Biznes – reja ( Uch yil uchun ) Loyiha rahbari
Investorlarga Davlat budjeti hisobidan subsidiya ajratish va tashkilotlarni qisman moliyalashtirish
Download 375.5 Kb.
|
SAFAROVA GULRUXSORA
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga
- Subsidiya olish to‘g‘risida ARIZA
- Franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qisman moliyalashtirish uchun ARIZA
- Mehmonxona sohasiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Investorlarga Davlat budjeti hisobidan subsidiya ajratish va tashkilotlarni qisman moliyalashtirish
SXEMASI Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi Nizomga 2-ILOVA
Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi Nizomga 3-ILOVA
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2019-y., 09/19/433/3223-son; 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Mehmonxona sohasiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Zamonaviy mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish va mehmonxona komplekslaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha mehmonxona komplekslaridagi davlat aktivlarini (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) investorlar tomonidan ularni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish majburiyatini olgan holda ommaviy savdolarda sotish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi balansda turgan tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda, belgilangan tartibda, obyektlarni baholash va ommaviy savdolarga qo‘yishni ta’minlasin. Oldingi tahrirga qarang. 3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi: (3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son) potensial, shu jumladan, xorijiy investorlarni keng xabardor qilish va obyektlarni sotib olishga jalb etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsinlar; obyektlarni sotish yakunlariga ko‘ra har bir obyektni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqishda ko‘maklashsinlar. 4. Davlat mulklarini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi (S.R. Xolmuradov) ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan mehmonxona komplekslaridagi davlat aktivlarini, qonunchilikda belgilangan tartibda, investorlarga sotilishini ta’minlasin. Oldingi tahrirga qarang. 5. Belgilab qo‘yilsinki, obyektlarni sotishda sotib olish to‘lovlarini to‘lashning maksimal muddati to‘lovlarni teng ulushlar bilan har chorakda to‘lagan holda 3 yilni tashkil qiladi. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son) 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi zimmasiga yuklansin. Download 375.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling