Biznes boshqaruv asoslari


Murakkab rahbar bilan “chiqishish” yoʻllari


Download 0.76 Mb.
bet67/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Murakkab rahbar bilan “chiqishish” yoʻllari
T/r
Rahbar feʻl-
atvori
Rahbarga xos jihatlar
Xodimlarning oʻzini tutishi,
munosabati
1.
Janjalkash,
urishqoq
•poʻpisachi;
•bukilmaydigan;
•uning eng sevgan narsasi boshqalarni
nazorat qilish;
•hayot u uchun tuganmas kurash
maydoni. Ammo u oʻzining mukammal
emasligidan qoʻrquvda yuradi.
•muomala
qilishda
oʻzingizni
astoydil va toʻgʻri tuting;
•ikkilanmasdan gapiring;
•hayojonlanayotganingizni hech ham
aytmang va sezdirmang.
2.
Kurashchan
•bu yuradigan bomba;
•juda koʻp baqiradi;
•doimo hujum qiladi;
•nishonga olmasdan tez-tez gap “otib
turish” unga yoqadi;
•uning bosh maqsadi adolatni tiklash va
qasos olish.
•unga hushmuomalik, konstruktiv yoʻl
bilan yondoshib tushuntirishga harakat
qiling;
•shaxsiy uchrashuvga ruxsat soʻrang;
•salga jahl chiqib oʻzini nazorat qila
olmaydigan kishi bilan ishlash juda
qiyinligini ayting.
3.
Gʻiybatchi
•doimo kulib turadi;
•hazillashadi;
•doʻstona muomalasini namoyish etadi;
•u nayrang ishlatishga ustasi farang;
•u
toʻgʻridan-toʻgʻri
gaplashishdan
qoʻrqadi;
•qoʻllab-quvvatlanishga muhtoj.
•real boʻlmagan majburiyatlarni qabul
qilishga yoʻl qoʻymang;
•hazillariga muvofiq kuling;
•gaplaridan miriqing, orom oling.
4.
Umidsiz
•hayotda baxtsiz;
•oʻzidan ham, boshqalardan ham mamnun
emas;
•u har doim noliydi, kishilarni aybdor
qiladi;
•oʻzini eʻzozlaydi;
•navbatdagi
umidsizlikka
aminlik
mavjud.
•u bilan bahslashish oʻrinsiz;
•uning qarashlarini qoʻllab-quvvatlab
boʻlmaydi.
5.
Bilagʻon
•koʻp narsani biladi;
•juda ham sabrsiz;
•eshitish, quloq solishni bilmaydi;
•omadsizlik hollarida boshqalarga
aybini toʻnkaydi; guruhda ishlashni koʻra
olmaydi.
•u bilan kurashmang;
• uning muxolifi boʻlishni xayolingizga
ham keltirmang, muammo yechimiga uni
juda ustalik bilan jalb qiling, soʻrang,
quloq soling va minnatdorchiligingizni
izhor qiling, muqobil yechimni doʻstona,
iltifot bilan taklif qiling.

4-ustundagilarga rioya qilgan taqdirdagina siz rahbaringiz bilan “chiqishishingiz” va


faoliyatingizni davom ettirishingiz mumkin. Aks holda egallagan lavozimingiz bilan
xayrlashasiz. Rahbar madaniyati deganda, rahbar odobi va iqtidori oʻrtasidagi dialektik
bogʻlanish tushuniladi. Bu bogʻlanish quyidagi fazilatlar majmuida oʻz aksini topadi:
Rahbar madaniyati = odob+iymon+insof+adolat+iqtidor. Odob - aqlning suyanchigʻi, barcha
fazilatlarning mezoni. Behudaga xalqimizda “Aql bilan odob – egizak” deyishmaydi. Odob -
yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglash. Odob
vositasida kishi oʻz jonini yomon hislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli
fazilatlardan bezaydi. Odob rahbarni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada, aql egalari
bunday rahbardan har ishda rozi boʻladilar. Odobli rahbar esa kundan-kunga obroʻ topadi, nufuzi
oshadi, ishlari ravnaq topadi. Baʻzi hakimlar odobni eng masʻum va koʻrkam feʻlga ega boʻlish
desalar, baʻzilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deydilar. Demak, rahbardagi odobning
mavjudligi, bu noyob neʻmatning mavjudligidir.
Umuman, odob ikki xil boʻladi:
- hikmat odobi;
- xizmat odobi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling