Erkin bojxona hududi - bojxona nazoratisiz va boj to‘lovlari undirilmagan holda mahsulotlarni erkin olib kirish mumkin bo‘lgan hudud.
Erkin iqtisodiy hudud - davlat bojxona chegaralarining alohida ajratilgan qismi. Erkin iqtisodiy hudud deb e’lon qilingan joy xo‘jalik masalalarini hal etishda to‘la erkin, alohida tartibda boshqariladi, mahalliy va chet el firmalari uchun faoliyat yuritishning imtiyozli tartibi joriy etilgan bo‘ladi.
Yuridik shaxs - fuqaroviy huquqiy munosabat ishtirokchilaridan biri, tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati yuritish shakllaridan biri. Yuridik shaxs, bu - fuqarolik muomalasida ishtirok etuvchi korxona va tashkilotlarning huquqiy maqomi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasida yuridik shaxs tushunchasi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra: xo‘jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo‘lgan, o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulklari bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki namunaviy ega bo‘la oladigan hamda ularni amalga oshiriladigan, majburiyatlarni o‘tay oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilotlar yuridik shaxs sanaladilar. Yuridik shaxslar tijorat, tijoratsiz tashkilotlarga bo‘linadi. Yuridik shaxslar o‘z ustav (nizom)lariga asosan ish olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |