Biznes boshqaruv asoslari


Maxsus iqtisodiy qonunlar


Download 0.76 Mb.
bet11/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Maxsus iqtisodiy qonunlar — bu muayyan sotsial-iqtisodiy tizim doirasida amal qiladi. Ular
aniq tarixiy xo’jalik shaklining rivojlanish qonunlaridir. Masalan, quldorlik, krepostnoylik,
«sotsialistik» taqsimot qonuni va boshqalar. Alohida yoki davriy-oraliq qonunlar. Bularga amal
qilish sharoiti saqlangan tarixiy davrlarga xos bo’lgan qonunlar kiradi. Bu qonunlar maxsus
tizimlarga aloqasi bo’lmagan holda turli sotsial-iqtisodiy tizimlarni birlashtirib, bog’lab turuvchi
munosabatlarga xosdir. Masalan, bozor iqtisodiyotiga xos qonunlar tom ma’nosi bilan shu guruhga
kiradi.
Umumiqtisodiy qonunlar. Bu — jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida, iqtisodiyotni
aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar amal qiluvchi qonunlardir. Ular odatda, jamiyatning olg’a qarab
rivojlanish jarayoniniifodalaydi. Masalan, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, vaqtni tejash,
ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va oshqalar. qtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar,
ular o’rtasidagi aloqalar o’rganilayotganda ma’lum antiqiy tushunchalar—kategoriyalarga
tayaniladi. Iqtisodiy kategoriyalarni iqtisodiy qonunlardan farq qilish zarur. Qamiyat iqtisodiy
hayotining eng muhim tomonlarini ifodalovchi nazariy (mantiqiy) tushunchalar iqtisodiy
kategoriyalar deb ataladi. Ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasidir. Masalan, talab va taklif,
bozor, kredit va hokazolar. Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy qonunlarga o’xshash maxsus alohida
(davriy-oraliq) umumiy kategoriyalarga bo’linib, ayrimlari iqtisodiy taraqqiyotning muayyan
tarixiy bosqichiga xos bo’lsa, ayrimlari uzoq tarixiy davrga xos, boshqalari barcha bosqichlarga
xos. Iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boradi, bir munosabat o’rniga boshqasi keladi. Boshqa bir
munosabat tubdan yangilanmasa-da, u boyib boradi, uning yangi qirralari paydo bo’ladi. Shu
sababli
iqtisodiy
nazariyada
yangi
kategoriyalar
paydo
bo’ladi.
Qo’llanilayotgan
kategoriyalarning mazmuni kengayadi. Masalan, diversifikatsiya, infrastruktura, integratsiya va
hokazo. Nazariy kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga kirishidan qat’i nazar yaxlitlikda olib
o’rganadi. Kategoriya va qonunlar tizimi iqtisodiyotga xos bo’lgan barcha bir-birini taqozo
etuvchi, bir-biri bilan bog’liq qonunlar va kategoriyalar majmuasidir. Xo’jalik yuritish jarayonida
kishilar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar o’rnatiladi. Bu munosabatlar ma’lum tizim
tarzida namoyon bo’ladi. Taniqli iqtisodchi V. Leontevning fikriga ko’ra, har bir mamlakatning
iqtisodiyoti bu katta bir tizim bo’lib, o’z ichiga turli-tuman faoliyat turlarini qamrab oladi.
Iqtisodiy faoliyat ma’lum iqtisodiy tizim sharoitida amalga oshadi. Iqtisodiy tizimga iqtisodchilar
turlicha ta’rif berishadi. Masalan, P. Gregori va R. Styuartlarning fikricha, iqtisodiytizim — bu
ma’lum geografik hudud doirasida ishlab chiqarish, daromad va uni taqsimlashga doir qarorlar

qabul qilish va uni amalga oshirish mexanizmlari va institutlari (tartiblari) majmuidir. F. Prayor


bo’lsa, iqtisodiy tizim iqtisodiy jihatdan o’zini tutish va uning natijalariga bevosita yoki bilvosita
ta’sir qiluvchi barcha institutlar, tashkilotlar, qonun va qoidalar, e’tiqod, pozitsiya, an’analar,
baholar, taqiqlar va axloqiy sxemalarni o’z ichiga ladi, deb ta’riflaydi. Professor A. O’lmasov
iqtisodiy tizimga quyidagilarni kiritadi: a) iqtisodiy resurslar; b) iqtisodiy aloqalar yoki
munosabatlar; v) iqtisodiy mexanizm; g) iqtisodiy siyosat.1Iqtisodiy mexanizm — bu iqtisodiy
taraqqiyotni ta’minlovchi va bir-birini taqozo tuvchi vositalar bo’lib, unga iqtisodiy stimullar
(raƒbat beruvchi kuchlar), ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste’molni tashkil etish, iqtisodiy
faoliyatningixtisoslashuvi, iqtisodiy faoliyat kooperatsiyasi va xo’jalik aloqalarini o’rnatish
usullari kiradi.
Ma’lumki, ijtimoiy mehnat taqsimoti va uning chuqurlashib borishi bilan iqtisodiy aloqalar
murakkablashadi. Turli-tuman xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning vujudga kelishi va rivojlanishi
yuz berali. Natijada ular o’rtasida munosabatlar, aloqalarni tartibga solishning zarurati kelib
chiqadi. Buning uchun maxsus siyosiy, huquqiy, qtisodiy mexanizmlar yaratiladi. Ular bir butun
holda jamiyatning sotsial-iqtisodiy tizimini shkil etadi. Xo’p, tizim deb o’zi nimaga aytamiz?
Tizim deb turli elementlar, qismlardan iborat o’zaro zviy boƒlangan, ma’lum tartib asosida tarkib
topgan butunlikni tushuniladi. Iqtisodiy tizim jamiyatdagi turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun holda, muayyan tarzda tarkib
topishi va tartibga solinishini ifodalaydi. Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar misoli zanjir bo’lsa, har bir
xo’jalik, faoliyat yuritish sub’ekti ana shu zanjirning halqasi tarzida namoyon bo’ladi. Bu
aloqalar,munosabatlar xo’jalik faoliyati yuritayotgan kishilar o’rtasida yuz beradi. Shuning uchun
ham odatda ularni sotsial-iqtisodiy tizimlar deb yuritiladi. Iqtisodga oid adabiyotlarda iqtisodiy
tizim va uning rivojlanish tendentsiyasiga turlicha yondashiladi. Ayrimlar, sotsial-iqtisodiy
tizimlarga uning tarkibiy ismlarini umumiy jihatiga ko’ra rivojlanish tendentsiyasinianiqlash
kerak, deyishadi. Chunki tizimlar rivojlanishining asosiy tendentsiyasi bu umumiylikka,
unifikatsiyaga intilishidir. Boshqalari, iqtisodiy tizimlarni ularning farqlariga ko’proq ahamiyat
berib o’rganish kerak, chunki ularning farqlari sifat jihatidan yangi xo’jalik tizimi vu-judga
kelishigava iqtisodiy o’sishga olib keladi, deb hisoblashadi. Xozirgi dunyo turli-tuman iqtisodiy
tizimlar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ular tarixiy davrlarda vujudga keladi, rivojlanadi, biri
ikkinchisi bilan almashinadi. Jamiyat hayotini yaxshiroq tushunish uchun uning tarixiy taraqqiyot
jarayonini bir butun holda ko’rib, rivojlanish bosqichlari, fazalarini tahlil qilish katta ahamiyatga
ega. Jamiyat taraqqiyoti, sotsial-iqtisodiy tizimlar va ularning almashinuviga nisbatan keng
yoyilgan ondashuvlardan biri formatsion yondashuvdir. Formatsion yondashish asosida jamiyat
tarixiy taraqqiyoti rivojlanishining qonuniy bosqichlari va moddiy ishlab chiqarishning besh usuli:
ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm ajratib ko’rsatiladi. Materialistik
nazariyada tizimlar mulkiy, sinfiy mezonlar asosida qaralib, formatsiya deb ataladi. Ishlab hiqarish
usuli iqtisodiy bazis — asos sifatida ajratilib, u ustqurma davlat bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyani ifodalaydi. Ishlab chiqarish usulining o’zi ishlab chiqarish uchlari va ishlab chiqarish
munosabatlaridan iborat. Ishlab chiqarish kuchlariishchi kuchi yoki oshqacha aytganda, ma’lum
malaka va tajribaga ega kishilar hamda ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topadi. Ishlab
chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat ashyolaridan iborat. Ishlab chiqarish
munosabatlari esa ishlab chiqarish vositalarigamulkchilik munosabatlari, ishlab chiqarish
jarayonida sotsial guruhlarning tutgan o’rni, ular o’rtasida faoliyat ayirboshlash, yaratilgan
mahsulotni taqsimlash, iste’mol munosabatlaridan iborat.





Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling