Ijtimoiy omillar:
-
jamoatchilikning xususiy mulk va xorijiy investitsiyalarga munosabati;
-
jamiyatning mafkuraviy birdamlik darajasi;
-
mamlakat
iqtisodiy-ijtimoiy
taraqqiyotining asosiy masalalari boʻyicha
kelishuvning mavjudligi;
-
ishchi guruhining tashkilotchiligi.
Biron mamlakatning investitsion muhitini tahlil qilinganda, amaldor nuqtai nazari emas,
balki oʻz mablagʻini daromad keltiruvchi loyihaga joylashtirmoqchi boʻlgan
xorijiy
investorlarning fikrlari ahamiyatlidir. Ularning fikricha investitsiya muhiti bir qator zaruriy
omillarga bogʻliq boʻlib, ularning mavjudligi investitsiya muhitining eng qulay boʻlishini
taʻminlaydi.
Birinchisi, siyosiy barqarorlik boʻlib, uning mavjud boʻlishi investorning kelgusi
ishlarini
rejalashtirish va ishonch bilan oldinga intilishiga imkon beradi. U kuchli qonuniy tizimning
mavjudligi,
tashqi va ichki harbiy nizolar, hamda inqilobiy oʻzgarishlarning boʻlmasligida
namoyon boʻladi.
Ikkinchisi, iqtisodiy samaradorlik. Har bir investor iqtisodiy oʻsish juda yuqori boʻlgan,
hukumat iqtisodiyotni rivojlantirish borasida barqaror siyosat olib borayotgan mamlakat
iqtisodiyotiga mablagʻ sarflashni xoxlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: