Biznes – reja ( Uch yil uchun ) Loyiha rahbari


Download 375.5 Kb.
bet6/19
Sana16.06.2023
Hajmi375.5 Kb.
#1504985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
SAFAROVA GULRUXSORA

Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma maxsus hisob raqamlari — Jamg‘armaga tushadigan mablag‘larni jamlash uchun Qo‘mita tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi jamg‘arib boriladigan maxsus hisob raqamlar.
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Joylashtirish vositalari:
Oldingi tahrirga qarang.
faqat turistik (mehmonxona) yig‘imni undirishdan tushadigan tushumni jamlash va uni keyinchalik Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazish uchun foydalaniladigan, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochishga;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish uchun turoperatorlik va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan va undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imdan tushadigan tushumlar o‘tkaziladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqni shartnoma rekvizitlarida alohida ko‘rsatishga;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishda yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lov uchun hisob (invoys, kvitansiya, hisob-faktura) hamda mehmonxona xizmatlari qiymati va yashagan kunlari uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yig‘imning umumiy miqdorini ko‘rsatgan holda mehmonxona xizmatlari ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-faktura, bajarilgan ishlar va/yoki ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnomasi) berishga;
Oldingi tahrirga qarang.
turistik (mehmonxona) yig‘im undirilishi lozim bo‘lgan, joylashtirish vositalarida yashovchi jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning sonini, ularning yashash kunlari sonini hamda Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan milliy valyutadagi miqdori hisobini yuritishga;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Oldingi tahrirga qarang.
joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) qo‘llagan holda turistik (mehmonxona) yig‘im undirilishi lozim bo‘lgan, amalda yashayotgan jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qo‘mitaga o‘z vaqtida taqdim qilishga;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mitaga taqdim qilingan ma’lumotlarga muvofiq, o‘tgan oy mobaynida ularga tushgan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini, to‘liq hajmda Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga har joriy oyning 5-sanasigacha o‘tkazilishini ta’minlashga majburdirlar. Bunda ko‘rsatilgan muddatga joylashtirish vositalari shaxsiy mablag‘lari hisobidan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini jismoniy shaxslardan to‘liq bo‘lmagan hajmda (noto‘g‘ri) undirish natijasida shakllangan qarzdorlikni to‘lab beradi.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davolash muassasalari ushbu bandning ikkinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilariga muvofiq chora-tadbirlarga rioya etishga majbur;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nizomning mazkur bandida ko‘rsatilgan majburiyatlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi uchun mas’uliyat joylashtirish vositalarining rahbarlari va bosh buxgaltyerlari zimmasiga yuklanadi va davolash muassasalari.
(4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi har oyning 10 sanasigacha joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilar hisobini yuritishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini qo‘llagan holda taqdim etilgan ma’lumotlar asosida joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalari o‘tgan oy yakunlari bo‘yicha haqiqatda yashagan va ular uchun turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini o‘tkazishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotlarni shakllantiradi. Mazkur ma’lumotlar joylashtirish vositalari va davolash muassasalari bo‘yicha shakllantiriladi va Jamg‘armaning maxsus hisobraqamlariga undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorining to‘liq tushishini tekshirish uchun foydalaniladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Turistik (mehmonxona) yig‘im miqdori Jamg‘arma maxsus hisobraqamiga o‘z vaqtida yoki to‘liq o‘tkazilmaganligi uchun joylashtirish vositalari va davolash muassasalari kechiktirilgan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yig‘im o‘tkazilmagan miqdorning 0,05 foizi, biroq qarzdorlik umumiy miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydilar;
Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagyerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini o‘z vaqtida yoki to‘liq to‘lamasa, O‘zbekiston Respublikasidan chiqishda Dastur ma’lumotlari asosida turistik (mehmonxona) yig‘imning to‘lanmagan qismi uchun o‘n baravar miqdorida jarima to‘laydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
7. Qo‘mita Jamg‘armaning maxsus hisob raqamlariga turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini to‘liq tushishini ta’minlash maqsadida, turistik (mehmonxona) yig‘im bo‘yicha qarzdorlikni va Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilmagan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdori uchun penyalarni undirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalari undiradigan ularning maxsus hisobraqamiga tushgan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdori joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalarining tushumi (foydasi) hisoblanmaydi, ulardan daromad solig‘i (yagona soliq to‘lovi), boshqa majburiy yig‘imlari hamda to‘lovlar olinmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
9. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


ilova

Download 375.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling