Biznes – reja ( Uch yil uchun ) Loyiha rahbari


Download 375.5 Kb.
bet3/19
Sana16.06.2023
Hajmi375.5 Kb.
#1504985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
SAFAROVA GULRUXSORA

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) huzurida yuridik shaxs maqomisiz, mablag‘lardan keyinchalik turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish uchun ularning jamlanishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari
3. Jamg‘arma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari ko‘rsatuvchi obyektlar) undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imdan tushumlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son)
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
xayr-ehson qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar bo‘yicha tushumlar;
turistik (mehmonxona) yig‘im o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun undirilgan penya.
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari Jamg‘armaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar Qo‘mita tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)

Download 375.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling