Biznes boshqaruv asoslari
Nima ishlab chiqarish kerak?
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari
Nima ishlab chiqarish kerak?
Har bir inson turli xil hunar va qobiliyatlarga ega bo’lgani kabi har bir mamlakat ham turli turdagi va miqdordagi resurslarga ega. Ba’zilari tuproqqa boy va muntazam yomg’irli bo’lib ular katta ovqat zahirasi bilan ta’minlaydi. Yana boshqalarida esa cho’l mintaqasi yoki dexqonchilikni qiyinlashtiruvchi sovuq va uzoq qish hukm suradi. Ba’zi mamlakatlar ko’p neft, ko’mir va boshqa energiya resurslari zahiralariga ega bo’lgan bir paytda, ayrim mamlakatlar faqatgina cheklangan zahiraga ega. Mamlakatning nima ishlab chiqara olishini aniqlashda, undagi mavjud resurslar muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat boshqa mamlakatlardagi o’ziga kerak bo’lgan resurslarni qo’lga kiritish uchun o’zining ba’zi resurslarini o’sha mamlakatlar bilan ayrboshlaydi. Hozirgi kunda mamlakatlar mahsulotlarning turi va miqdori bilan, hamda ular o’zlarining muhim xoxish va ehtiyojlarini belgilashida farq qiladi. Bir mamlakat yo’llar va ko’priklar qursa, boshqa mamlakat esa turli xil iste’mol tavarlarini ishlab chiqarishni ko’zlashi mumkin. Ba’zi iqtisodchilar qishloq xo’jaligini rivojlantirishni ko’zlasa, boshqalari har harbiy sohasini quradi. Ba’zi millatlarda namunali kollejlar va universitetlar bo’lsa, qolganlarida esa faqatgina maktablar va ko’p tajribasiz ishchilar bor. Resurslardan qanday foydalanish va nima ishlab chiqarish hech qachon oson qaror bo’lmagan. Agar mamlakat bir sohaga yoki bir guruh odamlarga juda ko’p resurslarni sarflasa, boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun resurs yetmaydi. Agar ko’p resurslar istemol tovarlarini ishlatish uchun foydalanilsa, mamlakatning yo’llar, energiya va suv tizimlari infrastrukturasiga yetarlicha e’tibor berilmay qolishi mumkin. «Qonun — shu hodisa yoki jarayonga xos ichki, muhim, zaruriy, sabab-oqibatli, doimiy, umumiy, sifat va miqdor bog’lanishini ifodal ovchi, barqaror takr orlanuvchi hodisadir». Shu ta’rifdan foydalanib iqtisodiy qo nunlarni quyidagicha ifodalash mumkin: Iqtisodiy qonunlar — iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi muhim, barqaror takrorlanuvchi, iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sabab-oqibat, sifat va miqdor bog’lanishlari, aloqalaridir. Iqtisodiy qonunlar yrim kishilarning xohish-irodasidan qat’i nazar amal qiladi. Bu jihatdan iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlariga o’xshab ketadi. Lekin iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlaridan farqlay bilish kerak. Ular o’rtasida muhim va printsipial farqlar mavjud: 1. Tabiat qonunlari — bu tabiatga xos qonunlar, ular tabiat uchun ham, jamiyat uchun ham umumiy. Iqtisodiy qonunlar esa jamiyat ijtimoiy hayotining rivojlanishi, insonlarning xo’jalik aoliyati qonunlaridir. 2. Tabiat qonunlari abadiy, iqtisodiy qonunlar esa tarixiy xarakterga ega. 3. Tabiat qonunlarini ochish, bilib olish, o’rganish, ulardan foydalanish nisbatan ancha tekis, illiq yuz beradi, hamda tabiat qonunlarining inson tomonidan buzilishi oqibatlari tezda yuzaga hiqadi. Iqtisodiy qonunlaresa bu jihatdan aksincha. Sababi insonning o’zi murakkab, undan tashqari, har bir inson o’z individual hamda guruhiy ehtiyoji, manfaati bilan maydonga chiqadi. Natijada iqtis odiy qonunlar «umri tugab borayotgan» jamiyat kuchlarining qarshiligiga duch keladi. Iqtisodiy qonunlarning inson faoliyati orqali buzilishini ilg’ash qiyin. U ma’lum vaqt o’tgandan keyingina yuzaga chiqadi. Siyosiy iqtisod klassiklari iqtisodiy qonunlarni ob’ektivligini e’tirof etgan bo’lsalar, marjinalizm maktabi namoyandalari, aksincha, insonning iqtisodiy jarayonlarda ishtirokining sub’ektiv jihatlariga ko’proq ahamiyat beradilar. Har bir inson biron iqtisodiy faoliyatga kirishar ekan, o’z ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan nima qilishi, qanday yo’l tutishi kerakligini «aql tarozisi»da tortadi. Albatta, bu erda odamlarning psi-xologiyasi katta rol o’ynaydi. Agarda inson umrining yarmidan ko’-pi xo’jalik yurit ish faoliyati bilan o’tar ekan, unda albattaiqtisodiy psixologiya shakllanadi. Iqtisodiy psixologiyaga iqtisodiy fikrlash, xo’jalik yuritish sabablari va insonlarning ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’molda qatnashuvining sababi bo’lgan iqtisodiy manfaatlar kiradi. Xo’jalik yuritishni, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy psixologiya aralashuvisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Erkin tanlash imkoniyati bor sharoitda kishilar biron qarorga kelishar ekan, buning uchun avvalo iqtisodiy fikrlar, manfaatlar asosida xulosa chiqarishadi. Natijada xo’jalik yuritish jarayo-nida ma’lum psixologik qonunlarningamal qilishi namoyon bo’ladi. Iqtisodiy qonunlar kishilarning maqsadli faoliyati orqali namoyon bo’ladi. Bir xil sub’ektlar xo’jalik jarayonlari ob’ektiv ketma-ketligini tushunib, shu yo’nalishda faoliyat ko’rsatsalar, aksincha, boshqa sub’ektlar o’z manfaatlaridan kelib chiqib, qarshi faoliyat olib boradilar. Buning natijasida ob’ektiv iqtisodiy qonunlar nisbatan kam yoki yuqori barqarorlikda iqtisodiyotning umumiy yo’nalishini aks ettiradigan tendentsiyalar tarzida amal qi-ladi. Iqtisodiy qonunlarning har xil guruhlari va turlari mavjud bo’lib, ular birgalikda jamiyat taraqqiyoti iqtisodiy qonunlari tizimini tashkil etadi. Ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling