Biznes boshqaruv asoslari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/163
Sana10.07.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1659408
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Investorlar oʻz mablagʻi yoki jalb qilingan mablagʻ yordamida kapital qoʻyilmalarni 
amalga oshiradi. Yuridik va jismoniy shaxslar, yoki ularning birlashmasi, davlat organlari va chet 
ellik yuridik va jismoniy shaxslar investor boʻlishlari mumkin. 
Investorlar quyidagalarni amalga oshirishda teng huquqga ega:

kapital qoʻyilmalar shaklida investitsiya faoliyatini amalga oshirishda;

kapital qoʻyilmalar xajmi va yunalishlarini mustaqil belgilash;

investitsiya faoliyatining boshqa suʻektlari bilan shartnomalar tuzishda;
kapital qoʻyilmalar hisobiga yaratilgan, sotib olingan obʻektlarga egalik qilish, foydalanish 
va tassaruf etish; 

shartnoma yoki davlat shartnomasi orqali kapital qoʻyilmalarni amalga oshirish va 

uning natijalariga boʻlgan huquqni yuridik va jismoniy shaxslarga, davlat va 

mahalliy hoqimiyatga oʻtqazish; 

imzolangan shartnomalar asosida birgalikda kapital qoʻyilmalarni amalga oshirish 
uchun oʻzining va jalb qilingan mablagʻlarni boshqa investorlarning mablagʻlari bilan 
birlashtirish; 

kapital qoʻyilmalarga yunaltirilgan mablagʻlarni maqsadga muvofiq ishlatilishini 
nazorat qilish. 
Buyurtmachilar - investorlar tomonidan investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun 
vakil etilgan yuridik va jismoniy shaxslar. Shu bilan birga, ular investitsiya faoliyati 
subʻektlarining tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaydilar. Buyurtmachilar rolida investorlarning 
oʻzlari ham namoyon boʻlishlari mumkin. Investorlar boʻlmagan buyurtmachilar esa shartnomada 
belgilangan tartibda va davrda kapital qoʻyilmalarga egalik qilish, foydalanish va tassaruf etish 
huquqiga ega boʻladilar. 
Pudratchilar - yuridik va jismoniy shaxslar boʻlib, ular buyurtmachilar toʻzgan 
shartnomalar asosida ishlarni bajaradilar. Pudratchilar kurilish-montaj ishlarini amalga oshirish 
uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlishlari kerak. Kurilish faoliyatini litsenziyalash 
kurilish mahsulotlari isteʻmolchilarini huquqlarini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling