Biznes – reja ( Uch yil uchun ) Loyiha rahbari
ASOSIY QISM “HUMO hotel”
Download 375.5 Kb.
|
SAFAROVA GULRUXSORA
ASOSIY QISM
“HUMO hotel” qurilishi rejalashtirilgan maydon Surxondaryo viloyati Termiz tumani Uchqizil yer maydoni. Ushbu maydon shaharning shimoliy qismida joylashgan. Hududiy joylashuvi yaxshi ,shahar markazidan 4 km uzoqlikda joylashgan. Ushbu maydon shahar markazidan uzoq bo’lmagan joyda joylashgan. Tinch va manzarali hudud. Ajoyib lanshaftga ega. Qurilishi rejalashtirilgan bino umumiy yer maydoni 6189 m.kv. Asosiy bino sakkiz qavatdan iborat. Ikki yon tomonidagi binolar besh qavatdan iborat. Asosiy bino tom qismida kelgan mehmonlar dam olishlari uchun dam olish maydoni yaratilgan. Chap tomondagi qo’shimcha bino 5 – qavatida 30 kishiga mo’ljallangan konfrensiya zali va konfrensiya qatnashchilari uchun tamaddi qilish uchun joy yaratilgan. O’ng tomondagi binoning 5 – qavati va tom qismida mehmonxona restarani mavjud. Zilzila bardoshliligi 9 ball. Binolarga kirish eshiklari 4 ta. Birinchisi oldi tarafida, ikkinchisi orqa tarafida qolgan ikkitsi chap va o’ng tomondagi binolar yon tomonida joylashgan. Bino ustki fasad qismi kuydirilgan oynalar va alikafondan iborat bo’ladi. Fasad qismida ishlatiladigan oynalar qalinligi 4 yoki 5 sm bo’ladi. Ikkita yon tomonidagi binolar asosiy binoga jipslashtirilgan holatda bir qilib quriladi, bu esa bino mustahkamligini oshiradi o’zgacha ko’rinish bahsh etadi. Binoning fasadi tunda ajoyib ko’rinishi uchun sveta muzika qo’yiladi bu esa mehmonlarga ozgacha zavq bag’ishlaydi. Binoda 3 ta lift mavjud. Ikkitasi asosiy binoning orqa tarafida joylashan tashqi lift hisoblanadi. Uchinchisi esa og’ir buyumlar uchun mo’ljallangan lift hisoblanadi. Buni binoning orqa tomondan tushirilgan tasvirida ko’rishimiz mumkin. Orqa qismida oynalarning katta hajmda qo’yilishiga sabab bunda mehmonxona yo’laklari , zina va lift joylashadi. Mehmonxona binosining old qismida katta favvora joylashadi. Mayonning orqa qismida yozgi basseyn mehmonlar uchun badmington maydoni, stol tenis maydonlari yaratiladi. Download 375.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling