Biznes boshqaruv asoslari


Фойдаланиладиган адабиётлар рўйхати


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/163
Sana10.07.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1659408
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   163
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

 
Фойдаланиладиган адабиётлар рўйхати 
Асосий адабиётлар: 
1.L.R.Dabay and others/Principles of business/2012.600p. 
2.Jeef Madura/ Introduction to business/ Florida Atlantic University/Paradigma Publishing 
Inc. 2010.694p. 
12. Қўшимча адабиётлар 
61. 
Переверзев М. П., Шайденко Н. А., Басовский Л. Е. Менеджмент. - 2-е изд., 
переработанное. -М.: ИНФРА-М, «Высшее образование», 2011. - 330 с. 
62. Мескон М.Х. и др. Основы менеджмента.-М.: Вильямс, 2008.-672 с. 
63. Lawrence Mensah Akwetey. 
Business 
administration for students 
and 
managers//Sotsis. – 2011 
64. Robert C.Appleby. Modern business administration. Manual.– M: Gardarika, 2009 
 
Интернет сайтлари 
www.cbu.uz 
www.gov.uz 
www.lex.uz 
www.mf.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 Mavzu: Investitsiya strategiyasi va omonat 
 
1. Investitsiya strategiyasi va omonati 
2. Qimmatli qogʻozlar investitsiyasi 
3. Obligatsiya va umumiy fond 
4. Real investitsiyalar 
Yalpi talabning birinchi qismini tashkil etuvchi isteʻmol xarajatlari nisbatan barqaror 
boʻlsa, uning ikkinchi qismini tashkil etuvchi investitsiyalar aksincha oʻzgaruvchandir.
Investitsiya (kapital quyilmalar) – YaIMning eng muhim va tez oʻzgaruvchan komponenti.
Isteʻmol daromadlar bilan funktsional tarzda bogʻlangan. Davlat xarajatlari va sof 
eksportning oʻzgarishini oson taxmin qilish mumkin, lekin investitsiyalarni taxmin qilish juda 
qiyin, ular toʻsatdan oʻsib ketishi yoki aksincha tushib ketishi mumkin. Masalan AQShda buyuk 
depressiya vaqtida investitsiyalar 100% tushib ketgan. Iqtisodchilar jamgʻarmani investitsiyaning 
asosi deb qarashadi. Iqtisodiy nazariyada investitsiya deganda - kelajakdagi natija uchun: ishlab 
chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruktsiya qilish, mahsulot va xizmatlarni sifatini yaxshilash, 
malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga moʻljallangan moliyaviy 
resurslar tushuniladi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalar etakchi rolь oʻynaydi, sababi 
investitsiya orqali korxonalar kapital jamgʻarilishiga, natijada mamlakatning ishlab chiqarish
imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy oʻsishga erishiladi. Yalpi xarajatlarda investitsiyalar 
hissasi nisbatan uncha koʻp boʻlmasada (rivojlangan mamalakatlarda 15-18%) aynan 
investitsiyalar tufayli asosiy makroiqtisodiy siljishlarga erishiladi. Shu bilan birga jamgʻarish bilan 
investitsiya oʻrtasidagi muvozanat makroiqtisodiy muvozanatga erishishning eng muhim shartidir.
Ammo investitsiya bilan jamgʻarish oʻrtasidagi bogʻlanish jamgʻarma subʻektlari (egalari) 
investitsiya subʻektlari (qiluvchilar) bilan koʻpincha boshqa-boshqa ekanligi tufayli noaniq 
boʻladi. Shuning uchun ham davlat tomonidan taʻsir oʻtqazish maqsadga muvofiq boʻladi. 
Investitsiyaga ajratilgan pul mablagʻlari nominal investitsiyani tashkil etadi. Ana shu 
mablagʻlarni ishlatlishi natijasida erishilgan real natija real investitsiya deyiladi.
Real investitsiya quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin: 

ishlab chiqarish uchun yangi bino-inshootlar qurish; 

yangi texnika, texnologiya, uskunalar sotib olishi; 

uy-joy va madaniy-maishiy obʻektlar qurish; 

mutaxassis kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish. 
Odatda ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish uchun yangi korxonalar qurish, yangi 
texnologiyani joriy qilish, kommunikatsiyani rivojlantirish maqsadida kapital resurslariga 
investitsiya qilinadi. Kapital investitsiyalar uzoq muddat xizmat qilish, katta mablagʻ talab qilish, 
yaʻni qimmatligi, xarajatlarning uzoq muddatdan soʻng qoplanishi va investorga qaytishi bilan 
farqlanadi. Shuning uchun kapital resurslariga investitsiya katta xatar bilan bogʻliq. Xom ashyo, 
materiallar zaxirasi, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar zaxirasi uchun 
investitsiya ishlab chiqarishni oʻzluksizligini taminlashga yordam beradi. Ularga qilingan 
xarajatlar nisbatan tez qaytadi. Bir tomondan ehtiyojlarni yuksalib borishi ikkinchi tomondan, 
fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatishi)ni murakkablashib borishi insondan 
yuqori malaka va mahorat talab qiladi va borgan sari bu talab mezonlari yuksalib boradi. Natijada 
maʻlumot olish, tajriba toʻplash, malakaga ega boʻlish, sogʻlom boʻlish uchun borgan sari koʻproq 
kapital mablagʻlar talab qila boradi. Ana shu maqsadlarga sarflangan xarajatlar insoniy kapitalga 
investitsiya deb ataladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda ana shu yoʻnalishlarga muvofiq ravishda investitsiyalar: 

Asosiy kapitalga investitsiya 

Tovar-material zaxiralariga investitsiya 

Insoniy kapitalga investitsiya sifatida farqlanadi. 
Investitsiya kim tomonidan, qaysi mulk egasi tomonidan amalga oshirilishiga koʻra: 
Xususiy, nodavlat sektordagi investitsiya (tadbirkor, aktsionerlik jamiyati bino, inshoot 
quradi, asbob-uskuna sotib oladi); 


Ijtimoiy (davlat) sektoridagi investitsiya (masalan: davlatning yoʻl, metro, koʻprik, 
korxona, elektrostantsiya qurishi kabilar); Chet el investorlari tomonidan (xususiy, davlat) 
qoʻyilgan investitsiyaga boʻlinadi.Kapital resurslarga investitsiyaning oʻzi ikki turga boʻlinadi: sof 
investitsiya va modernizatsiya uchun investitsiya. “Sof yoki yangi” investitsiya bilan 
modernizatsiya uchun yoki eskirgan asosiy kapitalning oʻrnini toʻldirish uchun investitsiyalar 
yalpi investitsiya deb ataladi.
Yalpi investitsiya - eski asosiy kapitalni yangilash (amortizattsiya) + ishlab chiqarishni 
kengaytirish uchun asosiy kapitalni koʻpaytirishga sarflangan investitsiyadan iborat. 
Sof investitsiya – yalpi investitsiyadan asosiy kapital amortizattsiyasining ayirmasiga teng.
Agar sof investitsiya musbat kattalikni tashkil etsa iqtisodiyot rivojlanadi. 
Agar sof investitsiya nolga teng boʻlsa (investitsiya amortizattsiya summasiga teng), u 
holda iqtisodiyot turgʻunlikka yuz tutadi. 
Agar sof investitsiya manfiy miqdorga teng boʻlsa (investitsiya miqdori amortizatsiya
miqdoridan kam) u holda ishbilarmonlik faoliyati susayadi. 
Real jamgʻarilgan kapitalning oʻsishi farovonlikni ortishiga olib keladi. Shu jihatdan 
qarasak bugungi farovonlik kechagi investitsiyaning natijasi, bugungi investitsiya esa
jamiyatning ertangi farovonligini taʻminlaydi. 
Lekin jamiyat oldida doimo bugungi va ertangi isteʻmolni qancha boʻlishini echish
muammosi turadi. Jamiyat bugun qancha koʻp investitsiya qilsa, ertaga boyroq boʻladi, aksincha 
koʻproq isteʻmol qilinsa, kelajakda koʻproq isteʻmol qilish imkoniyati shuncha kamayadi. 
Xorijdan kapital qabul qiluvchi tomonidan investitsiya muhiti modelini ishlab chiqish har 
tomonlama asoslangan tashqi iqtisodiy aloqalarni aniqlab beruvchi vositadir. U orqali xorijiy 
investorga taʻsir koʻrsatuvchi omillar toʻgʻrisida aniq tushunchalarga ega boʻlish, xorijlik 
investorlarning hulq-atvorini har tomonlama anglash va mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqurroq 
baholash imkoniyati paydo boʻladi. Bu jarayonlarning barchasi respublikamizning boshqa 
davlatlar bilan dastlabki iqtisodiy munosabatlarini yoʻlga qoʻyish jarayonida chetdan kapitalni jalb 
qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.Xorijiy investitsiya ishtirokida amalga oshirilishi lozim 
boʻlgan loyiha va dasturlarni ishlab chiqishda nafaqat oʻz manfaatlari bilan chegaralanmasdan 
investorning maqsad va imkoniyatlari bilan hisoblashish alohida eʻtiborga loyiqdir. Investitsiya 
muhiti tushunchasi oʻzining murakkabligi va mukammalligi jihatidan makro va mikro iqtisodiyot 
darajasida koʻrib chiqiladi. Makroiqtisodiyot darajasida u kapitalni qabul qiluvchi mamlakatdagi 
mavjud siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlarni oʻz ichiga oladi.Makroiqtisodiyot darajasida 
yondashilganda xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat siyosati, halqaro shartnomalar shartlarini 
bajarish xorijiy mulkni milliylashtirish, turli masalalar boʻyicha halqaro shartnomalar tizimida 
ishtirok etish davlat boshqaruv tizimilarining mustahkamligi, siyosiy rahbariyatning muqarrarligi, 
davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi, iqtisodiy siyosatning mukammalligi, davlat 
apparatining ish samaradorligi, banklar tizimining takomillashuv darajasi, pul muomalasi va davlat 
byudjetining barqarorligi, davlatning ichki va tashqi qarzlari miqdori va boshqalar hal qiluvchi 
oʻrinda turadi. Investitsiya muhitiga kapitalni qabul qiluvchi mamlakatning qonunlarida aks 
ettirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar va xorijiy firmalarining faoliyatini chegaralovchi yoki 
taqiqlovchi omillardan tashqari, toʻliq aniqlanmagan baʻzi bir qoidalar va muvofiqlashtirilmagan 
jarayonlarning mavjudligi salbiy taʻsir etadi. Mikroiqtisodiyot darajasida investitsiya muhiti bir 
tomondan investor-firmasi va ikkinchi tomondan xorijiy investitsiyani qabul qiluvchi xoʻjalik 
subʻektlari, yaʻni sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda kasaba uyushma va boshqa jamoat 
tashkilotlari oʻrtasidagi ikkiyoqlama munosabatlarni aks ettiradi. Bu darajada investitsiya iqlimi 
umumlashtirilgan baholar iqtisodiy, huquqiy va madaniy jabhalarda yaqqol koʻrinadi. Makro va 
mikroiqtisodiyot darajalari birgalikda yagona investitsiya muhitini tashkil etadi va potentsial 
investorlar hamda kapitalni qabul qiluvchi tomonlarning boʻlajak munosabatlarini belgilab beradi. 
Investitsiya muhiti obʻekt kategoriyasi boʻlib, har bir alohida olingan vaqt doirasida 
investorlar uchun xaqiqatda mavjud boʻlgan shart-sharoitlar majmuasini aks ettiradi. Lekin hozirgi 
sharoitda investitsiya muhiti faqat davlat organlari taʻsiri ostida shakllanmoqda. Albatta, bu 
ishlarni amalga oshirishda jahon tajribasidan, jumladan xorijiy investitsiya bilan tashkil etilib, 


yuksak iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishgan kompaniya va firmalar tajribasidan kengroq 
foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy xususiyatlarni ham hisobga olish lozim. 
Davlat hoqimiyatining taʻsirchanligi investitsiya muhitini aniqlovchi omillardan biridir. 
Shundan kelib chiqib, har bir kapital jalb qiluvchi mamlakat maʻlum bir investitsiya tizimiga 
egaligini taʻkidlash mumkin. Bu tizim huquqiy meʻyorlar va muassasalardan iborat xorijiy 
investitsiyalarni qabul qilish tizimi va investitsiya muhitini oʻz ichiga oladi. Xorijiy kapitalni qabul 
qilish tizimi investitsiya muhitining komponenti boʻlib xizmat qiladi va unga nisbatan mustaqil 
ravishda tashkil etiladi. Chunki u investitsiya muhitini oʻzgartirishga qodirdir. Xorijiy 
investitsiyalarni qabul qilish tizimi qabul qiluvchi tomonni xorijiy kapitalni milliy iqtisodiyotga 
qulay ravishda kirib kelishini namoyon etsa, investitsiya muhiti kirib kelgan kapitalni mamlakat 
ichida optimal ravishda oʻsib borish vaziyatiga baho beradi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
orqali sanoatni yangi zamonaviy texnologiyalar bilan, qishloq xoʻjaligida qayta ishlovchi sanoat 
majmuini va boshqa sohalarda tub oʻzgarishlar yasash mumkin. Shunday ijobiy ishlarni amalga 
oshirish uchun xorijiy investorlarga qulay boʻlgan investitsiya muhitini yaratib berish kerak. 
Investitsiya muhiti iqtisodiyotda yangi tushuncha emas, ammo mustaqil Oʻzbekiston sharoitiga 
nisbatan ishlab chiqilmagan. Endi bu sharoitni yaratishga oʻrinishlar boʻlmoqda. Bir qator 
rivojlangan davlatlar bu jarayonni ijobiy tarzda amalga oshirgan. Investitsiya muhitining 
ahamiyati, amaliy jihatdan, qaysi boyliklar va yunalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat 
yuritishlari toʻgʻrisida tushuncha beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga nisbatan qanday 
munosabatda boʻlishni ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. Investitsiya muhiti - juda keng 
maʻnoda ishlatiladigan tushuncha boʻlib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha 
muammolar va masalalarni oʻz ichiga qamrab oladi. Investor tomonidan maʻlum bir davlatga 
investitsiya qilishning qulay va noqulay tomonlari baholanadi, shu bilan bir qatorda, oʻz kapitalini 
kiritmoqchi boʻlgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat 
beriladi. Investitsiya muhiti har tomonlama chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya riski 
aniqlanadi. Investitsiya muhiti va risk darajalari bir-birlariga teskari nisbatdadir. Investitsiya 
muhiti qanchalik qulay boʻlsa, investorning tadbirkorlik riski shunchalik past darajada boʻladi va 
bu investorlarning kirib kelishini koʻpaytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay boʻlsa, risk 
darajasi yuqori boʻladi. Bu esa investitsiya qabul qiluvchining sarf-xarajatlarining oʻsishiga olib 
keladi. Shunday qilib, investitsiya muhitining holati faqat investor uchun emas, balki investitsiya 
qabul qiluvchi uchun ham muhimdir.Hozir turli mamlakatlar va mintaqalar oʻrtasidagi investitsiya 
uchun avj olayotgan raqobat kurashi nuqtai nazaridan investitsiya riski tushunchasini koʻrib oʻtish 
zarur.
Investitsiya oqimlarining u yoki bu mamlakatlarga yunalganligi, shuningdek ularning real 
xajmlari oxir-oqibat shu risklar bilan belgilanadi. 
Umuman olganda investitsiya riskini uch toifaga boʻlish mumkin: 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling