Biznes – reja ( Uch yil uchun ) Loyiha rahbari


Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 375.5 Kb.
bet9/19
Sana16.06.2023
Hajmi375.5 Kb.
#1504985
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
SAFAROVA GULRUXSORA

Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.U. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-may,
433-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 433-son qaroriga
ILOVA
Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi
Nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yangi mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini (keyingi o‘rinlarda mehmonxonalar deb ataladi) qurib, 2019-yil 5-yanvardan boshlab 2022-yil 1-yanvarga qadar foydalanishga topshirgan tadbirkorlik subyektiga (keyingi o‘rinlarda investor deb ataladi) ushbu mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) mablag‘ ajratish, shuningdek, 2019-yil 5-yanvardan boshlab taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish bo‘yicha franchayzing to‘g‘risida shartnoma tuzgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) qisman moliyalashtirish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


Oldingi tahrirga qarang.

Download 375.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling