Biznes – reja ( Uch yil uchun ) Loyiha rahbari
-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
Download 375.5 Kb.
|
SAFAROVA GULRUXSORA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Yakunlovchi qoida
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
9. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 10. Qo‘mita raisi va bosh buxgalteri buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi, Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi. 11. Qo‘mita Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi. 12. Jamg‘armaning hisobot yilida foydalanilmagan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va xorijiy valyutada jamg‘arib boriladigan maxsus hisob raqamida qoladi. 13. Qo‘mita raisi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javob beradi. 5-bob. Yakunlovchi qoida 14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 137-son qaroriga 2-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Oldingi tahrirga qarang. joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlarini ko‘rsatadigan boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti; (2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son) Oldingi tahrirga qarang. turistik (mehmonxona) yig‘im — joylashtirish vositalari va davolash muassasalari 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq miqdorlarda ular yashagan har bir kun uchun undiradigan yig‘im. To‘liq bo‘lmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yig‘im to‘liq yashalgan kun miqdorida undiriladi. Bunda turistik (mehmonxona) yig‘im, shuningdek: palatkali lagyerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashashni tashkil qilgan turizm faoliyati (turizm operatorlari) subyektlari tomonidan yashovchilardan ham undiriladi; O‘zbekiston Respublikasiga 30 kungacha keladigan xorijiy fuqarolarni qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarida yashash maydoni taqdim etgan jismoniy shaxslar tomonidan; Oldingi tahrirga qarang. mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagyerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar tomonidan tijorat banklarining filiallari, turistik axborot markazlari va elektron axborot tizimlari orqali to‘lanadi; (2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son) Qo‘mita — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi; Oldingi tahrirga qarang. Jamg‘arma — Qo‘mita tomonidan, yuridik shaxs maqomisiz, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlarini ochish orqali tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; (2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son) Download 375.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling