Biznes boshqaruv asoslari
Maxsus iqtisodiy qonunlar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiqtisodiy qonunlar
Maxsus iqtisodiy qonunlar — bu muayyan sotsial-iqtisodiy tizim doirasida amal qiladi. Ular
aniq tarixiy xo’jalik shaklining rivojlanish qonunlaridir. Masalan, quldorlik, krepostnoylik, «sotsialistik» taqsimot qonuni va boshqalar. Alohida yoki davriy-oraliq qonunlar. Bularga amal qilish sharoiti saqlangan tarixiy davrlarga xos bo’lgan qonunlar kiradi. Bu qonunlar maxsus tizimlarga aloqasi bo’lmagan holda turli sotsial-iqtisodiy tizimlarni birlashtirib, bog’lab turuvchi munosabatlarga xosdir. Masalan, bozor iqtisodiyotiga xos qonunlar tom ma’nosi bilan shu guruhga kiradi. Umumiqtisodiy qonunlar. Bu — jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida, iqtisodiyotni aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar amal qiluvchi qonunlardir. Ular odatda, jamiyatning olg’a qarab rivojlanish jarayoniniifodalaydi. Masalan, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, vaqtni tejash, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va oshqalar. qtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o’rtasidagi aloqalar o’rganilayotganda ma’lum antiqiy tushunchalar—kategoriyalarga tayaniladi. Iqtisodiy kategoriyalarni iqtisodiy qonunlardan farq qilish zarur. Qamiyat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlarini ifodalovchi nazariy (mantiqiy) tushunchalar iqtisodiy kategoriyalar deb ataladi. Ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasidir. Masalan, talab va taklif, bozor, kredit va hokazolar. Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy qonunlarga o’xshash maxsus alohida (davriy-oraliq) umumiy kategoriyalarga bo’linib, ayrimlari iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga xos bo’lsa, ayrimlari uzoq tarixiy davrga xos, boshqalari barcha bosqichlarga xos. Iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boradi, bir munosabat o’rniga boshqasi keladi. Boshqa bir munosabat tubdan yangilanmasa-da, u boyib boradi, uning yangi qirralari paydo bo’ladi. Shu sababli iqtisodiy nazariyada yangi kategoriyalar paydo bo’ladi. Qo’llanilayotgan kategoriyalarning mazmuni kengayadi. Masalan, diversifikatsiya, infrastruktura, integratsiya va hokazo. Nazariy kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga kirishidan qat’i nazar yaxlitlikda olib o’rganadi. Kategoriya va qonunlar tizimi iqtisodiyotga xos bo’lgan barcha bir-birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan bog’liq qonunlar va kategoriyalar majmuasidir. Xo’jalik yuritish jarayonida kishilar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar o’rnatiladi. Bu munosabatlar ma’lum tizim tarzida namoyon bo’ladi. Taniqli iqtisodchi V. Leontevning fikriga ko’ra, har bir mamlakatning iqtisodiyoti bu katta bir tizim bo’lib, o’z ichiga turli-tuman faoliyat turlarini qamrab oladi. Iqtisodiy faoliyat ma’lum iqtisodiy tizim sharoitida amalga oshadi. Iqtisodiy tizimga iqtisodchilar turlicha ta’rif berishadi. Masalan, P. Gregori va R. Styuartlarning fikricha, iqtisodiytizim — bu ma’lum geografik hudud doirasida ishlab chiqarish, daromad va uni taqsimlashga doir qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish mexanizmlari va institutlari (tartiblari) majmuidir. F. Prayor bo’lsa, iqtisodiy tizim iqtisodiy jihatdan o’zini tutish va uning natijalariga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiluvchi barcha institutlar, tashkilotlar, qonun va qoidalar, e’tiqod, pozitsiya, an’analar, baholar, taqiqlar va axloqiy sxemalarni o’z ichiga ladi, deb ta’riflaydi. Professor A. O’lmasov iqtisodiy tizimga quyidagilarni kiritadi: a) iqtisodiy resurslar; b) iqtisodiy aloqalar yoki munosabatlar; v) iqtisodiy mexanizm; g) iqtisodiy siyosat.1Iqtisodiy mexanizm — bu iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi va bir-birini taqozo tuvchi vositalar bo’lib, unga iqtisodiy stimullar (raƒbat beruvchi kuchlar), ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste’molni tashkil etish, iqtisodiy faoliyatningixtisoslashuvi, iqtisodiy faoliyat kooperatsiyasi va xo’jalik aloqalarini o’rnatish usullari kiradi. Ma’lumki, ijtimoiy mehnat taqsimoti va uning chuqurlashib borishi bilan iqtisodiy aloqalar murakkablashadi. Turli-tuman xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning vujudga kelishi va rivojlanishi yuz berali. Natijada ular o’rtasida munosabatlar, aloqalarni tartibga solishning zarurati kelib chiqadi. Buning uchun maxsus siyosiy, huquqiy, qtisodiy mexanizmlar yaratiladi. Ular bir butun holda jamiyatning sotsial-iqtisodiy tizimini shkil etadi. Xo’p, tizim deb o’zi nimaga aytamiz? Tizim deb turli elementlar, qismlardan iborat o’zaro zviy boƒlangan, ma’lum tartib asosida tarkib topgan butunlikni tushuniladi. Iqtisodiy tizim jamiyatdagi turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun holda, muayyan tarzda tarkib topishi va tartibga solinishini ifodalaydi. Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar misoli zanjir bo’lsa, har bir xo’jalik, faoliyat yuritish sub’ekti ana shu zanjirning halqasi tarzida namoyon bo’ladi. Bu aloqalar,munosabatlar xo’jalik faoliyati yuritayotgan kishilar o’rtasida yuz beradi. Shuning uchun ham odatda ularni sotsial-iqtisodiy tizimlar deb yuritiladi. Iqtisodga oid adabiyotlarda iqtisodiy tizim va uning rivojlanish tendentsiyasiga turlicha yondashiladi. Ayrimlar, sotsial-iqtisodiy tizimlarga uning tarkibiy ismlarini umumiy jihatiga ko’ra rivojlanish tendentsiyasinianiqlash kerak, deyishadi. Chunki tizimlar rivojlanishining asosiy tendentsiyasi bu umumiylikka, unifikatsiyaga intilishidir. Boshqalari, iqtisodiy tizimlarni ularning farqlariga ko’proq ahamiyat berib o’rganish kerak, chunki ularning farqlari sifat jihatidan yangi xo’jalik tizimi vu-judga kelishigava iqtisodiy o’sishga olib keladi, deb hisoblashadi. Xozirgi dunyo turli-tuman iqtisodiy tizimlar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ular tarixiy davrlarda vujudga keladi, rivojlanadi, biri ikkinchisi bilan almashinadi. Jamiyat hayotini yaxshiroq tushunish uchun uning tarixiy taraqqiyot jarayonini bir butun holda ko’rib, rivojlanish bosqichlari, fazalarini tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Jamiyat taraqqiyoti, sotsial-iqtisodiy tizimlar va ularning almashinuviga nisbatan keng yoyilgan ondashuvlardan biri formatsion yondashuvdir. Formatsion yondashish asosida jamiyat tarixiy taraqqiyoti rivojlanishining qonuniy bosqichlari va moddiy ishlab chiqarishning besh usuli: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm ajratib ko’rsatiladi. Materialistik nazariyada tizimlar mulkiy, sinfiy mezonlar asosida qaralib, formatsiya deb ataladi. Ishlab hiqarish usuli iqtisodiy bazis — asos sifatida ajratilib, u ustqurma davlat bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani ifodalaydi. Ishlab chiqarish usulining o’zi ishlab chiqarish uchlari va ishlab chiqarish munosabatlaridan iborat. Ishlab chiqarish kuchlariishchi kuchi yoki oshqacha aytganda, ma’lum malaka va tajribaga ega kishilar hamda ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat ashyolaridan iborat. Ishlab chiqarish munosabatlari esa ishlab chiqarish vositalarigamulkchilik munosabatlari, ishlab chiqarish jarayonida sotsial guruhlarning tutgan o’rni, ular o’rtasida faoliyat ayirboshlash, yaratilgan mahsulotni taqsimlash, iste’mol munosabatlaridan iborat. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling