli hududdagi joylashtirish vositalariga joylashtirilgan xorijiy fuqarolarning tunab qolish soniga mutanosib ravishda — 5 foiz miqdorida; O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga qo‘shni davlatlar, MDHning boshqa davlatlari va uzoq xorij mamlakatlaridan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan respublikaga kelgan xorijiy fuqarolar sonining o‘sishi asosida — 10 foizi miqdorida. Ajratmalar miqdori Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining qarori bilan ularning ish samaradorligiga qarab o‘zgartirilishi mumkin; u) O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar (diplomatik vakolatxonalarning hisobiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy valyutada po‘l o‘tkazish yo‘li bilan), shu jumladan, B2B uchrashuvlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida xorijiy delegatsiya vakillarining xarajatlarini qoplash; Oldingi tahrirga qarang. f) Jamg‘armaga turistik (mehmonxona) yig‘imdan kelib tushadigan mablag‘larning 10 foizini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni ta’minlash jamg‘armasiga o‘tkazish. (7-bandning “f” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son) 8. Qo‘mita raisi Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi. Download 375.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling