Biznes – reja ( Uch yil uchun ) Loyiha rahbari
Download 375,5 Kb.
|
SAFAROVA GULRUXSORA
BINO ICHKI SXEMASI.
Asosiy binoga kirish eshiklari uchta. Kirgandan so’ng chap tomonda adminstratsiya ya’ni reseption joylashgan , o’ng tomonda bar joylashgan. O’rta qismda mehmonlar dam olishi uchun, kutish joylari yaratilgan. Zal sharqona usulda bezatilgan. Balandligi 9 metr o’rtada katta gumbaz joylashgan. Asosiy bino ikki tomonida ikkita lift joylashgan. Liftlar o’rtasida zina ya’ni ikki tomondan ko’tarilish bitta zinaga qo’shilib ketadi. Ushbu chizmada yuqorida aytilgan narsalarni ko’rishimiz mumkin. Chap tomondagi binoda fotosesiya , erkaklar va ayollar salonlari va foto operator joylashgan. O’ng tomondagi binoda 3 ta billiard zali va sport zali mavjud. Mehmonxonda 40 xona mavjud. 20 ta standart 10 lyuks 10 pollyuks Standart xona imkoniyati: xona kengligi 9 kv.m 1ta dush kabina, 1 ta smart televizor, 1 ta mini muzlatkich, 1 ta konditsaner va internet bilan taminlangan . Lyuks xona imkoniyati xona: kengligi 10 kv.m , alohida televizor xonasi, kirishda va yotoqda 1 tadan dush kabinasi , 1 ta smart televizor, 1 ta mini muzlatkich, 1 ta konditsaner va internet bilan taminlangan va bollar xonasi mavjud bo’ladi. Pollyuks xona imkoniyati xona: kengligi 10 kv.m , alohida televizor xonasi, kirishda va yotoqda 1 tadan dush kabinasi , 1 ta smart televizor, 1 ta mini muzlatkich, 1 ta konditsaner va internet bilan taminlangan Binoning pastki qismida qishki basseyn va sauna joylashgan. Mehmonxonada 30 kishiga mo’ljallangan konferensiya zali mavjud. Konferensiya zali yonida kofebreak ya’ni ovqatlanish joyi ham mavjud. Konferensiya zali zamonaviy jihozlangan bo’lib hamma imkoniyatlarga ega , internet bilan bog’langan katta manitor va juda bejirim bezatilgan zalga ega. Zalning 3 dan 2 qismi panaramik oynalardan iborat bu esa xonada oynalari oldida pardalar bo’lmasa ham qorayish imkonini beradi. Shisha stollar zalga o’zgacha ko’rinish beradi. Mehmonxonada 150 lik kishiga mo’ljallangan restaran ham mavjud. Bu restaran faqatgina mehmonlar uchun emas, balki chetdan keluvchi mijozlarga ham xizmat ko’rsatadi. Restaran 2 qavatdan iborat 1- qavat yil yopiq ,2- qavat esa ochiq osmon ostida tashkil qilinadi. Asosiy binoning tom qismida mehmonlar uchun yashil maydon tashkil etiladi. Mehmonxonada mehmonlar qimmatbaho buyumlarini va mablag’larini saqlash maqsadida binoning yer osti qismida seyf mavjud bo’ladi va qo’riqlanadi.
Download 375,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling