Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet9/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Tanlovni ijro etish. 
Dastlab siz eng yaxshi tanlov qaysi biriligiga ishinch hosil qilishingiz kerak va tanlovni ni
bo’lganda ham amalga oshirishingiz kerak. Agar siz pulingizni do’stlaringiz bilan kinoga va
pizzaga sarflashga qaror qabul qilgan bo’lsangiz, buni amalga oshirishingiz kerak va
rohatlanishingiz kerak.Tanlagan qaroringizdan tashvishlanmasligingiz lozim.Tanlovni qayta
o’ylash yoki qilgan qarordan afsuslanish bu sizning kiyngi qarorlaringizga salbiy ta’sir o’tkazishi
mumkin.Hayot tanlovlarga to’la. Nimani amalga oshirishing hech qanday muammo emas, sizga
yetarlicha vaqt bor muqobillarni sinchikovlik bilan ko’zdan kechirishga.So’ngi bosqich sizga
bunday vaziyatlardan xalos bo’lish imkonini berida.


Qarorni qayta ko’rib chiqish. 
Siz qaroringiz natijasini tekshirib ko’rish imkoni bo’lsa, siz tanlovingizni qayta ko’rib
chiqishingiz muhimdir.1-10 lik masshtabda qanday qaroringizdan lazzatlanish masshtabini
o’lchashingiz mumkin?Bu masshtabda nima yomonu nima yaxshi? Agar siz buni yana bir bor
bajarish imkoniga ga bo’lsangiz buni yana bajargan bo’larmidingiz? Siz bu qandayligini bilasiz va
boshqa yaxshiroq muqobil haqida o’ylarmidingiz? Oldingi natija sizni qoniqtirmaganmi?
Qaroringizni qayta ko’rib chiqishga asoslanib qanday qib siz qaror qabul qilish
jarayonining bu bosqichidan foydalanardingiz? Bu bosqich sizga qaroringiz haqida o’ylashga va

undan o’rnak olishingizga qulaylik yaratib beradi.Kiyingi vaqtda siz bir xil qarorlarga duch


kelasiz, bu sizga qulaylik keltirishi mumkin yoki o’rganganlaringizga asoslanib sizga boshqa
qarorlar qabul qilishga qo’l kelishi mumkin.
Bazi qarorlar tez qabul qilinishiga to’g’ri keladi bazilarida yetarli ma’lumot mavjud
bo’lmaydi. Lekin har ikkala vaziyatda ham qaror qabul qilish jarayoni sizga aqilli qaror qabul
qilishga yordam beradi.
Uch iqtisodiy masalalar
Dunyodagi har bir mamlakat asosiy iqtisodiy muammo bilan shug’ullanish kerak. Hech bir
davlat cheklanmagan resurslarga ega emas va har bir mamlakatda oziq-ovqat, boshpana, ta’lim va
sog’liqni saqlash uchun muhim asosiy ehtiyojlari bilan fuqarolar bor.
Foydali resurslar ehtiyoj va xoxishlarni qondirishda qanday foydalanilishini aniqlash
uchun, har bir mamlakat 3 iqtisodiy masalalarga javob berishi kerak.
1. Nima mahsulot va xizmatlar ishlab chiqariladi?
2. Qanday mahsulot va xizmatlar ishlab chiqariladi?
3.Ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar bilan qanday ehtiyoj va xoxishlarqondiriladi?
Bu savollarga qay tarzda javob berilishi shu mamlakatda qanday iqtisodiy tizim mavjud
ekanligini ko’rsatadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling