Biznes boshqaruv asoslari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/163
Sana10.07.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1659408
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   163
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Banklar va moliya. Mamlakatda jahon savdosi va investitsiya sohasida foydalaniladigan 
barcha moliyaviy instrumentlar mavjudligi ushbu sohadagi xizmatlar sifatini anglatadi. Investorlar 
uchun mamlakatda yetarli miqdorda faoliyat koʻrsatuvchi moliya institutlari va jahondagi yirik 
banklarga tegishli filiallarning mavjduligi muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda jahonning 
yirik savdo va investitsiya kompaniyalari filiallarining faoliyat koʻrsatishi investorlar uchun 
ishonchlilik darajasini oshiradi.Hukumat strukturalaridagi rasmiyatchilik. Hukumat oʻz 
investitsiya siyosatini qanday baholashi muhim emas. Bunda katta tajribaga ega boʻlgan 
tadbirkorlar bergan baho muhimdir. Investorlar rasmiyatchilik, qogʻozbozlik avj olgan muxitga 
kamdan-kam oʻz mablagʻlarini sarflaydilar. Hukumat uchun eng muhimi, rasmiyatchilik sabab 
boʻlib amalga oshirilishi tuxtab kolgan loyihalarni ekspertizadan oʻtqazish, yoʻl qoʻyilgan 
xatoliklarni toʻzatishdir.Mahalliy ishbilarmonlik muhiti. Bu tushuncha juda keng boʻlib, unga: 
advokat, maslaxatchilarning koʻpligi, malakali ish yurituvchilar, buxgalterlar, arxitektorlar va 
konstruktorlarning mavjudligi kiradi. Bundan tashqari qoʻshma korxona ochishda mahalliy 
hamkorning tajribasi, aloqalari, mehnatsevarligi va ishonchliligi ham hisobga olinadi. 
Yashash sifati. Ushbu omil xorijiy investorga taklif qilinayotgan barcha narsalarda oʻz 
aksini topadi. Axoli turmush tarzi va daromadlarining darajasi ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning xilma-xilligi va mehnat uchun qilinadigan xarajatlar xajmida oʻz aksini topadi. 
Xorijiy investor oʻzi uchun ishlash, yashash, bank va Boshqa xizmat turlaridan foydalanishda 
komfort talab qiladi.Investitsiya faoliyatini tashkil etishda uning obʻekt va subʻektlari ishtirok 
etadi. Investitsiya subʻektlari – investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va intellektual 
boyliklarga ega boʻlgan jismoniy, huquqiy shaxslar va davlatdir. Investitsiya subʻektlari orasidagi 
munosabatlar ishlab chiqarish xususiyatiga egadir. Kapital qoʻyilmalar shaklida investitsiya 
faoliyatini amalga oshirish subʻektlari quyidagilardir; investorlar, buyurtmachilar, pudratchilar
kapital qoʻyilma obʻektlaridan foydalanuvchilar va boshqalar. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling